Xalqaro huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar


 OLAFning  vakolati doirasi



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/148
Sana29.12.2021
Hajmi2,35 Mb.
#79243
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   148
3. OLAFning  vakolati doirasi 
 
 
OLAFga  YIning  institutlari  ixtisoslashtirilgan  organlari  va 
muassasalari  Shu  jumladan  Yevropa  parlamenti  kengashi  va 
komissiyasi,  Yevropa  markaziy  banki  va  Yevropa  investitsiya  banklari 
mansabdor  shaxslariga  nisbatan  ichki  tekshiruvni  olib  borish  vakolati 
berilgan. 
 
OLAF  ichki  tekshiruvi  faqat  YIning  institutlari  ixtisoslashtirilgan 
organlari  va  muassasalari  bilan  cheklanmaydi.  Ular  YI  bilan 
shartnomadan  daromad  olgan  yoki  YI  tomonidan  moliyalashtiriladigan 
boshqa korxonalarni ham qamrab oladi. Shu bois, bitta ichki tergov ko‘p 
sonli  tashqi  tergovlar  uchun  asos  bo‘lishi  mumkin  va  bu  holat  amalda 
ko‘plab uchraydi. 
 
Bundan  tashqari  OLAF  YI  a’zo  davlatlari  murojaatlari  asosida 
tashqi tekshiruvlarni o‘tkazishga vakolatli.  
 
Biroq  tashqi  tergovni  amalga  oshirish  tartibi  qator  qat‘iy 
cheklovlarga  ega.  OLAF  tergovchilari  voqea  joyini  ko‘zdan  kechirish, 
hujjatlarni  tadqiq  etish,  guvohlarni  so‘rov  qilishga  haqli.  Mazkur 
protsessual  harakatlarni  amalga  oshirishda  YI  ning  manfaatdor  a’zo 
davlatining  vakolatli  organlarini  ogohlantirish  va  ushbu  protsessual 
harakatlarni  tegishli  suveren  davlat  hududida  o‘tkazish  uchun  tegishli 
ruxsatnoma olish talab etiladi. 
 
Shu bilan OLAF tergovchilari Mustaqil ravishda amalga oshirishlari 
mumkin  bo‘lgan  protsessual  harakatlar  doirasi  chegaralangan.  OLAF 
tergovchilari  YI  a’zo  davlatlari  hududida  majburlov  tusidagi  qandaydir 
protsessual  harakatlar  (tintuv,  mol  mulkni  xatlash,  boshqa  ta’sir 


118 
 
choralarini qo‘llashga) ni amalga oshirishga vakolatli emas. 
 
Amalda  OLAF  funksiyalari  Mustaqil  tergovni  amalga  oshirishga 
doir  bo‘lib,  uning  materiallari  firibgarlik  yoki  YI  moliyaviy 
manfaatlariga  ta’sir  qiluvchi  boshqa  jinoyatlarni  sodir  etgan  shaxslar 
fuqarosi  hisoblangan  mamlakatlarning  milliy  qonunchiligiga  muvofiq 
jinoiy ta‘qibni amalga oshirishga asos bo‘ladi. 
 
Shakllangan  amaliyotga  ko‘ra  OLAF  tergovi  tergov  predmeti 
hisoblangan  ish  yuzasidan  vakolatli  milliy  sud  yakuniy  sud  qarori 
chiqargandan so‘ng tugallangan hisoblanadi.  
 
YI  a’zo  davlatlari  aksariyatining  konstitutsiyaviy  va  jinoyat 
protsessual  qonunchiligi  jinoyat  ishlari  bo‘yicha  ish  Yurituvida 
qonunbuzilishi  bilan  olingan  dalillarni  qo‘llashni  istisno  etadi.  Jinoyat 
protsessual  qonunchiligining  buzilishi  bilan  olingan  dalillar  nomaqbul 
hisoblanadi.  Nomaqbul  dalillar  yuridik  kuchga  ega  emas  va  ayblov 
asosini  tashkil  eta  olmaydi,  shuningdek,  isbotlash  predmetiga  kiruvchi 
holatlarni aniqlashda ham qo‘llanilmaydi. 
 
Mazkur umumiy qoidalarga amal qilib milliy sudlar asosli ravishda 
dalillar  mazkur  sud  davlati  qonunchiligida  nazarda  tutilgan  tartibda 
to‘planishini talab etadi.  
 
Mazkur  muammo  ayrim  olimlar  tomonidan  OLAF  ta’sis  etilgunga 
qadar  qayd  etilgan  bo‘lib,  ular  bu  huquq  faqat  ichki  tergovni  amalga 
oshirilishi  uchun  berilishi  lozim,  zero  tashqi  tergovlarni  amalga 
oshirishda  jinoyat  ish  yurituvida  milliy  yurisdiksiyaning  ustuvorligi 
masalasi yuzaga keladi degan fikrni ilgari surganlar
83

 
Shu  munosabat  bilan  OLAF  tomonidan  tashqi  tergovlarni  amalga 
oshirishda qo‘lga kiritilgan dalillarning maqbulligini ta‘minlash masalasi 
amalda  OLAF  tergovchilari  hamda  hududida  muayyan  jinoyatlar 
bo‘yicha  tergov  olib  borilayotgan  davlatlarning  vakolatli  huquqni 
muhofaza  qiluvchi  organlari  o‘rtasidagi  hamkorlikni  yaxshilash  yo‘li 
bilan hal etilmoqda.  
 
2003-yil  aprelda  OLAF  va  YevroYus  faoliyatini  muvofiqlashtirish 
maqsadida  o‘zaro  hamkorlik  Memorandumi  imzolandi  va  unda 
jinoyatlar  to‘g‘risida  axborot  almashinuvi,  tashkilot  vakillarini 
maslahatlashuvlar 
va 
birgalikdagi 
qo‘shma 
konferensiyalarni 
o‘tkazishga jalb etish masalalari qamrab olindi
84
.  
 
Yevropol  bilan  hamkorlik  borasida  so‘z  borganda  OLAF  mazkur 
hamkorlikni  muayyan  ichki  va  tashqi  tergovlar  doirasida  amalga 
                     
83
Strengthening OLAF, European Anti-Fraud Office/Report with Evidence. - London, 2004. - P. 24. 
84
Judicial Cooperation in the EU: the role of Eurojust / Report with Evidence. - London, 2004. - P. 26-27. 


119 
 
oshiradi. 
 
Firibgarlikka  qarshi  kurashish  bo‘yicha  Yevropa  byurosi  (OLAF) 
faoliyatiga bojxona sohasidagi firibgarlikka qarshi kurash masalalarining 
kiritilishi  uning  YI  mamlakatlari  bilan  umumiy  bojxona  chegaralariga 
ega  davlatlarning  vakolatli  organlari  bilan  hamkorlik  zaruratini  yuzaga 
keltirdi. 
 

Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish