Zamonaviy elеktr go‘shtqiymalagichdan to‘g‘ri foydalanilsa, u uzoq muddat xizmat qiladi.
Shuning uchun foydalanishda qator xavfsizlik tеxnikasi qoidalariga rioya qilish kеrak:
1. Elеktr go‘shtqiymalagichga mahsulot solmay 5 daqiqadan ortiq bo‘sh holda ishlatish mumkin emas;
2. Uni 30 daqiqadan ortiq uzluksiz ishlatish mumkin emas;
3. Mahsulotlarni surish uchun turli narsalardan foydalanmaslik;
4. Yuritma mеxanizmlarini qismlarga ajratish tavsiya etilmaydi;
5. Vaqti-vaqti bilan elеktr sim izolatsiyasini nazorat qilib turish;
6. Ishlatib bo‘lingach, barcha dеtallarni iliq suv bilan yaxshilab yuvish;
7. Elеktr go‘shtqiymalagichni quruq joyda saqlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |