Rivojlantiruvchi:O`quvchilarning mavzuga oid bilim, ko`nikma , malakalarini rivojlantirish, matn bilan ishlash orqali fikrlash qobiliyatlarini, og`zaki nutqini o`stirish. FK1:O‘zbekistonda yashayotgan millatlar va elatlar haqida ma’lumot bera olish
Dars turi: Yangi bilim beruvchi
Dars usuli: Suhbat, tushuntirish, savol-javob, kichik guruhlarda ishlash.
Dars jihozi: Darslik, taxta, bo`r, mavzuga oid rasmlar, tarqatmalar, texnik vositalar.
Darsning borishi.
T/R
|
Bo’limlar
|
Vaqti
|
1
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2
|
O`tgan mavzuni mustahkamlash
|
5 daqiqa
|
3
|
Yangi mavzu bayoni
|
15 daqiqa
|
4
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
10 daqiqa
|
5
|
O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash.
|
10 daqiqa
|
6
|
Uyga vazifa
|
2 daqiqa
|
Jami
|
45 daqiqa
|
I. Tashkiliy qism:Salomlashish, navbatchi axboroti, sinf va o`quvchilarning darsga tayyorgarligi tekshiriladi, o`quvchilar ehtiyojlari aniqlanadi.
II. O`tilgan mavzuni mustahkamlash. O`tilgan mavzu yuzasidan suhbat, savol-javob o`tkaziladi. O`tilgan mavzuga oid savol va topshiriqlar yozilgan kartochkalar tarqatiladi. O`quvchilar topshiriqlarni bajarib, o`tilgan mazuni qismlarga bo`lib gapirishadi, xulosa chiqarishadi, o`qituvchi tomonidan umumlashtiriladi.
1. Hikoyaga nom qo‘ying.
2. Sizga qaysi fan ko‘proq yoqadi?
3. Siz qaysi fanlardan bilimdonlar musobaqasida ishtirok etishni xohlar edingiz?
4. Bilimdonlar musobaqasida yutuqqa erishish uchun nimalarqilish kerak?
5. Ota-ona va ustozlarning ishonchini oqlash uchun qandayharakat qilish kerak? Ishonchni oqlash o‘zi nima?
6. Sizning imkoniyatlaringiz hammada ham yo‘q. Bu imkoniyatlardan qanday foydalana olayotganingizni o‘ylab ko‘ring.
III. Yangi mavzu bayoni.1. Texnologiya fanidan olgan bilimlaringizga tayanib, o‘z
qo‘llaringiz bilan biror narsa yasang yoki rasm chizing.
2. Sinfdoshlaringiz bilan kelishib 6 ta oq qog‘ozga o‘quvchilarsoniga teng katakchalar chizing va katakchalarning har biriga1000 so‘m deb yozib chiqing. Katakchalarni qaychida kesiboling, har bir sinfdoshingizga 5 tadan tarqating.
3.Sinfngiz bankini tashkilqiling va qolgan pullarni bankkaqo‘ying.
4. Sinfdoshlaringiz bilan yarmarka tashkil qiling. Biror-bir mahsulotga pulingiz yetmasa, bankbilan shartnoma tuzib ko‘ring.
5. Har biringiz o‘z mahsulotingizga narx qo‘ying va unireklama orqali soting.
6. Xizmat ko‘rsatish shoxobchalarini ham tashkil qilib ko‘ring
Qandolat fabrikasini tashkil qilish orzusi bolaligimdan boshlangan.Shirinliklar jon-u dilim edi. Do‘konlar peshtaxtasida chiroyli qilibterib qo‘yilgan shirinliklarni ko‘rsam, ko‘zim quvnab ketar edi.Buvimdan shirinliklar olib berishlarini so‘rardim.
Ular bilanbirgalikda shirinliklar sotib olish uchun do‘konga borar edikU vaqtlarda to‘rt-besh xilturdagi shirinliklar ishlab chiqarilar edi. «Katta bo‘lsam, sifatliva har xil shirinliklar ishlabchiqaraman, men kabi bolalarda tanlash imkoniyati ko‘proqbo‘lsin va bizning shirinliklarni hamma maqtab-maqtabyesin», deb orzu qilganman.Yillar o‘tdi. Bolalikdagi orzularimni amalga oshirish uchuntinmay harakat qildim. Nihoyat,2017-yilda maqsadimga erishdim.Toshkent shahrida «O‘zbek qandolati» brendi ostida qandolatchilik fabrikasini tashkil qildik. Kattamaydonda qurilgan fabrikada jahonning engmashhur korxonalarining ishlab chiqarishuskunalari o‘rnatildi. Hozirda fabrikada 256xil qandolat mahsulotlari ishlab chiqariladi.Aziz bolajonlar! Men o‘z oldimgaqo‘ygan maqsadimga erishish
uchun tinmay mehnat qildim. Sizham faqat olg‘a harakat qilsangiz,orzularingizga, albatta, erishasiz.Barchangizni fabrika bo‘ylab virtual sayohatga taklif qilaman!
Аzizxon Amilov
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.O`tilgan mavzu mustahkamlanadi
1. Nima uchun narxlarni bunday belgilaganingizni asoslashga harakat qiling.
2. Mahsulotni ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, sotish yoki sotib olishning qaysi biri eng oson ish deb o‘ylaysiz?
3. Sotuvdan qancha foyda ko‘rdingiz?
4. Quyidagi jadvalni to‘ldiring.
1) Qaysi mahsulot yaxshi sotildi?
2) Mahsulot sotish uchun qanday qoidalarga amal qilish kerak?
3) Qanday mahsulotni sotib olasiz?
4) Xizmat ko‘rsatishning qaysi turidan foydalandingiz?
Odobli, bilimdon, mehnatsevar, iymon-e’tiqodli farzand nafaqat ota-onaning, balki butun jamiyatning eng katta boyligidir.
V. O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash.
O`quvchilar darsdagi ishtirokiga ko`ra baholanadi. Rag`bat kartochkalari orqali baholanadi. Guruhlar ham umumiy rag`batlantirilib boriladi.
VI. Uyga vazifa Uyga mazifa bugungi mavzuni o`qib kelish, qayta hikoyalashga tayyorlanish, xulasa chiqarish.
O`IBDO`:________________________________
Do'stlaringiz bilan baham: |