Xalqaro diplomatik munosabatlar


 Xalqaro muzokaralarda diplomatik bayonnomalar



Download 429,73 Kb.
Pdf ko'rish
bet21/65
Sana19.04.2022
Hajmi429,73 Kb.
#562290
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   65
Bog'liq
xalqaro diplomatik munosabatlar

6.2. Xalqaro muzokaralarda diplomatik bayonnomalar
Material to’plash shakli va usullari, tahliliy ob’ektivlarga salbiy ta’sir
qiluvchi sub’ektiv holatlarga katta ahamiyat beriladi. Shu bilan birga diplomatlar
tayyorlagan hisobotlardan davlat tashqi siyosati yo’nalashini belgilashda
foydalanish ham muhimdir. Diplomatik uchrashuvlar Potsdam (1945), shu bilan
birga Dubarton-Oks shaharlarida o’tkazildi. 1945 yildagi San-Franstisko
konferenstiyasida BMT Ustavi qabul qilindi.
Hozirgi paytda ko’p tomonlama diplomatiya asosan ikki shaklda: aniq
maqsadli chaqiriluvchi xalqaro anjumanlar va xalqaro tashkilotlar sessiyalari
shaklida amalga oshirilmoqda.
Xalqaro anjumanlar ayrim hollarda kengash deb ham ataladi (Evropa
xavfsizlik kengashi). Ko’p tomonlama diplomatiyaning yana bir shakli xalqaro
tashkilotlarning yillik sessiyalaridir. Bular BMT Bosh Assambleyasining yillik
sessiyasi, shu bilan birga ko’p sonli tashkilotlarning Iqtisodiy va Ijtimoiy


45
Kengash, YuNESKO, YuNISEF va boshqalarning shu kabi tadbirlari va
boshqalar.
Xalqaro kengash, anjuman va tashkilotlarning turli-tumanligiga qaramay,
ularning muvaffaqiyatli ish olib borishi uchun muayyan tartibga, aniq me’yorlar
va qoidalarga rioya qilish lozimki, ular mazkur anjumanlarning faoliyatini tartibga
solishi kerak.
6.3. Muzokaralar-diplomatiyaning shakli sifatida.
Bugungi kunda muzokaralar jamiyat, davlatning siyosiy, iqtisodiy va
ijtimoiy hayotning ajralmas qismi bo’lib qoldi. Hozirgi kunda aholining juda katta
qismi xalqaro munosabatlarda muzokaralarning amaliy zaruriyati va muzokaralar
olib borish san’atini egallash zarurligini tushunib etdilar.
G’arbiy davlatlar siyosiy, ijtimoiy hayotdagi ziddiyatlarni tinchlik yo’li
bilan hal qilinishi, uning mexanizmlarini ishlab chiqish asosan II-jahon urushidan
so’ng amalga oshirildi.
Muzokaralarda asosan jiddiy masalalarni hal qilish jarayonida
foydalaniladi. Vujudga kelgan muommalarni qonunchilik yoki boshqa
meyoriyhujjatlar asosida hal qilish mumkin bo’lsa, unda muzokaralarga zhtiyoj
sezilmaydi. Muzokaralar asosan ikki tomon uchun manfaatli bo’lgan muammoni
muhokama qilish va birgalikda qaror qabul qilinishi uchun zarur hisoblanadi.
Siyosat bobida muzokaralar o’z qarashlari, g’oyalari ishonchlarini targ’ib
qilish uchun qo’llanishi mumkin. Bu holat "Sovuq urush" davriga xarkterli edi.
Ayrim hollarda muzokaralardan paydo bo’lgan ziddiyatlarni bartaraf etish uchun
foydalanish mumkin.
Tarixiy jihatdan muzokaralarning paydo bo’lishi, rivojlanishi va uning
shakllari uch yo’nalishda boradi:
Muzokaralar olib borish uchun uning mohiyatini tushunib etish lozim.
Muzokaralar birinchi navbatda muammoni hal qilishga qaratilgan qo’shma
hamkorlik faoliyatidir. Muzokaralarda odatda ikki qatnashchi bo’lib, ularning


46
manfaatlari umuman bir xil bo’ladi, qisman esa bir-biriga mos kelmaydi. Har bir
konkret faoliyatda moslik yoki nomoslik nisbati ko’p yoki kam bo’lishi mumkin,
ular har bir muzokarada uchraydi. Muzokaralarning turli ko’rinishlari mavjud
bo’lib, ularni asosan ikkita katta guruhga bo’lish mumkin:
1. Bo’hron va ziddiyatli holatlarni tartibga solish bilan bog’liq muzokaralar;
2. Hamkorlik doirasida olib boriladigan muzokaralar.
Bo’hron va ziddiyatli holatlarda muzokaralarning muqobili sifatida
zo’rovonlik harakatlari maydonga chiqishi mumkin. Bu esa muzokara
ishtirokchilarining zimmasiga alohida mas’uliyat yuklaydi. Bunday hollarda
tomonlar uchinchi shaxs-vositachilar yordamiga muxtoj bo’ladilar.
Muzokaralarning qanday darajada o’tkazilishi, unda qancha davlatlarning ishtirok
etishi, muzokaralar bir marta o’tkazilishi yoki doimiy o’tkazilib turilishiga ko’ra
farqlanadi. Ko’p tomonlama muzokaralar nisbatan murakkab tuzilishga egadir.
Bunday muzokaralarda o’zaro maqbul bo’lgan qaror qabul qilish ancha qiyin
kechadi va bu jarayonning uch asosiy bosqichini ajratib ko’rsatish mumkin:
·
muzokaralarga tayyorlanish;
·
ularni o’tkazish;
·
muzokaralar natijalarini tahlil qilish va erishilgan kelishuvlarni bajarish.
Muzokaralar tomonlar muzokara o’tkazishga o’tirishlaridan avvalroq
boshlanadi. Muzokaralarga tayyorlanish o’zaro bog’liq bo’lgan ikki yo’nalish
bo’yicha ish olib borishni nazarda tutadi, bular tashqi masalalar va
muzokaralarning asosiy qismini tayyorlash, tashkiliy masalalarga delegastiyalarni
shakllantirish, uchrashuv joyi, vaqti hamda o’rinni aniqlash, har bir majlisning
kun tartibi va boshqalar kiradi.

Download 429,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish