Xalq rivoyat va xikmatlari vositasida maktabgacha katta yoshdagi bolalarda axloqiy milliy qadryatlarni shakllantirish



Download 0,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/17
Sana31.12.2021
Hajmi0,62 Mb.
#218420
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
xalq rivoyat va xikmatlari vositasida maktabgacha katta yoshdagi bolalarda axloqiy-milliy qadryatlarni shakllantirish (1)

       Mavzuning 

dolzarbligi. 

O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Shavkat 

Mirziyoyev  raisligida  2017-yil  19-oktabr  kuni  maktabgacha  ta’lim  tizimini  tubdan 

takomillashtirish masalalariga bag’ishlangan yig’ilish o’tkazildi. 

Unda  O’zbekiston  Respublikasi  bosh  vaziri,  Prezidentning  Davlat  maslahatchilari, 

tegishli  vazirlik  va  idora  raxbarlari  ishtirok  etdi.  Mamlakatda  milliy  genofondni 

mustahkamlash,  yosh  avlidni  yetuk  kadrlar  etib  tarbiyalash  masalalariga  doimiy 

e’tibor  qaratib  kelinmoqda.  2017-yil  16-avgust  kuni  bo’lib  o’tgan  yig’ilishda  ta’lim 

tizimini rivojlantirishning ko’plab yo’nalishlari belgilab berildi.  

Xususan,  maktabgacha  ta’lim  tizimini  tarkibiy  jihatdan  tubdan  isloh  qilish, 

mazkur  muassasalarga  bolalarni  to’la  qamrab  olish  bo’yicha  muhim  vazifalar 

qo’yilgan edi. 

Prezidentning joriy yil 30-sentabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini 

tubdan  takomillashtirish  chora-tadbirlari  to’g’risida”gi  farmoni  hamda  “O’zbekiston 

Respublikasi  Maktabgacha  ta’lim  vazirligi  faoliyatini  tashkil  etish  to’g’risida”gi 

qaroriga muvofiq bu sohada yangi tizim yaratildi. 

Yangi  vazirlik  oldiga  maktabgacha  ta’lim  sohasida  yagona  davlat  siyosatini 

ishlab  chiqish  va  amalga  oshirish,  maktabgacha  ta’lim  muassasalari  davlat  va 

nodavlat  tarmog’ni  kengaytirish  va  moddiy  texnik  bazasini  mustahkamlash,  ularni 

malakali  pedagog  kadrlar  bilan  ta’minlash,  maktabgacha  ta’lim  muassasalariga 

bolalarni  qamrab  olishni  keskin  oshirish,  ta’lim-  tarbiya    jarayonlariga  zamonaviy 

ta’lim  dasturlari  va  texnologiyalarini  tatbiq  etish  orqali  bolalarni  har  tomonlama 

intellektual,  manaviy-estetik,  jismoniy  rivojlantirish  hamda  ularni  maktabga 

tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash vazifalari qo’yildi. 

Yig’ilishda shu borada amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. 

Hayotimizda  hal  qiluvchi  ahamiyatga  ega  bo’lgan  ta’lim-tarbiya  tizimi  haqida 

gapirganda,  Abdulla  Avloniy  bobomizning  dono  fikirlarini  takror  va  takror  aytishga 

to’g’ri  keladi:  ta’lim-tarbiya  –  biz  uchun  hayot-mamot  masalasidir,  dedi  president.  




 

Qaysi sohani olmaylik, biz zamonaviy yetuk kadrlarni tarbiyalamasdan turib biron-bir 



o’zgarishga, farovon hayotga erisha olmaymiz. Bunday kadrlarni, millatning sog’lom 

genofondini tayyorlash, avvalo, maktabgacha ta’lim tizimidan boshlanadi. 

Maktabgacha  ta’lim  tizimi  uzluksiz  ta’limning  birlamchi,  eng  asosiy  bo’g’ini 

hisoblanadi.  Mutaxassis  va  pedagoglarning  ilmiy  xulosalariga  ko’ra,  inson  o’z  umri 

davomida oladigan barcha axborot va ma’lumotning 70 foizini 5 yoshgacha bo’lgan 

davrda oladi. Ana shu dalilning o’zi bolalarimizning yetuk va barkamol shaxs bo’lib 

voyaga  yetishida  bog’cha  tarbiyasi  qanchalik  katta  ahamiyatga  ega  ekanini  yaqqol 

ko’rsatib turibdi. 

Bunga  qo’shimcha  isbot  qidirib  uzoqqa  borishning  hojati  yo’q.  Maktabgacha 

ta`lim  muassasasi  tarbiyasini  olgan  bola  bilan  maktabgacha  ta`lim  muassasasiga 

bormagan bolani solishtirgan, ularning fikirlash darajasi o’rtasida yer bilan osmoncha 

farq borligini sezish qiyin emas. 

Shuning  uchun  ham  biz  maktabgacha  ta’lim  tizimini  qayta  ko’rib  chiqish 

masalasini davlat siyosati darajasiga ko’tarib, bu borada katta ishlarni boshladik. Agar 

shu ishni har tomonlama puxta o’ylab amalga oshirmasak, butun ta’lim tizimida sifat 

o’zgarishiga erishishimiz, ta’limning uzluksizligini ta’minlashimiz qiyin bo’ladi, deya 

ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev. 

Bugungi  kunda  maktabgacha  ta’lim  muassasalari  tarmog’ini  kengaytirish, 

ularning  moddiy  texnik  –bazasini  mustahkamlash,  yangi  bog’chalar  qurish  bo’yicha 

davlat  dasturi  qabul  qilinib,  amalga  oshirilmoqda.  Rivojlangan  davlatlar  tajribasi 

hisobga  olinib,  nodavlat  ta’lim  muassasalari,  jumladan,  nodavlat  bog’chalar 

tarmog’ini kengaytirishga ham katta ahamiyat qaratilmoqda. Bu esa tizimda sog’lom 

raqobatni shakllantirish hamda ta’lim xizmatlari turini ko’paytirishga xizmat qiladi.  

Maktabgacha  ta’lim  sohasiga  ixtisoslashgan  kadrlar  tayyorlash  masalasiga  alohida 

e’tibor  qaratildi.  Biz  qabul  qilayotgan  barcha-barcha  qarorlarni  amalga  oshiradigan, 

farzandlarimizga  bilim  asoslarini,  eng  zarur  hayotiy  tushuncha  va  ko’nikmalarni 




 

o’rgatadiganlar  yuqori  malakali  tarbiyachi  va  murabbiylardir,  deya  takidladi 



yig’ilishda. 

Bu  sohada  zamonaviy  talablarga  javob  beradigan  ilg’or  pedagogik  usul  va 

uslublarni  ishlab  chiqish,  o’quv  va  o’quv  metodik  adabiyotlarning  yangi  avlodni 

yaratish va nashr etish ham g’oyat dolzarb vazifadir. 

Yana bir muhim masala-bu maktabgacha ta’lim muassasalarida malakali tibbiy 

xizmatni  tashkil  etish,  sanitariya  meyorlari  va  gigiyena  qoidalariga  to’la  javob 

beradigan sog’lom ovqatlanish tizimini yo’lga qo’yish zarur. 

Yig’lishda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Maktabgacha ta’lim 

vazirligi,  Xalq  ta’limi  vazirligi,  Moliya  vazirligi,  Qoraqalpog’iston  Respublikasi 

Vazirlar  Kengashi,  viloyatlar  va  Toshkent  shahar  hokimliklari  va  boshqa  tegishli 

idoralarga  har  bir  masala  yuzasidan  aniq  muddatlari  ko’rsatilgan  holda  muhim 

topshiriq va vazifalar berildi. 

Qoraqalpog’iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, Toshkent shahar, 

viloyatlar  maktabgacha  ta’lim  boshqarmalari  hamda  tumanlar  (shaharlar) 

maktabgacha ta’lim bo’limllarini binolar va yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlash 

zarurligi qayd etildi. 

Ilg’or xorijiy tajribalar asosida maktabgacha ta’lim tizimidagi pedagog kadrlar 

malakasini  oshirish  bo’yicha  o’quv-reja  va  dasturlarni  takomillashtirish,  oliy  ta’lim 

muassasalari maxsus sirtqi bo’limlarining “Makatabgacha ta’lim” yo’nalishi bo’yicha 

2018-2023 yillar uchun kvotalar ajratish masalasiga e’tibor qaratildi. 

Yagona  interaktiv  davlat  xizmatlari  portalida  “Bolalarni  davlat  maktabgacha 

ta’lim  muassasalariga  qabul  qilish  va  navbatga  qo’yish  bo’yicha  elektron  dastur”ni 

joriy  etish  bo’yicha  topshiriq  berildi.  Shuningdek,  davlat  maktabgacha  ta’lim 

muassasalarining  axborot-kommunikatsiya  vositalari  bilan  ta’minlash  va  internet 

tarmog’iga ulash bo’yicha chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqiladi. 

Maktabgacha 

ta’lim 

muassasalariga 

shifokorlar 

ajratish, 

tibbiyot 

hamshiralarining  malakasini  oshirish,  tez  tibbiy  yordam  ko’rsatish  uchun  dori 




 

darmon, 



sanitariya-gigiyena 

vositalari  bilan  to’liq  taminlash,  bolalarning 

ovqatlanishini belgilangan me’yorlar darajasida tashkil etish zarurligi ta’kidlandi. 

 Maktabgacha  ta’lim  muassasalariga  mo’ljallangan  o’quv-metodik  va  didaktik 

adabiyotlarni  nashr  etishga  doir  standartlarni  qayta  ko’rib  chiqish  va  tasdiqlash 

masalasiga  ham  e’tibor  qaratildi.Bir  so’z  bilan  aytganda,  biz  maktabgacha  ta’lim 

sohasida  har  jihatdan  zamonaviy  tizim  yaratishimiz  kerak,  dedi  davlat  rahbbari. 

Kelgusi 3-4 yilda 5-6 yoshdagi barcha bolalarni maktabgacha ta’limga to’liq qamrab 

olishga  erishmog’imiz  shart.  Bu  ertangi  kunimizni  hal  qiladigan  masala  va  biz  buni 

albatta amalga oshiramiz.  

Yig’ilishda  soha  oldida  turgan  dolzarb  vazifalar  belgilab  berildi.  Shu  asosda 

Maktabgacha  katta  yoshdagi  bolalarda  xalq  rivoyat  va  hikmatlari  vositasida  axloqiy 

milliy qadryatlarni shakllantirish va shu bilan birga ularni rivoyat va hikmatlardan shu 

yoshdagi  bolalar  o’zlariga  kerakli  bo’lgan  bilim  malaka  va  ko’nikmalarini 

shakllantirishni  tarbiyachilarga  o’rgatib  borishimiz  lozimdir.Bolalarni  ma’naviy-

axloqiy 


tarbiyalashda 

milliy 


qadriyatlardan 

foydalanish 

bizning 

milliy 


pedagogikamizda  azaldan  mavjud  bo‘lgan  va  turli  davrlarda  u  o‘ziga  xos  ko‘rinish 

hamda  mazmun-mohiyatiga  ega  bo‘lgan.  Bu  tarbiya  sohasi  o‘zining  turli-tumanligi 

jihatdan  qadriyatlar  yo‘nalishlari  bilan  bog‘liq  bo‘lib,  uning  bolalar  dunyoqarashi 

hamda ruhiyatiga ta’sir etib, ma’lum bir ko‘nikmalar hosil qilishi juda bir murakkab 

jarayondir.  Ushbu  murakkab  jarayon  qadriyatlarning  yuzaga  kelish  asoslari  bilan 

bog‘liqdir.  

 Qadriyatlar  inson  uchun  ahamiyatli  bo‘lgan  millat  manfaatlari  yo‘lida  xizmat 

qiladigan  erkinlik,  ijtimoiy  adolat,  tenglik,  haqiqat,  ma’rifat,  go‘zallik,  yaxshilik, 

halollik,  burchga  sodiqlik  singari  fazilatlarni  o‘zida  mujassamlashtiradi.  Qadriyatlar 

o‘zining  mazmun-mohiyatiga  ko‘ra  bir  necha  turlarga  bo‘linadi.  Bular:tabiiy 

qadriyatlar (yashash uchun zarur bo’lgan tabiiy shart-sharoitlar); iqtisodiy qadriyatlar 

(ishlab chiqarish kuchlari va vositalari); ijtimoiy-siyosiy qadriyatlar (erkinlik, tenglik, 

adolat,  tinchlik,  xamkorlik);  ilmiy  qadriyatlar  (bilimlar,  tajribalar,  yutuqlar);  falsafiy 



 

qadriyatlar (g‘oyalar, mafkuralar, konsepsiyalar); badiiy qadriyatlar (san’at, adabiyot, 



madaniyat); diniy qadriyatlar (iymon, e’tiqod, vijdon, savob) kabi qadriyatlarni qayd 

etish  mumkin  bo‘ladi.  Shu  bilan  birga  fanda  qadriyatlarning  milliy  va  umuminsoniy 

turlarga ajratilishi an’ana tusiga kirgan. 

  

 Milliy  qadriyatlar  ma’lum  bir  millat,  xalq  va  elatlarning  o‘z  tarixiy 



taraqqiyotida  yaratadigan  barcha  moddiy  va  madaniy  (ma’naviy)  boyliklari 

yig‘indisidan  iboratdir.  Umuminsoniy  qadriyatlar  tabiatni  muhofaza  qilish, 

madaniyatni  rivojlantirish,  inson  sog‘ligini  saqlash,  oziq-ovqat  bilan  ta’minlash, 

energiya-yoqilg‘i  tanqisligining  oldini  olish,  turli  tahdidlarni  bartaraf  etish, 

sivilizatsiya taraqqiyotini davom ettirish kabi sohalarni o‘zida mujassamlashtiradi. 

 Qadriyatlar turli-tuman bo‘lishi bilan birga «dunyoda eng oliy qadriyat-inson» 

hisoblanib,  qolgan  barcha  qadriyatlar  unga  xizmat  qiladi.  Inson  qadriyatining 

ma’naviy,  tarixiy  hamda  ta’limiy  jihatlari  o‘ziga  xos  yangicha  fikrlash  va 

yondoshishlar asosida birinchi prezidentimiz asarlarida batafsil yoritilgandir. 

Bolalarni  ma’naviy-axloqiy  tarbiyalashda  milliy  qadriyatlardan  foydalanishning 

mazmun-mohiyatini  birinchi  prezidentimiz  asarlaridagi  g‘oyalardan  kelib  chiqqan 

holda  «o‘quvchilarni  milliy  va  umuminsoniy  qadriyatlarga  tayangan  holda  komil 

inson  etib  tarbiyalash»  jarayoni  sifatida  izohlash  mumkin  bo‘ladi.  Shundan  kelib 

chiqqan holda bitiruv malakaviy ishi mavzusini “Xalq rivoyat va hikmatlari vositasida 

maktabgacha katta yoshdagi bolalarda axloqiy milliy qadryatlarni shakllantirish” deb 

nomladik.        




Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish