Xalqaro huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar


Xalqaro  harbiy  tribunal



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/148
Sana29.12.2021
Hajmi2,35 Mb.
#79243
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   148
Xalqaro  harbiy  tribunal  (kelgusida  tribunal)  1945-yil  8-
avgustdagiSSSR,  AQSH,  Buyuk  Britaniya  hukumatlari  va  Fransiya 
Respublikasi Muvaqqat hukumati tomonidan Yevropa mamlakatlarining 
asosiy  harbiy  jinoyatchilarini  sudlash  va  jazolash  bo‘yicha  shartnoma 
(London shartnomasi) asosida tashkil etilgan
39
. 
Keyinchalik  bir  qator  boshqa  davlatlar  ham  ushbu  shartnomaga 
qo‘shilgan:  Avstraliya,  Belgiya,  Venesuela,  Daniya,  Gaiti,  Gonduras, 
Gretsiya,  Hindiston,  Luksemburg,  Niderlandiya,  Yangi  Zelandiya, 
Norvegiya,  Panama,  Paragvay,  Polsha,  Urugvay,  Chexoslovakiya, 
EfiopiyavaYugoslaviya. 
1945-yil 8-avgustdagi Tribunal Ustavida quyidagilar belgilangan: 
1. 
Yurisdiksiya doirasida faoliyatning moddiy-huquqiy asoslarini: 
a) 
tinchlikka  qarshi  jinoyatlar,  aynan:  tajovuzkor  urushni  yoki 
xalqaro  bitimlar,  shartnomalar  yoki  kelishuvlarni  buzadigan  urushni 
rejalashtirish,  tayyorlash,  boshlash  yoki  olib  borish  yoki  yuqorida 
ta’kidlab  o‘tilgan  harakatlarning  har  qaysisini  amalga  oshirishga 
yo‘naltirilgan umumiy reja yoki fitnada ishtirok etish; 
b) 
harbiy  jinoyatlar,  aynan:  urush  qonuniyatlari  yoki  an’analarini 
buzish.  Bosib  olingan  hududda  yashovchi  fuqarolarni  o‘ldirish, 
qiynoqqa solish yoki qullik yoki boshqa maqsadlarda olib ketish; harbiy 
asirlar  yoki  dengizdagi  shaxslarni  o‘ldirish  yoki  qiynoqqa  solish; 
garovga  olinganlarni  o‘ldirish;  jamoat  yoki  xususiy  mol-mulkni 
o‘g‘irlash;  shaharlar  yoki  qishloqlarni  behudaga  buzib  tashlash,  harbiy 
jihatdan  asossiz  xonavayron  qilish  va  boshqa  jinoyatlar  ushbu 
qonunbuzarliklarga tegishlidir; 
c) 
insoniyatga  qarshi  jinoyatlar,  aynan:  urushdan  oldin  yoki  urush 
paytida fuqarolarni o‘ldirish, qirib tashlash, asirga olish, surgun qilish va 
ularga  nisbatan  boshqa  shafqatsizliklarni  sodir  etish  vasiyosiy,  irqiy  va 
diniy vajlar bilan Tribunal Yurisdiksiyaga kiruvchi har qanday jinoyatni 
sodir  etish  maqsadida  yoki  sababi  bilan  ta‘qib  qilish,  ushbu  harakatlar 
amalga  oshirilgan  mamlakatning  ichki  huquq-tartibotini  buzishi  yoki 
buzmasligidan qat‘iy nazar (6-modda). 
Tribunalga  tegishli  huquqlar  berilgan,  jumladan,  Yevropa 
mamlakatlari  manfaatlarini  ko‘zlagan  holda  ushbu  jinoyatlarni  sodir 
                     
38
 Тункин Г.И. Халқаро тизимда ҳуқуқ ва куч. - М., 1983. – 79 б.
 
39
  СССР  ва  хорижий  давлатлар  томонидан  имзоланган  амалдаги  битимлар,  шартномалар  ва 
конвенциялар тўплами. - М.: Сиёсий нашриёт, 1955. - № 11 - 163 – 165 б.
 


66 
 
etgan  shaxslarni  sudlash  va  jazolash.  Mazkur  jinoyatlar  uchun 
Tribunalaybdorni o‘lim jazosiga hukm qilishga yoki adolatli  deb e’tirof 
etilgan boshqa jazo chorasini tayinlashga haqli bo‘lgan (27-modda). 
2. 
Tribunal faoliyatining tashkiliy-huquqiy (sudlov) asoslari, sudlar 
va  Tribunal  Raisini  tayinlash  va  almashtirish  tartibi,  uning  faoliyatini 
tashkil  etish  bilan  bog‘liq  boshqa  umumiy  masalalar,  jumladan, 
harajatlarini moliyalashtirish tartibi. 
3. 
Tribunal  faoliyatining  protsessual-huquqiy  (sudlov)  asoslari, 
jumladan,  sud  jarayoni  ishtirokchilarining  huquq  va  majburiyatlari, 
sudlanuvchilar  uchun  protsessual  kafolatlar,  dalillar  va  isbotlash 
bo‘yicha umumiy qoidalar, sud jarayoni tartibi, hukm bo‘yicha umumiy 
qoidalar. 
Protsessual  xususiyatga  ega  ayrim  umumiy  qoidalar  tafsilotlari 
Tribunal Ish tartibida ko‘rsatilgan
40

Tashkiliy nuqtai nazardan Tribunal tarkibiga: 

 4  Tribunala’zolari,  har  bir  ta’sischi  davlatdan  bittadan  va 
Tribunal a’zolari yo‘qligida ularni vazifasini bajaruvchi o‘rinbosarlar; 

asosiy qoralovchilar, har bir ta’sischi davlatdan bittadan; 

 Tribunal  Bosh  Kotibi  tomonidan  boshqariladigan  Tribunal 
Kotibiyati kiradi. 
Tribunal  a’zolari  o‘zlaridan  Tribunal  Raisini  uni  butun  faoliyati 
muddati uchun saylaydilar. 
Asosiy  harbiy  jinoyatchilarning  ishlarini  va  ayblovini  tergov  qilish 
bo‘yicha 
Qo‘mita 
Asosiy 
ayblovchilarning 
harakatlarini 
muvofiqlashtirish  uchun  tashkil  etildi.  SSSR,  Angliya,  AQSH  va 
Fransiyadan  asosiy  ayblovchilar  va  ularning  o‘rinbosarlari  ushbu 
Qo‘mita  tarkibiga  kirgan.  Qo‘mitaning  vazifasi  sud  jarayoniga 
tayyorgarlik  bo‘yicha  tadbirlarni  muvofiqlashtirish,  asosiy  ayblovchilar 
o‘rtasida  sud  jarayoning  alohida  bosqichlarini  o‘tkazish  bo‘yicha 
majburiyatlarni  taqsimlash  (kirish  va  oxirgi  so‘z  bilan  chiqish  tartibi, 
ayblov  dalillarini  taqdim  qilish,  guvohlar  va  ayblanuvchilarni  so‘roq 
qilish  tartibi  va  boshq.),  sud  jarayonida  yuzaga  keladigan  turli 
masalalarni muvofiqlashtirish. 
Tribunal sud majlislari 1945-yil 9-oktabrdan 1946-yil 1-oktabrgacha 
Berlin  shahrida  o‘tkazilgan,  bunda  faqat  majlisning  tashkiliy  va 
boshqaruv  masalalari  ko‘rib  chiqilgan  va  NYurnbergda  asosiy  harbiy 
                     
40
  Нюрнберг  суд  жараёни:  Икки  жилдда  материаллар  тўплами.  //  К.П.  Горшенин  (бош  муҳаррир), 
Р.А. Руденко ва И.Т. Никитченко. Иккинчи нашр, тузатилган ва тўлдирилган.  - М.: Юридик адабиёт давлат 
нашриёти, 1954. – I жилд. - 21 – 25 б.
 


67 
 
jinoyatchilarga nisbatan ochilgan jinoyat ishi mohiyatan ko‘rib chiqilgan 
va bu tarixda Nyurenberg sud jarayoni degan nom bilan mahur. 
Tribunal  sudiga  24  asosiy  harbiy  jinoyatchi  berilgan.  Tribunal 
ularning 12 tasini osishga, 3 tasini – umrbod qamoq jazosiga, 4 tasini – 
10 yildan 20 yilgan qamoq jazosiga hukm qilgan, 3 tasi esa oqlagan
41


Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish