IV. Maktabdan tashqari ta’limni rivojlantirish va o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash
20.
|
Mahallalarda madaniy, sport va kitobxonlik tadbirlarini tashkil etish.
|
Mahalladagi yoshlar uchun yoshlar yetakchilari tomonidan maktablarda darsdan tashqari vaqtda musobaqa, konsert, kitobxonlik, “Zakovat” va boshqa intellektual o‘yinlar tashkil etish.
|
Yil davomida
|
Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi
(Mamatov),
Xalq ta’limi vazirligi
(Saidov),
Madaniyat vazirligi
(Nazarbekov),
Yoshlar ishlari agentligi
(Sa’dullayev)
|
21.
|
Maktablarda besh tashabbus doirasida to‘garaklar tashkil etish.
|
1. Mavjud bolalar-o‘smirlar sport maktablarini ular joylashgan hududdagi maktablarga biriktirish hamda kamida 1 ta sport to‘garagi faoliyatini yo‘lga qo‘yish.
|
2022-yil 1-mart
|
Sportni rivojlantirish vazirligi
(Ikramov),
Madaniyat vazirligi
(Nazarbekov),
Xalq ta’limi vazirligi
(Saidov),
Yoshlar ishlari agentligi
(Sa’dullayev),
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman va shahar hokimliklari
|
2. Umumiy o‘rta ta’lim tizimida sport va jismoniy tarbiyani yanada rivojlantirishga doir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini ishlab chiqish.
|
2022-yil 1-mart
|
Bunda:
bolalar va o‘smirlar sport maktablari metodistlari tomonidan umumiy o‘rta ta’lim maktablarining jismoniy tarbiya o‘qituvchilariga metodik yordam ko‘rsatish;
har bir maktabda futbol, basketbol, voleybol, gandbol va boshqa jamoaviy o‘yin turlari bo‘yicha jamoalar tuzish hamda muntazam ravishda maktab jamoalari o‘rtasida musobaqalar o‘tkazish;
sport musobaqalari bo‘yicha tuman va viloyat bosqichi g‘oliblari uchun hokim sovrinini ta’sis etish;
maktablarni zarur sport anjomlari bilan ta’minlashni nazarda tutish.
3. Maktablarda, ularning joylashgan hududi hamda o‘quvchilarning qiziqishlariga qarab baxshichilik, maqom, estrada, teatr, rassomchilik yo‘nalishlarida to‘garaklar va badiiy havaskorlik jamoalarini tashkil etish.
|
2022-yil 1-iyun
|
22.
|
Maktab o‘quvchilarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalash.
|
1. Har bir harbiy okrugning 2022-yilga mo‘ljallangan maktab o‘quvchilarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish.
2. Maktab o‘quvchilari uchun poligonlarda harbiy dala mashg‘ulotlarini o‘tkazish hamda ularni chavandozlar maktabiga jalb qilish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.
3. Ijtimoiy-ma’naviy muhiti sog‘lom bo‘lmagan, tarbiyasi og‘ir o‘quvchilarga harbiy ta’lim muassasalari, “Temurbeklar maktablari”, harbiy qism ofitser va serjantlarini yakka tartibda biriktirish.
|
2022-yil 1-mart
|
Mudofaa vazirligi
(Qarshiyev),
Milliy gvardiya
(Jo‘rayev),
Xalq ta’limi vazirligi
(Saidov),
Ichki ishlar vazirligi
(Bobojonov),
Favqulodda vaziyatlar vazirligi
(Qo‘ldoshev),
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman va shahar hokimliklari
|
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-apreldagi PF-98-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.04.2022-y., 06/22/98/0279-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 3-fevraldagi F-22-son farmoyishiga
5-ILOVA
Xalq ta’limi tizimini isloh qilish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosini samarali tashkil etish va ularni muvofiqlashtirib borish yuzasidan respublika shtabi a’zolarining hududlarni o‘rganish
REJA JADVALI
Do'stlaringiz bilan baham: |