Xalq taʼlimi
Xalq taʼlimi — mamlakatda tarbiyaviy, oʻquv va madaniymaʼrifiy muassasa va tadbirlar tizimi
hamda ularni boshqarish organlari. Xalq taʼlimi tushunchasi 20-asrning 80-yillarida oʻzbek tili
leksikasidan oʻrin oldi. Ungacha "xalq maorifi" atamasi qoʻllanilgan boʻlib, u kishilarning bilimi va
ongini oshirish, umumiy saviyasini koʻtarishga qaratilgan taʼlimtarbiya tarzida, nisbatan torroq
maʼnoda qoʻllanilgan. "Xalq taʼlimi" atamasi ilmfan yoki kasb-hunar sohalari boʻyicha egallanishi
zarur boʻlgan maʼlumot va koʻnikmalar majmuini, taʼlimtarbiya, axloqodob, koʻrsatma, bilim,
koʻnikma va malakalarni shakllantirish, yoʻlyoʻriq oʻrgatish tushunchalarini kamrab oladi. Bu
atama zamirida mamlakat fuqarolarini nafaqat maʼrifatli, savodli qilish, balki ularga taʼlimtarbiya
berish, kasb-hunarga yoʻnaltirish, ularda bilim, koʻnikma va malakalarni shakllantirish jarayoni
ham qamrab olinadi. Davlat taʼlim standartlariga muvofiq taʼlim dasturlarini amalga oshiruvchi
davlat va nodavlat taʼlim muassasalari, taʼlim tizimining faoliyat koʻrsatishi hamda rivojlanishini
taʼminlash uchun zarur boʻlgan tadqiqot ishlarini bajaruvchi ilmiypedagogik muassasalar, taʼlim
sohasidagi davlat boshqaruv organlari hamda ularga karashli korxona, muassasa, tashkilotlarni
oʻz ichiga kamrab oladi. Oʻzbekistonda Xalq taʼlimining bosh maqsadi — maʼnaviy barkamol
avlodni tarbiyalashdan iborat boʻlib, u insonparvarlik va demokratik xarakter kasb etadi. OʻzR ning
1997 y. 29 avg .da qabul qilingan "Taʼlim toʻgʻrisida"gi qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi
Xalq taʼlimi tizimining barcha yoʻnalishlarini takomillashtirish va rivojlantirish uchun keng
imkoniyatlar ochib berdi. Krnun va dasturda kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy
qismlari, jumladan, uzluksiz taʼlim taʼriflanib, uning asosiy vazifasi belgilab berilgan. Xalq taʼlimi
maktabgacha taʼlim, umumiy urta taʼlim, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi, oliy taʼlim, oliy oʻquv
yurtidan keyingi taʼlim, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash, maktabdan tashqari
taʼlim turlarini kamrab oladi. Xalq taʼlimining umumiy oʻrta turi (9 y.) majburiy, oʻrtamaxsus, kasb-
hunar taʼlim turi (3 y.) esa ixtiyoriy-majburiydir.
Koʻp mamlakatlarda Xalq taʼlimining asosiy tizimi boshlangich taʼlim hisoblanadi va u 4 yildan 9
yilgacha davom etadi. Oʻzbekistonda Xalq taʼlimining dastlabki boskichi maktabgacha taʼlim
xisoblanadi. Maktabgacha taʼlim bola shaxsini ruhan va jismonan sogʻlom, yetuk tarzda,
maktabda oʻqishga tayyor holda shakllantirishni nazarda tutadi. Bu taʼlim 6— 7 yoshgacha oilada,
bolalar bogʻchalari va mulk shaklidan qatʼi nazar, boshqa taʼlim muassasalarida olib boriladi. Xalq
taʼlimining umumiy oʻrta turi boshlangʻich taʼlim (1— 4-sinflar) va umumiy taʼlim (5—9-sinflar)ni
kamrab oladi. Boshlangich taʼlim toʻrt yillik boʻlib, u umumiy oʻrta taʼlim olish uchun zarur boʻlgan
savodxonlik, bilim va koʻnikma asoslarini shakllantirishga qaratilgan. Boshlangʻich taʼlimning 1-
sinfiga bolalar 6—7 yoshdan qabul qilinadi. Xalq taʼlimining umumiy taʼlim bosqichida ham
bilimlar davlat taʼlim standartlarida belgilangan hajmda beriladi. Umumiy oʻrta taʼlim (1 —
9sinflar)da oʻquvchilarning mustaqil fikrlashi, tashabbuskorlik va tashkilotchilik qobiliyati
rivojlantiriladi, ularning tafakkur va faoliyatidagi erkinligi, mustaqilligi taʼminlanadi. Xalq taʼlimining
oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi turida taʼlim olish ixtiyoriymajburiy tarzda amalga oshiriladi.
Umumiy Urta taʼlimni yakunlagan oʻquvchi bilim olishni taʼlimning maʼlum yoʻnalishini chuqur
oʻzlashtirish uchun akademik litsey yoki umumiy oʻrta taʼlimni maʼlum kasb-hunar bilan bogʻlab
oʻrganish maqsadida kasb-hunar kollejidi ixtiyoriy ravishda davom ettirishi zarur. Xalq taʼlimining
oliy taʼlim bosqichi yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni taʼminlaydi. Oliy taʼlim universitet,
oʻquv akademiyasi, intlarda urta maxsus, kasb-hunar taʼlimi negizida amalga oshiriladi. Oliy taʼlim
olish ixtiyoriy bulib, taʼlim muddati kamida 4 yildan iborat boʻlgan bakalavriat hamda oʻqish
muddati kamida 2 yildan iborat boʻlgan magistratura boskichida amalga oshiriladi. Oliy oʻquv
yurtidan keyingi taʼlim jamiyatning yuqori malakali ilmiy va ilmiypedagogik kadrlarga boʻlgan
ehtiyojini taʼminlashga qaratilgan taʼlim turi hisoblanadi. U oliy oʻquv yurti va i.t. institutlarida
aspirantura, adʼyunktura, doktorantura, mustaqil tadqiqotchilik shaklida amalga oshiriladi. Xalq
taʼlimining kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash turi mutaxassislarning kasb
bilimlari va koʻnikmalarini chuqurlashtirish hamda yangilashni nazarda tutadi. Xalq taʼlimining
maktabdan tashqari taʼlim turida bolalar va oʻsmirlarning yakka tartibdagi qiziqish va ehtiyojlarini
qondirish, ularning boʻsh vaqgi va dam olishini maqsadga muvofiq ravishda tashkil etish uchun
davlat organlari, jamoat tashkilotlari tomonidan madaniyestetik, ilmiy, texnikaviy, sport kabi
yoʻnalishlarda makgabdan tashqari davlat va nodavlat taʼlim muassasalarini tashkil etish nazarda
tutiladi.
Xalq taʼlimini boshqarishning markazlashgan, markazlashmagan va aralash turlari mavjud.
Markazlashgan boshqaruvda taʼlimtarbiya jarayonini boshqarish taʼlim vazirligi hamda uning
joylardagi organlari tomonidan amalga oshiriladi. Boshqaruvning bunday shakli Fransiya, Italiya,
Belgiya va Lotin Amerikasi mamlakatlarida yoʻlga qoʻyilgan. Bu mamlakatlarda davlat
maktablarning moddiy taʼminoti bilan shugullanadi, ularni dastur, darslik, metodik va oʻquv
qoʻllanmalar bilan taʼminlaydi, maʼlumoti toʻgʻrisidagi hujjatni olish uchun yagona talablarni
belgilaydi, oʻqituvchilarni tanlash hamda tayyorlash ishlari bilan shugʻullanadi. Markazlashmagan
boshqaruvda taʼlimni boshqarish joylardagi maʼmuriy organlar tomonidan amalga oshiriladi.
Maktablar taʼminoti aholi zimmasida boʻladi. Davlat tomonidan maʼlum vazifalar, baʼzi hollarda
qisman moliyaviy ehtiyojlarni qondirish ishlari amalga oshiriladi. Bunday tur Buyuk Britaniya,
Norvegiya, Shvetsiya va AQShda tashkil etilgan. Mas, AQShda har bir shtatning taʼlim boʻyicha oʻz
qonunlari mavjud. Boshqaruvning aralash turida taʼlimtarbiya jarayonining barcha ishlari markaziy
va mahalliy hokimiyat organlari hamkorligida amalga oshiriladi. Hindiston, Pokiston, Yangi
Zelandiya mamlakatlarida taʼlimni boshqaruv shu tarzda amalga oshiriladi.
Oʻzbekistonda Xalq taʼlimi tizimi va kadrlar tayyorlashning davlat va nodavlat taʼlim
muassasalarini tarkibiy jihatdan oʻzgartirish va ularni izchil rivojlantirish davlat yoʻli bilan
boshqariladi va markazlashgan holda demokratik tarzda olib boriladi. Barcha darajadagi taʼlim
boshkaruv organlarining vakolat doiralari OʻzRning "Taʼlim toʻgʻrisida"gi qonuni (1997)ga muvofiq
belgilanadi. Xalq taʼlimini moliyalash respublika va mahalliy byudjet mablagʻlari, shuningdek,
byudjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi. 2002/03 oʻquv yili boshida
Oʻzbekistonda 9799 umumiy taʼlim maktabi (6 mln. 329,1 ming oʻquvchi), kunduzgi umumiy taʼlim
maktablari negizida 288 litsey (88,9 ming oʻquvchi) va 103 gimnaziya (65,7 ming oʻquvchi), 141
maxsus oʻquv yurti (158,5 ming oʻquvchi), 62 oliy oʻquv yurti (232254 talaba) faoliyat koʻrsatdi
(yana q.
Umumiy oʻrta taʼlim maktabi
,
Savodlilik
,
Taʼlim
,
Taʼlimning milliy modeli
).
Ad. Karimov I. A., Barkamol avlod — Oʻzbekiston taraqqiyotining poydevori, T., 1997; Barkamol
avlod orzusi, T., 2000; Pedagogika, T., 1996; Oʻzbek pedagogikasi tarixi, T., 1997; Yoʻldoshev J. F.,
Taʼlimimizistiqloli yoʻlida, T., 1996; Oʻzbek pedagogikasi antologiyasi [Tuzuvchilar: K. Hoshimov, S.
Ochil], 1, 2j.lar, T., 1995, 1999.
Qunduzxon Husanboyeva.
"
https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Xalq_taʼlimi&oldid=2391324
"
Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
(2000-2005) maʼlumotlaridan
foydalanilgan.
Перейти на оригинал
Siz t e z k or yuklash uchun moslashtirilgan sahifadasiz
To‘liq versiya
·
Shikoyat qilish
Matndan litsenziya bo‘yicha foydalanish mumkin
Creative Commons Attribution-ShareAlike
Turbo-sahifa