Xalqaro biologiya olimpiadasi (IBO)ga saralashning I bosqichi
13. Sachratqi mevasi rangining sariq bo‘lishi to‘q sariq bo‘lishi ustidan chala dominantlik qiladi. Geterozigotalar mevasining rangi
oraliq bo‘ladi. Meva rangining yuzaga chiqishi ikkinchi juft dominant genga bog‘liq. Uning retsessiv alleli ingibitorlik vazifasini
bajarib, meva rangining oq bo‘lishiga olib keladi. Tajribada seleksioner olim tomonidan sachratqi mevasining rangi oraliq bo‘lgan
digeterozigotali o‘simliklari o‘zaro chatishtirilishi natijasida birinchi avlodda 960 ta o‘simlik olingan bo‘lsa, to‘q sariq mevali
o‘simliklar sonini aniqlang.
А)180
В)60
С)240
D)360
14. Ingibitor (a) va modifikator (b) genlariga xos bo‘lgan belgilarni ko‘rsating.
1) belgiga bilvosita ta`sir ko‘rsatadi; 2) belgiga bevosita ta`sir ko‘rsatadi; 3) noallel genga bevosita ta`sir ko‘rsatadi; 4) noallel genga
bilvosita ta`sir ko‘rsatadi; 5) noallel gen faoliyatini kuchaytiradi yoki susaytiradi; 6) noallel gen faoliyatini faqat to‘xtatadi; 7) belgi
rivojlanashini kuchaytiradi yoki susaytiradi; 8) belgi rivojlanashini faqat to‘xtatadi
A) a-1, 4, 6, 8; b-2, 3, 6, 8
B) a-1, 3, 6, 8; b-1, 3, 5, 7
C) a-2, 4, 5, 7; b-1, 3, 6, 8
D) a-1, 3, 6, 8; b-1, 3, 5, 8
15. Odam o‘ng qo‘lini ikki boshli muskul hujayralarida moddalar almashinuvi natijasida mochavina hosil bo‘ldi. Hosil bo‘lgan
mochavinani tanadan chiqib ketish ketma-ketligini aniqlang.
1) pastki kovak vena orqali yurakka borishi; 2) kichik qon aylanish doirasi orqali o‘pkaga borishi; 3) vena qoniga o‘tishi; 4) katta
qon aylanish doirasi orqali yurakka borishi; 5) vena qonini yuqori kovak venaga qo‘shilishi; 6) buyrak arteriyasi orqali buyrakka
kirishi; 7) yurakdan o‘pka arteriyasi orqali chiqib ketishi; 8) buyrak arteriyasidan buyrak kapsulasiga o‘tishi; 9) yurakka o‘pka
venasi orqali kelishi; 10) kapsuladan kalavasimon kanalchaga o‘tishi; 11) yurakdan aorta qon tomir orqali chiqib ketishi;
12) birlamchi siydikni reabsorbsiya jarayoniga uchrashi; 13) yurakni ikki tavaqali klapanidan o‘tishi; 14) ikkilamchi siydikni hosil
bo‘lishi; 15) hosil bo‘lgan siydikni siydik yo‘li orqali siydik pufagiga to‘kilishi; 16) siydik pufagidan siydik kanali orqali chiqib
ketishi; 17) yurakni yarim oysimon klapanidan o‘tishi
A) 3, 5, 4, 2, 9, 11, 8, 6, 10, 14, 12, 15, 16
B) 3, 5, 4, 7, 2, 9, 11, 6, 8, 10, 12, 14, 15, 16
C) 3, 4, 13, 2, 9, 17, 11, 6, 8, 10, 12, 14, 15, 16
D) 3, 1, 5, 4, 17, 2, 9, 11, 6, 8, 10, 12, 14, 15, 16
16. Zuhrasochning sorusli (a), dala qirqbo‘g‘imining sporafilli (b) bo‘g‘iniga xos xususiyatlarni to‘g‘ri ko‘rsating?
1) 1sm, yashil yuraksimon; 2) bargi keng nashtarsimon; 3) kichkina, chetlari bo‘lingan; 4) yashil, shoxlangan, ildizpoyali; 5) rizoidli,
qisqa yashaydi; 6) iyun-avgustda spora hosil qiladi; 7) arxegoniy va anteridiyli; 8) spora beruvchi boshoqlarga ega; 9) ko‘p xivchinli
spermatozoid yetiladi; 10) 2-3 karra patsimon bo‘lingan, qisqa bandli bargga ega; 11) nam tuproqqa tushgan sporadan hosil bo‘ladi;
12) ildizpoyadan hosil bo‘ladi
A) a-2, 6, 10; b-4, 8, 12
B) a-1, 5, 7, 9; b-8, 4, 11
C) a-2, 6, 10; b-3, 4, 8, 11 D) a-2, 6, 10, 12; b-4, 8, 9, 12
17. Quyidagi qaysi kasalliklar ota-ona sog‘ bo‘lsa ham farzandlarda uchrashi mumkin?
1) qandli diabet; 2) tug‘ma karlik; 3) polidaktiliya; 4) qo‘y ko‘z; 5) gemofiliya; 6) Daun sindromi; 7) Shershevsiy–Terner; 8) silga
moyillik; 9) daltonizm; 10) albinizm; 11) ko‘z shox pardasini irsiy degeneratsiyasi
A) 1, 3, 2, 10
B) 8, 11, 2, 5
C) 2, 5, 1, 8, 10
D) 7, 1, 5, 9, 6
18. Meyoz I va meyoz II fazalaridagi jarayonlar to‘g‘ri keltirilgan javobni aniqlang.
1) sentromeraning bo‘linishi tufayli xromatidlarning mustaqil xromosomaga aylanishi; 2) gaploid to‘plamli hujayrada juft-juft
holatdagi xromatidalarning hujayra markazida joylashuvi; 3) ikkita xromatidadan iborat xromosomalarning bir-biriga yopishib,
yonma-yon joylashuvi; 4) gomologik xromosomalarning bir-biridan ajralib, yadro qobig‘ining parchalanishi; 5) xromosoma soni
ikki xissa kamaygan hujayralar hosil bo‘lishi; 6) konyugatsiyalashgan xromosomalarning juft-juft holatda ekvator tekisligi bo‘ylab
joylashuvi; 7) bitta xromatidali xromasomalarning kariokinez tufayli ikkita yadroga ajralishi; 8) gaploid to‘plamli hujayrada yadro
qobig‘ining parchalanib, yadrochalar yo‘qolib ketishi; 9) xromosomalarning turli xil variantda qutblarga tarqalishi; 10) gomologik
xromosomalarning yelkalarini bir-biridan aniq ajralib, sentromeralarini saqlagan holda qutblar tomon harakatlanishi.
a) profaza I; b) metafaza I; c) anafaza I; d) telafaza I; e) profaza II; f) metafaza II; g) anafaza II; h) telafaza II;
A) a-3, 8; b-6; c-9; d-5; e-4; f-2; g-9, 1; h-5, 7
B) e-8; f-2; g-1, 9; h-7; a-3, 8; b-6; c-10; d-5, 7
C) a-3, 4; b-6; c-9, 10; d-5; e-8; f-2; g-1; h-7
D) e-3, 4; f-6; g-9, 10; h-5; a-8; b-2; c-1; d-7
19. Gomozigota kulrang biya bilan malla yungli ayg‘ir chatishtirilganda F
1
da kulrang otlar olingan. Ular o‘zaro chatishtirilganda F
2
avlodda 12 ta kulrang, 3 ta qora va 1 ta malla avlod olingan bo‘lsa, F
1
avlodni
hosil
qilgan ota-ona otlar genotipini (a), F
1
avlodning
genotipini (b) hamda F
2
avloddagi genotipik ajralishni (c) belgilang.
1) 9:7; 2) 9:6:1; 3) 12:3:1; 4) BBII x bbii; 5) BbIi; 6) 13:3; 7) BbIi x bbii; 8) 1:2:2:4:1:2:1:2:1
A) a-4; b-5; c-8
B) a-4; b-5; c-3
C) a-7; b-4; c-1
D) a-4; b-7; c-2
20. Bir tanada ♂ va ♀ jinsiy a’zosiga ega bo‘lgan avtotrof (a) va geteratrof (b) organizmlarni ko‘rsating.
A) a – na’matak, ituzum, lola; b – rishta, exinakokk, cho‘chqa tasmasimon chuvalchangi
B) a – turkiston ismalog‘i, bug‘doy, funariya; b – qoramol tasmasimon chuvalchangi, exinakokk
C) a – olma, archa, no‘xat; b – gidra, yomg‘ir chuvalchangi, oq planariya
D) a – qarag‘ay, makkajo‘xori, gilos; b – oq planariya, olabug‘a baliq, exinakokk
Do'stlaringiz bilan baham: |