««xalqaro audit»


 Xalqaro auditorlik kompaniyalari va ularning faoliyat yo’nalishlari



Download 1,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/88
Sana30.10.2020
Hajmi1,06 Mb.
#49999
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   88
Bog'liq
xalqaro audit

3.3. Xalqaro auditorlik kompaniyalari va ularning faoliyat yo’nalishlari 
 
Auditorlik  kompaniyalari  aslida  qanday  ehtiyojlarni  qondirishi  va  biznesdagi 
omadini  asosiy  omili  nima  bilan  bog’liq  ekanligini  yaxshiroq  tushunish  uchun 
auditning rivojlanish tarixiga nazar tashlash lozim. 
 
Audit, o’zining zamonaviy biznesdagi ma’no va mohiyatida qariyb yuz yildan 
ko’proq  vaqt  mobaynida  mavjuddir.  Auditning  yuzaga  kelishi  kapitalizmning 


 
25 
rivojlanishi,  yirik  kapitalning  paydo  bo’lishi  va  aktsionerlik  jamiyatlarining  yuzaga 
kelishi bilan bog’liq. Aynan shu davrda korxonalarni boshqaruvchilari va egalarining 
manfaatlarini  ajralishi  ro’y  berdi.  Shuning  bilan  hisob  yuritilishining  to’g’riligini 
tekshiruvchi  va bu xaqida kompaniya egalariga hisobot beruvchi mustaqil hakamga 
bo’lgan  zarurat  tug’ildi.  Shu  tarzda  auditorlarning  asosiy  vazifasi  korxonadagi 
moliyaviy  hisob  yuritilishining  to’g’riligini  tasdiqlash  orqali  mulkdor  manfaatlarini 
himoya qilish bo’lib qoldi. Ammo auditorlar hisobning to’g’ri yuritilishini tekshirish 
to’g’risidagi  bevosita  hisobotdan  tashqari  ushbu  hisobotga  muayyan  nomoddiy 
aktivni,  aniqroq  qilib  aytganda,  o’z  mavqeini  qo’shadi.  Hozirgi  kunda  yuzlab 
auditorlik  kompaniyalari  auditorlik  tekshiruvini  o’tkazish  metodikasiga  ega,  lekin 
umum tan olingan etakchilar bor-yo’g’i to’rtta. Ushbu kompaniyalar «Katta to’rtlik» 
nomi bilan tanilgan bo’lib, ular tarkibiga Pricewaterhouse Coopers, Deloitte, KPMG 
va Ernst & Young kompaniyalari kiradi. Xo’sh, nima sababli ushbu to’rt kompaniya 
boshqa  auditorlik  kompaniyalaridan  keskin  farq  qiladi?  Bizningcha,  buning  ikki 
sababi  bor: birinchidan,  bu  ko’p  yillik  tajriba  va  orttirilgan  mavqei;  ikkinchidan,  bu 
kompaniyalarning xodimlari soni. 
 
«Katta  to’rtlik»  kompaniyalarining  biznes  mavqei  o’n  yillar  davomida 
shakllangan  bo’lib,  ba’zilarining  tarixi  bir  yarim  asrga  borib  taqaladi. 
Pricewaterhouse  Coopers  kompaniyasi  o’zining  asosiy  mahsulotlaridan  biri  obro’-
e’tibori  ekanligini  chuqur  anglagan  holda,  «Oskar»  mukofotiga  nomzodlar  hisobini 
yuritish bo’yicha buyurtmani qo’lga kiritdi va bu bilan audit metodikalarining yangi 
bozorini  ochib  berdi.  Dunyodagi  yuzlab  auditorlik  kompaniyalari  ham  «Katta 
to’rtlik»  kompaniyalaridan  yomonroq  xulosa  berishadi  deb  bo’lmaydi,  lekin 
ko’pchilik mijozlar ularning mavqei uchun ko’proq haq to’lashga rozi bo’lishadi. 
 
Shunday  to’xtamga  kelish  mumkinki,  «Katta  to’rtlik»  kompaniyalarining  har 
biri  bo’yicha  hisoblangan  gudvil  summasi  bir  necha  milliard  dollarni  tashkil  etishi 
muqarrar.  
 
Odatda, uchinchi tomonlar oldida o’z imidjini yaxshilashga uringan korxonalar 
quyidagi hollarda bunday kompaniyalarga auditni buyurtma qilishadi: 
1.  Xalqaro fond bozorlariga chiqish; 


 
26 
2.  To’g’ri investitsiyalarni jalb qilish; 
3.  Yangi hamkorlar bilan yaqin aloqalar o’rnatish; 
4.  Davlat tenderlarida ishtirok etish; 
5.  Yangi bozorlarga chiqish va h.k. 
«Katta  to’rtlik»  kompaniyalarining  mavqei  bunday  buyurtmalarni  olishga 
imkon beradi. Bunda kompaniya mavqeining o’ziga xos doiraviy aylanishi to’g’risida 
fikr 
yuritish 
mumkin. 
Yirik 
transmilliy 
kompaniyalar 
«Katta  to’rtlik» 
kompaniyalarining mijozlari ro’yxatidan joy olishi bilan ularning mavqeini oshiradi, 
bu esa yanada ko’proq mijoz orttirish imkonini beradi. Auditorlik kompaniyalari o’z 
mavqeini 
o’zining  «kichik»  byudjetli  mijozlariga  o’tkazadi.  Auditorlik 
kompaniyasining  xodimlari  ishdan  bo’shaganda  kompaniya  mavqeining  bir  qismini 
o’zlari bilan olib ketishadi. Ushbu doiraviy aylanishda, albatta sifatli tekshiruv sharti 
bilan, kompaniya mavqei «eskirmaydi» va «amortizatsiyalanmaydi». 
Ammo, uchinchi tomonlar kutadigan mustaqillik va ob’ektivlik printsiplaridan 
har  qanday  og’ishishlar  oqibatida  auditorlik  kompaniyalari  mavqeiga  katta  putur 
etishi  ham  hech  gap  emas.  Buni  tasdiqlash  uchun  «Katta  to’rtlik»  kompaniyalariga 
qarshi butun dunyo bo’yicha berilayotgan sud da’volarini keltirib o’tish kifoya. 
Bundan tashqari, «Katta to’rtlik» kompaniyalari o’rtasida farqlanishning tobora 
kamayib  borishi    sezilmoqda.  Bunda  har  bir  mijoz  uchun  keskin  kurash  ketishini 
kuzatish  mumkin.  Masalan,  yirik  transmilliy  kompaniyalar  tender  asosida  auditorlik 
kompaniyasini  tanlashi  mumkin.  Chunki,  ko’pchilik  kompaniyalar  uchun  aynan 
PricewaterhouseCoopers  yoki  Deloitte  ning  emas,  balki  «Katta  to’rtlik» 
kompaniyalaridan birining xulosasi kerak. 
 

Download 1,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish