4. Interpolning O‘zbekiston Respublikasi uchun ahamiyati
O‘zbekiston Respublikasi MMB – O‘zbekiston Respublikasi IIV
markaziy apparati tarkibiga kiruvchi militsiya bo‘linmasi bo‘lib, bosh
boshqarma maqomiga ega va O‘zbekiston Respublikasining huquqni
muhofaza qiluvchi va boshqa organlarining Interpolga a’zo davlatlar
huquqni muhofaza qiluvchi organlari hamda Interpol Bosh kotibiyati
bilan hamkorlik qiluvchi organ hisoblanadi
50
.
MMB faoliyati O‘zbekiston Respublikasining huquqni muhofaza
qiluvchi va boshqa davlat tashkilotlarining, shuningdek, Interpolga a’zo
davlatlar xalqaro huquqni muhofaza qiluvchi organlarining o‘zaro
hamkorligi asosida amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |