bo’yicha Milliy Komissiya va Milliy intizom Palatasi bilan hamkorlik qiladi.
6
Bizning mamlakatimizdan ancha oldin bozor iqtisodiyotiga o’ta boshlagan
Xitoyda esa 1982 yillarda auditorlik ma’muriyati yaratilgan. Bundan tashqari auditni
rivojlantirish dasturi asosida Xitoy 180 mln. dollar olgan va o’zlashtirgan. Bu borada
professor Saidkarim Qodirxonov fikriga qo’shilish mumkin: «Xitoyda 1983 yildagi
auditorlik ma’muriyatiga asos solingan vaqtdan boshlab mahalliy va markaziy
darajada 3000 dan ortiq davlat auditorlik tashkilotlari yaratilgan. Ularda 30000 ga
yaqin xizmatchilar band. Davlat muassasalari tarmoqlari va korxonalari chegarasida
10000 dan ortiq ichki auditorlik xizmatlarini bajaruvchi tashkilotlar tashkil qilingan.
Xitoyda buxgalterlikka ixtisoslanayotgan 70 dan ortiq firmalar mavjud. U erda
auditorlik tezlik bilan takomillashtirilmoqda».
Xorijda mustaqil auditorlar yakka holda faoliyat ko’rsatishlari mumkin. Ammo
ular ko’p hollarda firmalar va tashkilotlarga birlashib (bu samaraliroq bo’lganligi
uchun), ular har xil nomlanadi. Masalan, xalqaro amaliyotda va zamonaviy iqtisodiy
adabiyotlarda diplomli buxgalterlar firmalari (Angliyada CA firms) yoki diplomli
jamoatchi buxgalterlarning firmalari (AQShda CPA firms) va boshqalar to’g’risida
ma’lumotlar uchraydi.
G’arb mamlakatlarida o’n minglab auditorlik firmalari (faqat AQShning o’zida
qirq besh mingdan ko’p) faoliyat ko’rsatadilar. Bular xilma-xil bo’lib, bir kishidan
yoki bir necha qasamyod qilgan buxgalterlardan iborat (bunday firmalar 90-95%).
Xususiy firmalardan tortib, to transmilliy korporatsiyalar hisoblangan va xalqaro
audit amaliyotida hal qiluvchi rol o’ynaydigan, yirik auditorlik firmalari ham mavjud.
G’arbdagi yirik korporatsiyalar tomonidan auditorlik xizmati bozorida hukmronlik
o’rnatilishi va o’tgan XX asrda kapitalning baynalminallashishi ham auditorlik
firmalarining rolini yanada oshirdi. Birinchi transmilliy auditorlik korporatsiyalari,
monopolistlar vujudga keldi va kuchli mavqega ega bo’ldilar (asosan, ikkinchi jahon
urushidan keyin). Bunga misol «katta sakkizlik» bo’lib, u keyinchalik tegishli
o’zgarish (transformatsiya)lardan so’ng, avval «oltilik»ka aylangan va 1998 yildan
boshlab esa «katta beshlik» deb atalmoqda. Ko’plab mamlakatlarning obro’li
professional va ishchan nashrlari vaqti-vaqti bilan etakchi auditorlik-konsultatsion
firmalarning (milliy hamda transmilliy) ro’yxatini e’lon qilib turadilar. Ushbu
7
ro’yxatlarning ko’pchiligi ularning faoliyati to’g’risidagi har xil statistik
ma’lumotlarni o’z ichiga oladi. Bu ma’lumotlar vaqti-vaqti bilan yangilanib turiladi.
Bunday nashrlar ko’p hollarda ularning mualliflariga auditorlik-konsultatsion
firmalarni ma’lum ko’rsatkichlar bo’yicha tabaqalashtirishga imkon beradi.
Ko’pincha auditorlik firmalarini bunday tabaqalashtirish yillik daromad hajmi yoki
auditorlar soni va h.k. bo’yicha amalga oshiriladi. Hozirda etakchi auditorlik-
konsultatsion firmalarga aylangan, transmilliy korporatsiyalar bo’yicha, bunday
ro’yxatlarda, odatda, ular faoliyat ko’rsatayotgan mamlakatlar soni ham ko’rsatiladi.
Albatta, ushbu ko’rsatkichlar ko’pincha nafaqat statikani, balki shunga o’xshash
reyting ko’rsatkichlarida keltiriladigan dinamikani ham tavsiflaydi.
Shunday qilib, auditorlik faoliyatining rivojlanishi yirik transmilliy firmalarning
vujudga kelishiga olib keldi. Bunday auditorlik firmalari ichida eng yiriklari
quyidagilar:
1. «Prais Uoterxaus Kupers (Price Waterhous Coopers) – Angliya-Amerika
2. «Deloit va Tush» (Deloitte and Touch) – Amerika–Yaponiya
3. “Ernst va Yang” (Ernst and Young) – Shotlandiya
4. “KPMG” (KPMG), shu jumladan Peat Marwick, VDO va boshqalar.
Ular haqiqatan ham butun dunyoda obro’ qozongan monopolistlar bo’lib, sanab
o’tilgan to’rtta firma jamlangan holda – xalqaro auditorlik-konsultatsion biznesning
tan olingan va tajribali lideri hisoblanadi.
Yuqorida qayd qilingan firmalarning har biri turli mamlakatlarda ko’plab
ofislarga ega bo’lib, ularning barchasi qasamyod qilgan buxgalterlar institutining
a’zosi hisoblanadi. «Katta beshlik» yirik mijozlarning taxminan 90% iga xizmat
ko’rsatadi. Bu firmalar yirik xalqaro loyihalarni bajarish imkoniga ega bo’lib, deyarli
barcha turdagi konsultatsiya-auditorlik xizmatlarini ko’rsatadi. Agar o’z xodimlari
etishmasa, boshqa firmalardan zarur mutaxassislari, shu jumladan, bunday loyihalarni
bajarishda ishtirok etish uchun iqtisodiy-huquqiy xususiyatlari bilan yaxshi tanish
bo’lgan tadbirkorlar yoki u yoki bu mamlakatning hokimiyat xodimlari ham jalb
qilinadi.
Ammo ular ham G’arb mamlakatlarida butun auditorlik bozorini qamrab
8
ololmaydi. Bunday yirik, jahon auditorlik faoliyatida hal qiluvchi rol o’ynaydigan va
transmilliy korporatsiyalar hisoblangan firmalardan tashqari, deyarli hamma
mamlakatlarda o’rta firmalar hamda auditdan ajralib chiqqan autsayderlar mavjud.
Bunday uncha katta bo’lmagan auditorlik firmalari davlat tomonidan qo’llab-
quvvatlansa, ular yaxshi faoliyat ko’rsatadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |