Aybsizlik prezumpsiyasi.Yuridik javobgarlik va qilmishning huquqqa xilofligini istisno qiluvchi holatlar.
Aybsizlik prezumpsiyasi.
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi uning jinoyat sodir etishda aybdorligi qonunda nazarda tutilgan tartibda isbotlangunga va qonuniy kuchga kirgan sud hukmi bilan aniqlangunga qadar aybsiz hisoblanadi. Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi o‘zining aybsizligini isbotlab berishi shart emas. Ya’ni u bunga majbur emas. Mazkur vazifa huquqni muhofaza etuvchi organlar zimmasiga yuklanadi. Aybdorlikka oid barcha shubhalar, basharti ularni bartaraf etish imkoniyatlari tugagan bo‘lsa, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchining foydasiga hal qilinishi lozim. Qonun qo‘llanilayotganda kelib chiqadigan shubhalar ham gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining foydasiga hal qilinishi kerak. Fuqaroning aybsizlik prezumpsiyasi – shaxsning huquq va erkinliklarini mustahkam kafolatidir. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida (26-modda) aybsizlik prezumpsiyasi o‘zining ifodasini topgan bo‘lib, unda jumladan, shunday deyiladi: “Jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan har bir shaxsning ishi sudda qonuniy tartibda, oshkora ko‘rib chiqilib, uning aybi aniqlanmaguncha u aybdor hisoblanmaydi. Sudda ayblanayotgan shaxsga o‘zini himoya qilish uchun barcha sharoitlar ta’minlab beriladi...” Bu masala O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 23-moddasida ham o‘zining yorqin ifodasini topgan. Shaxsning harakatlarida Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan alomatlar rasmiy jihatdan mavjud bo‘lsa-da, lekin u ijtimoiy xavfli, g‘ayriqonuniy yoki aybli bo‘lmasa, qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan holatlar deb topiladi. Yuridik javobgarlik va qilmishning huquqqa xilofligini istisno qiluvchi holatlar mavjud bo‘lib, ularga quyidagilar kiradi: aqli norasolik, zaruriy mudofaa, oxirgi zarurat, ijtimoiy xavflilik darajasi bo‘lmagan huquqbuzarliklar sodir etish va boshqalar. Yuridik javobgarlik va davlat majburlovining boshqa turlarini farqlash nazariy hamda katta amaliy ahamiyatga ega. U shaxs va jamiyat manfaatlarini himoya qilish uchun ta’sir o‘tkazishning eng maqsadga muvofiq va qonuniy vositasini tanlash imkonini beradi.
XULOSA
Xulosa tariqasida yana shuni ham taakidlahs mumkinki, biz bilimda cheklanganmiz ammo tasavvurda esa yo’q, ya’ni qancha imkoniyat bo’lsa shuncha darajada tasavvur qila olamiz. Albatta yuqoridagi ma’lumotlarni keltirib o’tishdan maqsad: koshki huquqiy davlatga asos solishda o’z hissasmizni qo’sha olsak, fuqarolarning huquqiy savodhonligini rivojlantirishda o’z hissamizni qo’sha olsak.
Yurtimizda qurilayotgan demokratik sharoitda bularning barchasi xalq manfaatlarini ko’zlab amalga oshiriladi. Xususan, oddiygina bir jinoyatchilikni olaylik. Shaxs qilgan qilmishi uchun javobgarlikga tortiladi. Nima uchun o’ziga yaxshi bo’lsin uchun, xulosa chiqarish uchun, qonun normalarining ustuvorligini ta’minlash uchun. Bu orqali esa nafaqat ayblanuvchi shaxs balki, qolgan shaxslarning ham himoyasi ta’minlangan bo’ladi. Shunday ekan o’z taqdirimizga o’zimiz beparvo bo’lmasligimiz darkor.
Foydalanilgan adabiyotlar
Odilqoriyev X.T. “Davlat va huquq nazariyasi” – Toshkent «Adolat» 2018.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
O’zbekiston Respublikaasi Jinoyat kodeksi.
O’zbekiston Respublikaasi Fuqarolik kodeksi
Karimov I.A Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtiirsh va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi. – Toshkent.: “O’zbekiston”, 2010 – yil.
Gegel G. “Huquq falsafasi” 1990 – yil
Do'stlaringiz bilan baham: |