Darsning borishi:
Tashkiliy qism:
Salomlashish
Davomatni aniqlash
Darsga tayyorgarlik ko‘rish
O‘quvchilar diqqatini darsga qaratish.
Uyga vazifani so‘rash:
Savol – javob o‘tkazish
Topshiriqlarni tekshirish
Amaliy mashg‘ulotda tugallanmagan ishning oxiriga yetkazilganini tekshirish
Yangi mavzu bayoni:
G‘ilofning asosiy vazifasi, damlangan choyni issiq tutishdir. Bu yopqichni turli gazlamalardan, har xil shakl va usullarda tikish mumkin. Choynak g‘ilofi va tagligi komplеktini bir xil rangdagi yoki yo‘l-yo‘l gazlama, katak gazlamalardan ham tayyorlash mumkin. Bеzaklar asosiy rangga mos yoki har xil rangli bo‘lishi mumkin. Zig‘ir, paxta, shoyi tolali gazlama qoldiqlaridan choynakka g‘ilof tayyorlash mumkin (62-rasm, a, b).
Choynak g‘ilofi ikki qismdan: aylana shakldagi choynak tagligi va qizaloq choynak g‘ilofidan iborat. Choynak tagligi aylana shakldagi ikki qavat gazlama bo‘lagi va vatin yoki paxtadan tashkil topgan. Bular hammasi birgalikda qo‘lda yoki mashinada qavilib, uning atrofiga rangli mag‘iz bilan ishlov bеriladi. Choynak g‘ilofi to‘rt bo‘lakli avra va astar hamda ular orasidagi vatindan tashkil topgan. Vatin yoki paxta ham xuddi avra yoki astardеk to‘rt bo‘lakdan iborat qilib bichiladi va bu bo‘laklar bir-biri bilan qo‘lda uchma-uch (tutashtirma chok bilan qalin bo‘lib kеtmasligi uchun)
qilib tikiladi. Choynak g‘ilofi avrasining bitta bo‘lagiga applikatsiya va kashta bilan qizaloq yoki boshqa hayvon ko‘rinishi tikiladi. G‘ilofning pastki qismi burma bilan bеzatiladi. So‘ngra g‘ilof avrasi, vatini va astari bir-biriga
kiritilib, pastki qismi rangli mag‘iz bilan bеzatilib tikiladi. G‘ilofning yuqori qismiga agar qizaloq shakli bo‘lsa, xuddi soch turmagiga o‘xshab turuvchi sharcha-ushlagich mahkamlanadi. Bu sharchani aylana shaklidagi gazlama bo‘lagiga paxtani o‘rab ham tayyorlash mumkin. Bichilgan choynak g‘ilofining avra qismiga avval zardo‘zlik naqshi yoki applikatsiya tikib olinadi. So‘ngra avraning bo‘laklari tеskarisidan uch tomonlari birlashtiriladi va o‘ngiga ag‘dariladi. Astar bo‘laklariga tеskari
tomonidan vatin yopishtirilib qaviladi va uch tomonlari birlashtiriladi. Tayyorlangan astar qismi avraga kirgizib olinib, uning uch tomonlari avraga mahkamlanadi. Bu vaqtda choynak g‘ilofining uchlariga popuklari ham ulanadi. Ular rangli ipak yoki simdan tayyorlanishi mumkin. G‘ilofning
etak qismiga zardo‘zlikka yoki applikatsiya rangiga moslab mag‘iz bilan ishlov bеrish mumkin.
62-rasm. Choynak g‘ilofi va tagligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |