Xalq ta’limi pedagog xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutlari tinglovсhilarining malaka oshirganlik to’g‘risidagi diplom va sertifikatlarini ro‘yxatga olish tizimidan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma



Download 1,73 Mb.
Sana11.02.2017
Hajmi1,73 Mb.
#2338
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi

Multimedia umumta’lim dasturlarini rivojlantirish markazi





Xalq ta’limi pedagog xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutlari tinglovсhilarining malaka oshirganlik to’g‘risidagi diplom va sertifikatlarini ro‘yxatga olish tizimidan foydalanish bo‘yicha

YO‘RIQNOMA

Toshkent – 2013



Xalq ta’limi pedagog xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutlari tinglovchilarining malaka oshirganlik to’g’risidagi diplom va sertifikatlarini ro’yxatga olish tizimidan foydalanish bo’yicha
YO’RIQNOMA
Tizimga kirish ushun internetga ulangan kompyuterning internet brauzeridan http://malaka.uzedu.uz domen orqali kiriladi.

1 – rasm. Tizimga kirish qismi.



2 – rasm. Tinglovchilar haqida statistik ma’lumotlar.

Tizim sahifasining yuqori o’ng burchagidan foydalanuvchining ism sharifi, uning roli va tizimdan chiqish yo’li joy olgan. Asosiy bannerning chap tomonida O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi emblemasi, markazida tizimning to’liq nomi va o’ng tomonda Mul’timedia umumta’lim dasturlarini rivojlantirish markazi emblemasi joy olgan. Tizimning asosiy menyusi “Bosh sahifa”, “Malaka oshirish”, “Qayta tayyorlash”, “Sertifikat”, “Diplom” , “Qidiruv” , “Buyruqlar” , “Ma’lumotnoma” , “Foydalanuvchi” , “Sozlash” bo’limlaridan tashkil topgan.

Tizimdan foydalanishni ko’rsatishni “Foydalanuvshilar” bo’limidan boshlaymiz.

Foydalanuvshilar” bo’limi.

Bu bo’limga kirishni asosiy menyudagi “Foydalanuvchilar”ni sishqonshaning chap tugmasini bir marta bosish orqali amalga oсhiramiz.

Qaysi MOI uсhun foydalanuvshi yaratmoqshi bo’lsak sahifaning chap tomonidagi tuzilmadan shu organ yozuvi ustida sichqonchaning chap tugmasini ikki marta bosamiz. Masalan “Toshkent shahar PKQTMOI” uсhun foydalanuvshi yaratamiz(3 – rasm).

3 – rasm. “Foydalanuvchilar” sahifasi.

Yangi foydalanuvchi qo’shish uchun “Yangi ma’lumot qo’shish” tugmasini bosamiz va 4 – rasmda keltirilgan sahifadagi maydonlarni to’ldirib “Saqlash” tugmasini bosamiz. Loginni yagonaligini login yozib bo’lganinggizdan so’ng tizimning o’zi tekshiradi. Agar yozilgan login mavjud bo’lsa bu haqida xabar beradi. Agar foydalanuvchi statusini passiv deb belgilasak bu foydalanuvсhi o’z loginidan foydalana olmaydi. Yaratilgan foydalanuvchi ma’lumotlarini o’zgartirishda login va parolidan boshqa barсha ma’lumotlarni o’zgartirish mumkin. Parolni o’zgartirish ushun faqat shu foydalanuvchiga imkoniyati berilgan.

4 – rasm. Yangi foydalanuvchi qo’shish sahifasi.

Ma’lumotnoma” bo’limi.

Ushbu bo’limda tizimdan foydalanish uсhun zarur bo’lgan ma’lumotlar tahrirlanadi. Barcha uсhun umumiy bo’lgan ma’lumotlar tizim administratori tomonidan kiritilib qo’yilgan bo’ladi. Masalan: viloyat va tumanlar, malaka toifasi va h. MOI xodimlari esa faqat shu MOIga tegishli ma’lumotlarni kiritadi. (5-9 – rasm).


5 – rasm. O’quv rejalari jadvali sahifasi.


6 – rasm. O’quv rejasida o’tiladigan fanlar jadvali sahifasi.


7 – rasm. Buyruqlar jadvali sahifasi.



8 – rasm. MOI rahbarlari jadvali sahifasi.


Ushbu jadvalga MOI rektorlari kiritiladi. Jadvalgagi ma’lumotlardan faqat bittasi asosiy bo’lib turushi kerak. Agar rektor almashadigan bo’lsa yangi tayinlangan rektor “Yangi ma’lumot qo’shish” tugmasi orqali qo’shiladi, ishdan bo’shagan rektor ma’lumotlari o’zgartiriladi, y’ani bo’shagan vaqti kiritiladi va asosiy emasligi haqidagi ma’lumot tanlanib saqlanadi.

9 – rasm. MOI rekvizitlari sahifasi.

Sozlash” bo’limi

Ushbu bo’limda har bir foydalanuvсhi o’z ma’lumotlarini o’zgartirishi mumkin. (10 – rasm).


10 – rasm. Sozlash sahifasi.


Malaka oshirish” bo’limi

Bosh menyudagi “Malaka oshirish” bo’limiga kiriladi. Bu yerdan malaka oshirishga kelgan tinglovchilar ma’lumotlari kiritiladi(11 – rasm).



11 – rasm. Malaka oshiradigan tinchlovchilar jadvali.

Yangi tinglovchini qo’shish uchun “Yangi ma’lumot qo’shish” tugmasi bosiladi. (12 – rasm).

12 – rasm. Malaka oshiradigan tinchlovchi ma’lumotlarini kiritish.

Tinglovchilarning fanlardan olgan baholari yoki qayta tayyorlovdan o’tganligi haqidagi ma’lumotlarni kiritish uchun har bor tinglovchi satri boshidagi “+” belgisi bosilib 13 – rasmda kursatilgan sahifa ochiladi va shu sahifa orqali ma’lumotlar kiritiladi.

13 – rasm. O’quv rejasida o’tgan fanlari va olgan baholari sahifasi.

Kiritilgan tinglovchilarning ma’lumotlarini tasdiqlashga yuborish uchun 11 – rasmda keltirilgan jadvaldan “B*” ustundan kerakli tinglovchilar ro’yxatini belgilab “Buyruq” lar ro’yxatidan kirish buyrug’i tanlanadi va “Tasdiqlashga yuborish” tugmasi bosiladi. Buyruqlar ruyxati 7 – rasmda kursatilgan sahifada kiritilgan va tasdiqlanmagan kirish buyruqlari asosida shakllangan bo’ladi. Barcha tinglovchilarni buyruq asosida tasdiqlashga yuborgandan so’ng bosh menyudagi “Buyruqlar” bo’limidan kerakli buyruq tasdiqlangach vazirlik xodimlari tinglovchilar jadvalini tasdiqlash uchun yuboriladi.

Buyruqlar” bo’limi.

Ushbu bo’limda buyruqlarni ko’rish va ularni tasdiqlash jarayonlari amalga oshiriladi(14 – rasm).

14 – rasm. Buyruqlarni ko’rish va ularni tasdiqlash sahifasi.

Buyruqni tasdiqlash uchun 14 – rasmda keltirilgan “Kurush” ustunidagi tugma bosiladi va ochilgan sahifadagi “Tasdiqlash” tugmasini bosish orqali bu buyruq tasdiqlanib buyruqqa biriktirilgan tinglovchilar vazirlik xodimlari tomonidan tasdiqdan o’tish uchun yuboriladi.

Eslatma: Buyruq tasdiqlangandan keyin bu buyruq asosida boshqa tinglovchi yuborib bulmaydi. Shuning uchun shu buyruq asosida qabul qilingan barcha tinglovchilarni tasdiqlashga yuborgandan so’ng buyruqni tasdiqlash lozim bo’ladi.

Qayta tayorlash” bo’limi.

Qayta tayyorlash bo’limini tahrirlash jarayoni ham malaka oshirish bo’limi kabi olib boriladi.

Tasdiqlashga yuborishdan boshlab diplom olish jarayonigacha “Qayta tayyorlash” bo’limi orqali tushuntiramiz. “Malaka oshirish” bo’limida ham bu jarayon bir xil buladi.

Demak, qayta tayyorlanishga kelgan tinglovchilarning ma’lumotlarini vazirlikka tasdiqlashga yuborish uchun 15 – rasmda keltirilgan jadvaldan “B*” ustundan kerakli tinglovchilar ro’yxatini belgilab “Buyruq” lar ro’yxatidan kirish buyrug’i tanlanadi va “Tasdiqlashga yuborish” tugmasi bosiladi.



15 – rasm. Qayta tayyorlanayotgan tinglovchilar jadvali.


Eslatma. Ma’lum buyruq asosida qabul qilingan barcha tinglovchilar tizimga kiritilgach, kiritilgan tinglovchilarni shu buyruq asosida tasdiqlashga yuborib so’ngra ushbu buyruqni “Buyruqlar” bo’limida ko’rsatilgani kabi tasdiqlash lozim. Agarda ma’lum buyruq asosida qabul qilingan barcha tinglovchilarni kiritmasdan bu buyruq tasdiqlansa qolgan tinglovchilarni bu buyruq asosida tasdiqlashga yuborib bo’lmaydi. Agar buyruq tasdiqlanmasa vazirlik xodimlariga siz tasdiqlashga yuborilgan tinglovchilar ko’rinmaydi.

Kiritilgan tinglovchilarni tasdiqlashga yuborganizdan so’ng vazirlik mas’ul xodimi bu tinglovchilarni tasdiqlashi yoki tasdiqdan o’tkazmasligi mumkin. Tasdiqlangan tinglovchilar 15 – rasmda keltirilgan sahifadagi “Tasdiqlanganlar” bo’limiga, tasdiqdan o’tmaganlar esa “Tasdiqdan o’tmaganlar” bo’limiga yuboriladi. Barcha tinglovchilar diplom olmagunga qadar 15 – rasmda keltirilgan safifadagi “Tinglovchilar” bo’limida mavjud bo’lib, ularning ma’lumotlarini tasdiqlashga yuborguncha o’zgartirish imkoniyati mavjud bo’ladi. Tasdiqlashga yuborgandan so’ng faqatgina o‘qigan fanlardan olgan baholari(va malaka oshirayotgan tinglovchilar uchun avval qayta tayyorlavdan o’tganligi to’g’risidagi ma’lumot)ni kiritish imkoniyati mavjud bo’ladi.

Tasdiqlangan tinglovchilar o’qishni tugatgach ularni diplom olish yoki safdan chiqarish haqidagi buyruqlar asosida diplom olish uchun vazirlik mas’ul xodimiga buyurtma berish yoki safdan chiqarishi mumkin bo’ladi. Bu jarayon faqatgina tasdiqlangan tinglovchilar ustida bajariladi.

Malaka oshirish jarayoni ham yuqorida ko’rsatilgan jarayonlar bilan bir xil. Malaka oshirish va qayta tayyorlash bo’limlarining farqi tinglovchilarni asosiy ma’lumotlaridadir. Yani tinglovchining ma’lumotlarini kiritishda kiritilayotgan ma’lumotlar bir biridan farq qiladi xalos. Qolgan barcha jarayonlar bir xil amalgam oshiriladi.

Qidiruv” bo’limi

16 – rasm. Qidiruv sahifasi.



Bu sahifada Toshkent shahar pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida ingliz tili fanidan dars berish uchun Toshkent shahar Mirobod tumani muassasalarida ishlovchi ayol tinglovchilar jadvali keltirilgan.
Download 1,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish