Hayot haqidagi fanlar (20 %)
Qishloq xo’jaligi fanlari;
Biokimyo, genetika va molekulyar biologiya;
Atrof muhit haqidagi fanlar;
Immunologiya va mikrobiologiya;
Ijtimoiy gumanitar fanlar (17 %)
Sanhatshunoslik va gumanitar fanlar;
Biznes, menedjment va buxgaleriya hisobi;
Qarorlar qabul qilish nazariyasi;
Iqtisodiyot, ekonometrika va moliya;
Psixologiya;
Scopus o’zida ingliz tilidagi annotatsiyalari mavjud bo’lgan turli xil tillarda nashr qilinadigan ilmiy manbalarni qayd qiladi. Nashr qiluvchilarning dunyo hududlari bo’yicha geografik qamrovi quyidagi tarzda:
· Yevropa, O’rta SHarq va Afrika (52 %);
· SHimoliy Amerika (36 %);
· Osiyo-Tinch okean hududlari (9 %);
· Janubiy Amerika (3 %).
Yangi nashrlarni Scopus ma’lumotlar bazasiga indeksatsiya qilish haqidagi qarorni qabul qilish Scopus maslahat qo’mitasiga mazmunni saralash bo’yicha yangi nashrlarni qo’shish so’rovi natijasiga ko’ra amalga oshiriladi. Bu qumita tarkibiga sohaviy mutaxassislar kirib (taxminan 20 ta olim va 10 ta kutubxonachilar), ular dunyoning turli hududlaridan va turli xil bilim sohalaridan hisoblanadi. Yangi nashrning nomini ma’lumotlar bazasiga kiritish uchun so’rovni ScopusInfo saytidagi forma orqali har qanday olim berishi mumkin. Undan tashqari, Scopus maslahat qo’mitasi nashrni qo’shish kerakligini mustaqil ravishda aniqlashi ham mumkin. Yangi nashrni Scopus bazasiga qo’shish haqidagi qarorni (yoki talablarni qanoatlantirmay qo’ygan nashrlarni chiqarib tashlash) har yili qabul qiladi. Scopus bazasiga yangi nashrlarni keyingi yilda indeksatsiya qilish uchun qo’shishga so’rov berishning oxirgi muddati bu shu har yilning 1 sentyabri hisoblanadi. Ma’lumotlar bazasiga qo’shilgungacha qabul qilingan nashr Scopusda yil boshida paydo bo’ladi. Yahni qo’shishga so’rov qabul qilingandan keyin navbatdagi yildan boshlab paydo bo’ladi.
1996 yildan keyin nashr qilingan ilmiy manbalar maqolali bibliografiya ro’yxati bilan birga Scopus ma’lumotlar bazasida qayd qilinadi. Ma’lumotlar bazasida havolalanish bu ro’yxatlar tarkibini avtomatik tahlil qilish yo’li bilan hisoblanadi. SHu tarzda Scopusda barcha havola qilingan manbalar murojaatlari sanab chiqiladi (1996 yildan boshlab nashr qilingan).
AQSH ilmiy axborot instituti Web of Knowledge ma’lumotlar bazasidan farqli ravishda Scopus ma’lumotlar bazasida impakt-faktor tushunchasi qo’llanilmaydi. Biroq Xirsh indeksi keng qo’llaniladi
Scopus ma’lumotlar bazasida bittadan ko’p maqola chop etganlar uchun individual hisob yozuvi – yahni profil muallifning ajoyib identifikatorlari bilan ochiladi (Author ID).
Do'stlaringiz bilan baham: |