59
VI bob
XALQARO JINOYAT ODIL SUDLOVI (XALQARO
JINOYAT ADLIYASI) TIZIMI: SHAKLLANISH TARIXI
1. Xalqaro jinoyat odil sudlovi (xalqaro jinoyat adliyasi) tizimi:
shakllanish tarixi 2. Xalqaro harbiy tribunallar faoliyatini huquqiy
tartibga solish
1. Xalqaro jinoyat odil sudlovi (xalqaro jinoyat adliyasi) tizimi:
shakllanish tarixi
Davlatlar hamdo‘stligi manfaatlariga ziyon yetkazgan xatti-
harakatlar uchun jinoiy javobgarlikka tortish masalasi dastlab 1985-yilda
antifransuz koalitsiyasi tomonidan ko‘p sonli Napoleon urushlari
davrida yuz minglab odamlarning o‘limi va boshqa jinoyatlar ayblovi
bzyicha Napoleon Bonapartni sudga topshirish masalasini muhokama
etishda ko‘tarilgan. Biroq muhokamalardan so‘ng hech qanday
harakatlar amalga oshirilmadi.
Xalqaro jinoyat sudini tashkil etish bo‘yicha berilgan taklifni
doktrina nuqtai nazaridan batafsil isbotlab, Fransiya-Prussiya urushi
1870-1871 yillar tugaganidan keyin ilk bor 1872-yilda Xalqaro Qizil
Xoch Qo‘mitasi Prezidenti (XQXQ) Gyustav Muane tashabbus
qo‘rsatdi
25
.
U sof ma’naviy sanksiyalar yyetarli emas deb hisoblardi, chunki
ikkala tomon ham bir-birini harbiy huquq me‘yorlarini buzganlikda
ayblar edi.Jinoyat ishlari bo‘yicha xalqaro sudni tashkil etilishi va uning
vakolat doirasiga 1964-yil 22-avgustdagi Urushayotgan armiyalardagi
bemorlar va jarohatlanganlar sharoitini yaxshilash bo‘yicha Jeneva
Konvensiyasida ko‘rsatilgan huquqbuzarliklar kirishi, neytral sud
instansiyalari yordamida huquqbuzarliklarni sodir etishda aybdor
shaxslarni xolisona tekshirish, sudlash va jazolash imkonini berishi
lozim edi.
Muane Konvensiya loyihasining umumiy xususiyatlari quyidagicha:
-
bunday sudni betaraf davlatlar vakillaridan tuzish tartibi;
-
sudyalar zimmasiga uning faoliyati va sudlov tartibini belgilashni
yuklash;
-
sud jarayoni boshlanishida da’vo arizaning (manfaatdor
60
tomonlarning da’volariga ko‘ra) xususiyati va dalillarni taqdim etish
bo‘yicha davlatlar majburiyati;
-
bunday sudda sudlovning maqsadi – aybdor shaxslarni aniqlash va
ularni jazolash;
-
qo‘llaniladigan moddiy huquq manbalari – konvensiyaga ilova
sifatida ishlab chiqiladigan “xalqaro jinoyat qonuni”;
-
sudlovning oshkoraligi va sud qarorlarini e’lon qilish;
-
moddiy zararni qoplash bo‘yicha umumiy qoida;
-
sud faoliyatini moliyalashtirish tartibi va uning moliyaviy hisobot
berishi;
-
uning arxivlarini saqlash bo‘yicha umumiy qoidalari.
Monarxiya davlatlar davrida suveren mamlakatdagi amaldor
shaxsning harakatlari xalqaro darajada jinoiy-huquqiy tartibda ta‘qib
ostiga olinishini tasavvur qilish qiyin edi. O‘sha davrdagi atoqli xalqaro
huquq nazariyotchilar (Liber, Vestlek, Golsendorf, Morena, Rolen-
Jekmen) eng muhim xalqaro-huquqiy me‘yoriy hujjatlarni yuridik
himoyalash uchun maxsus xalqaro organ kerakligi haqidagi fikrni ilgari
surib, ammo buning uchun xalqaro jinoyat sudini tashkil etish zarurati
yo‘q deb o‘ylardilar.
Xalqaro sud, jumladan, maxsus xalqaro jinoyat sudi haqidagi
g‘oyani har tomonlama isbotlashga bag‘ishlangan birinchi asosli ilmiy
asar 1881-yilda himoya qilingan rossiyalik huquqshunos L. A.
Kamarovskiyning “Xalqaro sud haqida” doktorlik dissertatsiyasi bo‘lib,
u o‘sha yili alohida kitob sifatida chop etildi
1
va 1877-yilda Parijda
fransuz tilida nashr etildi.
L. A. Kamarovskiy “xalqaro adliya masalasi – davr masalasi” degan
xulosaga keldi
29
.
Urush qonuniyatlari (me‘yorlari) va an’analarini XIXoxiri va XX
boshida
xalqaro-huquqiy
darajada
1899-1907-yillardagi
Gaaga
Konvensiyalari va Deklaratsiyasida kodifikatsiya qilish “harbiy
jinoyatlar” degan xalqaro-huquqiy tushunchaning shakllanishiga olib
keldi.
Biroq xalqaro-huquqiy hujjatlarda harbiy jinoyatlar aniq tarkibining
batafsil tavsifi yo‘q edi. Mazkur jinoyatlarni aniqlash va ularni sodir
etganlik uchun javobgarlikka tortish milliy parlamentlar va davlat ichki
adliya organlari ixtiyorida edi.
1919-yilning yanvar oyida Buyuk Britaniya, AQSH, Italiya,
29
А.Волеводз. Халқаро ҳуқуқни муҳофаза қилиш ташкилотлари: ўқув қўлланма – М., Проспект,
2011. 107 б.
61
Fransiya va Yaponiya hukumat rahbarlari va tashqi ishlar vazirlarining
uchrashuv chog‘ida urush tashabbuskorlarining javobgarligi masalarini
ko‘rib chiqish uchun maxsus Komissiya tasdiqlandi. Komissiyaning
aniqlashicha, to‘rtta davlat – Germaniya, Avstriya, Turkiya va Bolgariya
tajovuzkorlik siyosati yurgizib urush e’lon qilgan, Komissiya urushning
o‘zini Yevropada tinchlikka qarshi fitna deb tavsifladi.
Mazkur Komissiyaning yakuniy hisobotida tajovuzkor mamlakatlar
tomonidan sodir etilgan jinoyatlar ikki toifaga bo‘lingan:
1)
urushga tayyorgarlik va shart-sharoit yaratish;
2)
urush qonuniyatlari va udumlarini qasddan buzish.
Bunda mazkur jinoyatlarning quyidagi ro‘yxati keltirilgan, aynan:
garovga olinganlarni o‘ldirish, nomusga tegish, bosqinchilik, davlat
va xususiy mol-mulkni yo‘q qilish, zaharlovchi gazlardan foydalanish,
tinch alohini va asirlarni qirib tashlash va boshq.
Harbiy jinoyatchilar turli davlatlarning fuqarolari ekanligi va
tegishli hokimiyatlar tomonidan berilgan jinoiy bo‘yruqlar ko‘pgina
mamlakatlar harbiylariga tegishli bo‘lgani sababli, Komissiyaning
fikricha, sud hukmlarini chiqarishni maxsus xalqaro tribunal zimmasiga
yuklash kerak edi
30
.
Germaniya va 27 ta ittifoqchi mamlakatlar o‘rtasidagi 1919-yil 28-
iyundagi Versal tinchlik shartnomasi tomonlarning quyidagi vazifalar
bo‘yicha
majburiyatlarni
o‘z
ichiga
olgan
(227,
228-
moddalar)
bookmark81
:
- Imperator Vilgelm II Gogensollernni “xalqaro axloq qoidalari va
muqaddas hokimiyat shartnomalariga qarshi o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir
etishda” ayblash bo‘yicha ishlarni oshkora ko‘rib chiqish uchun maxsus
xalqaro tribunalni tashkil etish;
- Niderlandiya hukumatiga sobiq imperatorni sud uchun tutib berish
talabi bilan murojaat etish;
- gumon qilinayotgan harbiy jinoyatchilarni jinoiy ta‘qib qilish va
tutib berish;
- “zarur hujjatlar va ma‘lumotlarni taqdim etish”
31
.
Bundan tashqari mazkur shartnomaning 229-moddasidaga muvofiq,
agar bir nechta davlatga qarshi jinoyat sodir etilsa, ayblanuvchilarni
ushbu davlatlar harbiy sudyalaridan tarkib topgan “qo‘shma komissiya”
sud qiladi.
30
Арцибасов И.Н., Егоров С.А. Қуролли можаро: ҳуқуқ, сиёсат, дипломатия. - М., 1989. – 185 б.
31
А.Волеводз. Халқаро ҳуқуқни муҳофаза қилувчи ташкилотлар: ўқув қўлланма – М., Проспект,
2011. 109 б.
62
Versal tinchlik shartnomasi talablari
to‘liq bajarilmagan bo‘lsa-da, u xalqaro
jinoyat
huquqi
bo‘yicha
davlat
rahbarlarini jinoiy ta‘qib qilish bo‘yicha
me‘yorlarni o‘z ichiga olgan birinchi
xalqaro huquqiy hujjat bo‘lib uni maxsus
xalqaro sudga berish nazarda tutilgan edi.
Ushbu
hujjat
xalqaro
shartnomalar
me‘yorlarini
buzish
bilan
bog‘liq
jinoyatlarni
sodir
etishda
aybdor
shaxslarni jinoiy ta‘qib qilishni ham nazarda tutgan.
Yuqorida sanab o‘tilgan Konvensiyalarning birinchisi terrorchilik
harakati uchun jinoiy javobgarlikning moddiy xalqaro huquqiy asosini
tashkil etib, bunda “qasddan qotillik sodir etish, og‘ir tan jarohati
yetkazish, davlat rahbarlari va ularning rafiqalari hamda boshqa davlat
va jamoat arboblarini o‘g‘irlab ketish, agar suiqasd ularning jamiyat
ishlari bilan bog‘liq bo‘lsa, shuningdek, odamlar hayotini xavf ostiga
qo‘yadigan yoki davlat va jamoyat hayotiga ziyon etkazadigan boshqa
qasddan amalga oshirilgan xatti-harakatlarni” belgilab berdi.
Terrorizm tarkibi xalqaro jinoyat sifatida rasman 1937-yil 30-
noyabrdagi terrorizmni oldini olish va jazolash bo‘yicha Konvensiyada
yuridik jihatdan shakllantirilgan bo‘lsa-da, Xalqaro jinoyat sudini tashkil
etish to‘g‘risidagi Konvensiya ishni ko‘rib chiqishda sud tomonidan
jinoyat hududida sodir etilgan mamlakatning jinoyat qonunchiligi yoki
ayblanuvchini sudga topshirgan davlatning jinoyat qonunchiligi
qo‘llanilishi kerakligini nazarda tutdi. Bunda yumshoqroq jazo
choralarini nazarda tutadigan qonunchilik tanlanardi.
Aslida, mazkur Konvensiya cheklangan vakolatli Xalqaro jinoyat
sudining tashkil etilishi va faoliyati uchun xalqaro huquqiy asosini
shakllantirdi, lekin unda sud faoliyatining protsessual tartibini belgilochi
me‘yorlar yo‘q edi, ya’ni ushbu sud tomonidan odil sudlovni amalga
oshirish uchun xalqaro huquqiy asosni yaratib berdi.
Ushbu Konvensiyalar qonuniy kuchga kirmagan, biroq ularni
tayyorlash jarayonida qo‘llanilgan yuridik novatsiyalar, ehtimol,
Yevropa mamlakatlarining asosiy harbiy jinoyatchilarini adolatli, tez
sudlash va jazolash uchun tashkil etilgan Xalqaro harbiy tribunal, Uzoq
Sharq davlatlarining asosiy harbiy jinoyatchilarini adolatli, tez sudlash
va jazolash uchun tashkil etilgan Uzoq Sharq bo‘yicha Xalqaro harbiy
tribunal va keyinchalik tashkil etilgan boshqa xalqaro jinoyat sudlari
Do'stlaringiz bilan baham: |