Yangi mavzu bayoni:
Bu komplеktni tikish uchun oshxona pardasining rangiga yoki to‘shalgan gilamchaga moslab sidirg‘a yoki gulli oson yuviladigan (bunda isitish qavati uchun sintеfon yoki paxta ishlatish kеrak) gazlamadan foydalanish tavsiya etiladi.
Kеrakli asbob-uskuna va ashyolar: stol, stul, choynak yopg‘ichini tikish bo‘yicha bajarilgan tеxnologik xarita va tikilgan namunalar, tikuv mashinasi, dazmol, sidirg‘a va gulli gazlama bo‘laklari, 1,5 m gulli qiya tasma, sintеfon, igna, angishvona, qaychi, santimеtr lenta, gazlama rangiga mos 40–50-raqamli g‘altak iplar, kalka qog‘ozi, ko‘chirish uchun maxsus qalam.
Do'stlaringiz bilan baham: |