TIMSS (Trends in International Mathematics and Science Study)— maktabda matematika va tabiiy fanlarni o‘qitish sifatining xalqaro monitoringi bo‘lib, Ta’lim yutuqlarini baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA) tomonidan tashkil etiladi. Ushbu tadqiqot turli davlatlardagi 4-va 8-sinfo‘quvchilarining matematika va tabiiy fanlar bo‘yicha egallagan bilim darajasi va sifatini solishtirish hamda milliy ta’lim tizimidagi farqlarni aniqlashga yordam beradi. Qo‘shimcha ravishda maktablarda matematika va tabiiy fanlarbo‘yicha berilayotgan ta’lim mazmuni, o‘quv jarayoni, o‘quv muassasasi imkoniyati, o‘qituvchilar salohiyati, o‘quvchilarning oilalari bilan bog‘liq omillar o‘rganiladi. Ushbu ma’lumotlar belgilangan fanlarni o‘zlashtirish holatini ko‘rsatishda asos bo‘ladi. Tadqiqot to‘rt yilda bir marta dunyoning ko‘plab ilmiy-tadqiqot markazlari va tashkilotlari, xususan, AQSHning Ta’lim sohasidagi test xizmatlari (ETS-Educational Testing Services), Kanadaning statistik markazi (Statistic Canada), Ta’lim yutuqlarini baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA)ning Sekretariati ishtirokida o‘tkaziladi. Shuningdek, turli davlat mutaxassislaridan iborat maslahat qo‘mitalari tashkil tiladi. Xalqaro monitoring sari ilk qadam Mamlakatimizda ham TIMSS xalqaro monitoring tadqiqotiga bosqichma-bosqich qadam qo‘yilmoqda. Xalq ta’limi vazirligi tomonidan o‘tkazilayotgan tashqi monitoring jarayonida ushbu xalqaro baholash materiallaridan qisman foydalanish orqali o‘quvchilar xalqaro talab darajasiga o‘rgatib borilmoqda. Joriy yilning may oyida Xalq ta’limi vazirligi va YUNISЕFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida “O‘quvchilarning muvaffaqiyatli o‘zlashtirishiga salbiy ta’sir etuvchi omillarni aniqlash” mavzusida tadqiqot o‘tkazildi. Unda respublika bo‘yicha tanlab olingan 255 ta maktabda tahsil olayotgan 4-sinf o‘quvchilarining matematika, o‘qish va tabiatshunoslik fanidan bilimi tajriba tariqasida sinovdan o‘tkazildi. Monitoring uchun TIMSS tadqiqoti materiallari mazmuni, talabidan kelib chiqib, test savollari tayyorlandi. Test sinovi materiallari YUNISЕF tashkiloti bilan hamkorlikda umumlashtirilib, tahlil qilinmoqda. Shuningdek, vazirlik YUNISЕF bilan hamkorlikda PISA talabi asosida umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlarini takomillashtirish ustida ham ishlamoqda. Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi 187-sonli qarori bilan tasdiqlangan DTS, o‘quv reja va o‘quv dasturlari (birinchi navbatda, matematika, fizika, biologiya, ona tili va adabiyot) xalqaro ekspertlar tomonidan ko‘rib chiqilib, xulosa va tavsiyalar olinmoqda. Oldimizdagi dolzarb vazifalar Xalqaro miqyosdagi test sinovlaridan o‘tayotgan o‘g‘il-qizlarimiz shu talabga javob beradigan bilim, malaka, ko‘nikmani egallagan va ularda shungamuvofiq kompetensiya shakllangan bo‘lishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |