Baxmal tumani XTBga qarashli 56- umumiy o‘rta ta’lim maktabida 2021-yil
22-sentabr“Xalqaro avtomobilsiz kun” munosabati bilan o‘tkazilgan yig‘ilish
BAYONNOMASI№ ____
2021-yil 22-sentabr Barlоs QFY
Yig‘ilish raisi- A.To‘rayev
|
|
|
Kotib- J.Toshbekiv
|
|
|
Qatnashganlar:MMIBDO‘-O‘.Abduraxmonov,
amaliyotchi psixolog A.Musayev jismoniy tarbiya o‘qituvchilari, 10-11-sinf
rahbarlari hamda 53 nafar o‘quvchilar.
K U N T A R TI B I :
1.22- sentabr “Xalqaro avtomobilsiz kun”loyihasi doirasida
o‘quvchi yoshlarni keng jalb qilib, sport musobaqalari tashkil qilish.
ESHITILDI :
Yig‘ilishni maktab direktori A.To‘rayev boshqardi. Qatnashchilarni kun tartibidagi masala bilan tanishtirdi. Jamiyatda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, kasalliklarning oldini olish, aholining keng qatlami, ayniqsa yoshlar, ayollar va keksalarni jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishga jalb etish, ommaviy sportni inson va oila hayotidagi muhim ahamiyati, uning jismoniy va ma’naviy salomatlik asosi ekanini targ‘ib qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil l9-noyabrdagi "Aholining sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 735-son qaroriga muvofiq 22 sentyabr – O‘zbekistonda “Avtomobilsiz kun” deb e’lon qilindi.
Ushbu kun doirasida yurtimizda ham bir qator tadbirlar o‘tkazib kelinadi. Chunonchi, bugun “Xalqaro avtomobilsiz kun” doirasida “Bilim va faol harakatlarni kengaytirish orqali O‘zbekistonda global yo‘l harakati xafsizligini takomillashtirish” mavzusidagi brifing shaklida xalqaro davra suhbati o‘tkazildi. Bundan tashqari maktabimiz o‘quvchilari o‘rtasida 400 m ga piyoda yurish, 100 m ga yugurish va stol tennisi musobaqalari o‘tkazildi.
Kun tartibidagi masala yuzasidan MMIBDO‘ O‘.Abduraxmonov so‘zga chiqib So‘nggi vaqtlarda yurtboshimiz boshchiligida sohada amalga oshirilayotgan islohotlar sabab odamlarning sport bilan shug‘ullanishga, sog‘lom turmush tarziga rioya qilishga bo‘lgan qiziqishi ortib bormoqda. Turli marafonlar va musobaqalarning o‘tkazilishi hamda ularga bo‘lgan qiziqishning kuchayib borayotganligi shundan dalolat beradi. “Xalqaro avtomobilsiz kun” munosabati bilan davlat idoralari va mahalliy organlari rahbarlarini shaxsiy namuna ko‘rsatib, 22 sentyabr “Xalqaro avtomobilsiz kun” tadbirlarida faol ishtirok etishga chaqirdi. Shu bilan birga, ilm-fan, madaniyatva sport sohalari xodimlari hamda OAV vakillarini, qolaversa barcha yurtdoshlarimizni shu kuni ommaviy tadbirlarda faol ishtirok etishga hamda bir kun davomida avtomobil o‘rniga velosipeddan foydalanish yoki piyoda harakatlanishga chorladilar. Avtomobilsiz kun aktsiyasi doirasida #carfreeday_uzbekistan, #shaxsiynamunakursat, #avtomobilsizbirkun xeshteglaridan foydalanib, yanada keng aholini qamrab olishni taklif qilishdilar.
Zero bu kabi tadbirlarni o‘tkazish mamlakatimizda yo‘l-xarakati xafsizligini yana-da takomillashtirish, shahar aholisi o‘rtasida ekologik madaniyat hamda sog‘lom-turmush tarzini targ‘ib qilishni maqsad qilgan. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ham o‘z tavsiyalarida jismoniy faollikni oshirish infeksion, yurak-qon tomir, saraton va qandli diabet kasalliklar profilaktikasida muhim o‘rin tutishini ta’kidlaydi.
Ma’lumot o‘rnida aytish kerak, jahon bo‘ylab “Avtomobilsiz kun” aktsiyasi har yili 22 sentyabrda o‘tkazilib, insonlarni bir kun davomida avtomobilsiz yurishga chaqiradi. Tarixga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, “Avtomobilsiz kun” g‘oyasi 1995 yilda Buyuk Britaniyada paydo bo‘lgan hamda qisqa muddatda butun dunyoda keng ommalashgan. 2000 yildan beri 22 sentyabr “Butun jahon avtomobilsiz kuni” sifatida nishonlanadi. Hozir dunyodagi 3000 ta shaharda istiqomat qiluvchi 100 milliondan ortiq aholi “Xalqaro avtomobilsiz kun”ni keng nishonlaydi. Bildirilgan fikr mulohazalar asosida kun tartibidagi masala yuzasidan yig‘ilish
QAROR QILADI:
22 sentyabr “Xalqaro avtomobilsiz kun” munosabati bilan so‘zga chiqqan maktab direktori А.To`rayevning ma’ruzalari ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Maktabning barcha sinflari kesimida o‘quvchilari o‘rtasida 400 m ga piyoda yurish, 100 m ga yugurish, stol tenisi, musobaqalari o‘tkazilsin.
Ushbu buyruq ijrosini bajarish va nazorat qilish maktab ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari O‘.Abduraxmonov zimmasiga yuklatilsin.
Maktab direktori : A. To‘rayev
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |