Xalq og’zaki ijodi va uning o’ziga xos X ususiyatlari, tarixiy taraqqiyoti



Download 101,8 Kb.
bet10/17
Sana03.01.2022
Hajmi101,8 Kb.
#315420
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17
Bog'liq
1493285161 67967

Eng qadimgi folklor miflarni. jangnoma tipidagi afsonalar va rivoyatlarni, ertak va naqllarai, qahramonlik eposlari, qo’shiq va maqollarni qamrab oladi.

Eng qadimgi folklor asarlarining yaratilishida animistik va totemistik qarashlar. turli mifologik ishonchlar muhim rol o’ynagan.

Animizm - bu ibtidoiy insonning tabiat haqidagi qarashi, o’zini tabiatdagi narsalar: tabiat kuchlari va hodisalari, jonsiz predmetlar bilan aynan bir narsa deb hisoblashi, hamma narsalarni jonli deb bilishdan iborat tasavvurlari yig’indisidir. Animizm asosida jon va running borligiga ishonch yotadi. Animistik tushuncha -tasawurlarning qoldig’i «Yoriltosh», «Qilich botir», «Oqbilakxon» kabi ko’plab ertaklar tarkibida saqlanib qolgan. Chunonchi, «Yoriltosh»da toshning inson murojaatiga quloq tutib yorilishi mo’jizasi, «Qilich botir»da qahramonning joni tanasida emas, balki unga tegishli predmetda saqlanishi, «Oqbilakxon» ertagida esa yigitning toshga aylanib qolishi kabi motivlar bevosita animistik tushunchalar qoldig’idir.

Totemizm — odamning biror hayvon yoki o’simlik turi bilan o’zini qondosh deb bilishdan iborat ishonch-e’tiqodi tizimidir. Totem — u yoki urug’ning e’tiqod qo’ygan himoyachisi hisoblanadi.

Turkiy xalqlar, jumladan, qadimgi ajdodlarimiz ot. ho’kiz, ilon, bo’ri, it kabi hayvonlarga. ayrim qushlarga va parrandalarga e’tiqod qo’yganlar. Shular orasida ot va bo’rini totem hayvon sifatida alohida e’zozlashgan. Totemlar bilan bog’liq bir qancha geneologik afsonalar ham mayjud. Ularda u yoki bu urug’ — qabilaning kelib chiqishi ko’pincha ona bo’ri obraziga bog’lab talqin etiladi. Bo’ri totemiga aloqador ertaklar ham anchagina: «Cho’loq bo’ri», «Bo’ri qiz» kabi ertaklar shular jumlasidandir.

Fetishizm — fransuzcha «fetiche» so’zidan olingan bo’lib, ibtidoiy ajdodlarimizning qadimiy e’tiqodiga ko’ra, narsalarga irim qilib sig’inish yoki ularga magik kuchga ega deb qarash asosida sig’inishni anglatadi. Xalq ertaklarida uchrovchi oyna, qilich, igna, marjon, tosh, taroq va boshqa shu xildagi predmetlar magik kuchi tufayli qahramonlarga yordamchi vositaga aylangan.

Qadimgi ajdodlarimiz o’z turmush-tirikchiligida otdan keng foydalanganlar. Ot ularga ham oziq, ham uzoqni yaqin qiluvchi ulov, ham chorvani boqishda ko’makdosh ish hayvoni sifatida xizmat ko’rsatgan. Hatto otning yolidan turli kasalliklarni davolashda foydalanilgan. Ot kalla suyagi yovuz ruhlardan himoya qiluvchi vosita hisoblangan. Otdan shunchalik katta naf ko’rgan qadimgi odam uni kult darajasida ilohiylashtirib, e’tiqod timsoliga aylantirgan. Tabiiyki, bunga otning jozibadorligi ham ma’lum darajada ta’sir ko’rsatgan.

Ot kultiga aloqador qarashlar natijasida ftlklor asarlarida otning epik badiiy timsoli paydo bo’lgan. Jumiadan, o’zbek xalq dostonlaridagi G’irot, G’irko’k, Boychibor, Jiyronqush, Majnunko’k kabi epik ot obrazlari bunga yorqin dalil bo’la oladi.

Ot kultiga aloqador urug’ nomlari va geografik joy nomlari ham bor. Bu haqda «Hazorasp» nomli toponimik afsona yaratilganligi ma’lum.

Eng qadimgi davr folklorining ilk bosqichida ko’p miflar yaratilgan. Miflar qadimgi davr folklorida alohida o’rin tutadi. Ularda dunyoning paydo bo’lishi, tabiat hodisalari, xudolar va hayvonlar haqida to’qima hikoya qilinadi. Miflarning bizgacha yetib keiishida zardushtiylik (otashparastlik) dinining muqaddas kitobi «Avesto» muhim rol o’ynaganligini alohida e’tirof etish lozim.

Eng qadimgi davr folklorida jangnoma tipidagi epik asarlar ham muhim o’rin egallaydi. Ular tarixiy voqea va hodisalar bilan bog’liq holda yuzaga kelgan. «To’maris» va «Shiroq» kabi rivoyatlar buning yorqin namunalaridir. Bosh qahramoni To’maris va Shiroq bo’lgan ushbu qadimgi epos namunalarida vatanparvarlik va qahramonlik madh etiladi.

«To’maris» rivoyatining qisqacha mazmuni Gerodotning «Tarix» asarida keltirilgan. Unda Eron shohi Kir bilan massagetlar qabilasi o’rtasida yuz bergan jang voqealari tasvirlanadi. Massagetlar qabilasi boshlig’i To’marisning vatanparvarligi va qahramonligi alohida qayd etiladi. Xalq rivoyatida To’maris obrazi qadimgi jangovor ayollarning tipik vakili sifatida talqin etiladi. Uning jasuriigi, o’ktamligi, donoligi tarannum qilinadi.

«To’maris» rivoyatining yaratilishiga matriarxat jamiyatida (onalik saltanati davrida) yashagan qahramon jangchi ayollar — amazonkalar timsoli yetarli ta’sir ko’rsatgan. Rivoyatda hikoya qilinishicha, adolatli, tadbirkor, mustahkam idorali, jasur va jangovor ayol, qabila boshlig’i To’maris Eron shohi Kirning hiyla-nayranglarini donolik bilan idrok etib, Kir boshlagan fitna-jangdan el-yurtini omon saqlab qoladi. Qabila mustaqilligini himoya qilish uchun jang boshida turib kurashadi va mardlarcha g’alaba qozonib, Kirni yo’q qiladi.

Keyinchalik «To’maris» rivoyati asosida «Oysuluv» dostoni yaratilgan.

«Shiroq» rivoyatining yaratilishiga Eron shohi Doro bilan shak qabilalari o’rtasida yuz bergan tarixiy janglar asos bo’lgan. Bu rivoyatning qisqacha mazmuni yunon tarixchisi Polienning «Harbiy hiylalar» nomli kitobi orqali yetib kelgan. Unda hikoya qilinishicha, Doro shak qabilasiga qarshi yurish qilganda, shu qabila otboqari harbiy holatni muhokama qilib o’tirgan qabila boshliqlari Saksfar, Omarg va To’maris huzuriga tashrif buyurib, agar bolalari va nabiralarining tirikchihgi ta’minlansa, Doro qo’shinlariga qarshi borib, ularni bir o’zi yengishini aytadi. Shak hukmdorlari uning taklifiga rozi bo’Igach, otboqar o’z quloq va burnini kesib, go’yo qabiladoshlaridan ozor ko’rgan qiyofada Doro qo’shinlari huzuriga boradi va ularni aldaydi. Shiroqning achinarli holatini ko’rgan Doro uning gaplariga ishonadi va u boshlagan yo’ldan yuradi. Shiroq uni yetti kun yurdirib, jazirama cho’lning o’rtasiga ohb boradi. Shiroqning yetti kunlik suv va ovqat olish taklifi bilan yo’lga chiqqan qo’shinning suvi va ovqati tugab, hammasi charchaydi. Yettinchi kuni ham shaklardan darak topolmagan qo’shin aldanganini sezadi. Qo’shin boshlig’i Shiroqni aldab-suldab yo’lga solmoqchi bo’ladi. Lekin u shuncha qo’shinni bir o’zi yengganligini aytib, faxrlanadi. Qo’shin lashkarboshisi Ranosbat g’azablanib, Shiroqni chopib tashlaydi.

Ko’rinyaptiki, rivoyatda vatan uchun jon fidolik, tinchlik va ozodlik uchun kurashda mardlik, jasorat va qahramonlik g’oyalari madh etUmoqda. Bu motivlar esa qadimiy eposga xos an’anaviy motivlardir.

Yana bir qahramonlik eposi xalq qahramoni, pahlavon Rustam nomi bilan bog’liq. Rustam haqidagi qahramonlik eposlari qadimdan O’rta Osiyo, Eron va Afg’onistonda keng tarqalgan. Ularda Rustam obrazi turlicha talqin etiladi. Masalan. bir dostonda u arab bosqinchilariga qarshi kurashuvchi qahramon qiyofasida gavdalansa, yana boshqa birida shaharlar bunyod etgan kuchli bahodir, bunyodkor qiyofasida namoyon bo’ladi. Qadimgi sug’d eposi parchalarida esa Rustam devlar bilan olishib, ularni mahv etgan pahlavon qiyofasida tasvir etiladi. O’t nafasli oti Raxsh hamisha unga hamrohlik va madadkorlik qiladi.

Rustam - ideal qahramon. Qahramonlik eposlarida u hamisha xalq madadkori sifatida talqin etiladi. Rustam — xalq orzu qilgan bemisl kuch-qudratning ramziy ifodasi. U har doim elat va xalq manfaatlarini himoya qilib. o’z kuch-qudrati orqali adolat va tinchlik o’rnatib yuradi. Shu bois u bir joyda muqim turib qolmaydi. U mamlakatdan bu mamlakatga o’tib, hammaga yordam berib yuradi. Rustam haqidagi afsonalar qadimiy dualistik miliar zamirida yaratilgani bois ularda hamisha yaxshilik bilan yomonlik o’rtasida kurash ketadi. Bunda dev, ajdar kabi persohajlar yomonlik timsoli bo’lib kelsa, Rustam va uning vafodor oti Raxsh yaxshilik timsoli sifatida talqin etiladi.

Keyinchalik Rustam haqidagi afsonalar «Rustam», «Rustam Zol o’g’li», «Pahlavon Rustam» kabi ertaklarning yaratilishi uchun zamin bo’lgan.

Rustam Firdavsiyning «Shohnoma»sida ham asosiy qahramonlardan bin vazifasini o’tagan.

Eng qadimiy folklor-qo’shiqlar va maqollardan ham tashkil topgan. Uiarning dastlabki namunaiari Mahmud Koshg’ariyning «Devonu lug’otit turk» asari orqali bizgacha yetib kelgan.

«Devon»dagi qo’shiqlar mazmunan rang-barangdir. Jami 750 satr atrofida bo’lib, to’rtlik, uchlik va ikkilik shaklidagi 210 she’riy parchadan iborat. Ular meloddan awalgi VII asrdan meloddan keyingi XI asrgacha 18 asrlik vaqt ichida yaratilgan va o’sha zamonlar voqeligini aks ettiradi. Uiarning ko’pchiligini ovchilik, chorvachilik, mavsum-marosim, lirik-ishqiy, qahramonlik va didaktik qo’shiqlar tashkil etadi. Bu silsilada ayniqsa, ovchilik bilan bog’liq qo’shiqlar katta o’rin egallaydi. Ularda ov qilishning ilk ko’rinishlari - it. qush yordamida, shuningdek, o’q-yoy bilan ov qilish tajribalari haqida kuylangan: Ov qushlarin ushlashib, Tulki to’ng’iz tishlatib, Itlarimiz ishlatib, Hunar bilan gerdaydik.

«Devon»dagi qo’shiqlarda xalqning hayot tajribalari. har bir faslning yaxshi va yomon jihatlari, suv toshqini, uylanish, oilada ota-onaning roli, nasihatlarining ahamiyati, qahramonning jang maydonida el-u yurtini, xalqini deb halok bo’lishiga daxldor ruhiy kechinmalari o’z aksini topgan.

Shuningdek, «Devon»da Alp Er To’nga marsiyasi keltirilgan. Unda xalq qahramoni Alp Er To’nganing vafoti munosabati bilan elning qattiq qayg’uga botganligi, chuqur ruhiy iztirobga tushgani bayon etilgan. Yusuf xos Hojib Alp Er To’ngani forslar Afrosiyob deb atashganini ma’lum qiladi.

Alp Er To’nga - yo’lbars kabi kuchli, bahodir odam degani. Marsiyada Alp Er To’nganing o’limi achchiq qismat, dahshatli fojea, o’mini to’ldirib bo’lmaydigan yo’qotish sifatida baholanadi.

«Devon» orqali bizgacha «Oltin qon» nomli afsona matni hamda afsona janrining qadimda «sav» deb yuritilganligi, uning ijrosi xususidagi malumotlar ham yetib kelgan. Shuningdek, «Devon»dan 300 tacha xalq maqollari o’rin olgan.

Xullas, ibtidoiy kishilarning dunyoqarashi, tasavvur-tushunchalari, ishonch-e’tiqodlari va mehnat, turmush tarzi bilan bog’liq holda vujudga kelgan eng qadimgi folklor namunaiari, dastawal. qadimgi odamlarning qarashlarini ifodalash vazifasini o’tagan va asosan, ta’limiy ahamiyat kasb etib yangidan — yangi afsona, rivoyat. ertak va dostonlarning yaratilishiga asos bo’lgan.



Feodalizm davri o’zbek folklori VI asrdan XX asrning I-yarmigacha yaratilgan xalq og’zaki ijodi namunalarini o’z ichiga oladi. Bu davrda yaratilgan folklor asarlarida feodal munosabatlar bilan patriarxal -urug’chilik munosabatlarining, o’troq dehqonchilik bilan ko’chmanchilik hayoti tartiblarining yonma-yon yashaganligi, murakkab iqtisodiy munosabatlar, ijtimoiy-siyosiy jarayonlar. qadimiy tasavvur va qarashlarning izlari ifodasini topganligi kuzatiladi. Chunonchi. folklor asarlari ijtimoiy taraqqiyotga bog’liq tarzda ijod etilgan. Ular xalq hayotidagi tarixiy o’zgarishlar bilan birga o’zgara borgan. Sinfsiz jamiyatdan sinfiy jamiyatga o’tish yuz bergach, folklor asarlari janriy jihatdan boyidi. Yangi-yangi janrlarda og’zaki ijod namunaiari paydo bo’ldi. Jumladan, ertaklar, eposning arxaik shakllari yuzaga keldi.

Jlk feodal davlatlaming shakllanishi davrida qahramonlik dostonlari yaratilgan. Keyinroq esa epik, lirik va tarixiy qo’shiqlar. og’zaki drama paydo bo’lgan.

O’zbek dostonchiligida XVI asr boshlaridan muayyan yangilanish bosqichi boshlangan. XV1I-XV1II asrlarda dostonchilik taraqqiyotida jiddiy ko’tarilish yuz bergan. XIX asrda esa u gullab-yashnagan. Demak, an’anaviy dostonlarning hammasi feodalizm davri mahsulidir. Ularning ko’pchiligida farovon o’lka va vatan mustaqilligi, chet el bosqinchilariga qarshi kurash g’oyasi muhim o’rintutadi. Jumladan, «Chambil qamali». «Rayhon arab», «Bektosh arab» kabi dostonlarda arab bosqinchilariga qarshi kurash tasvirlansa, «Guldursun» rivoyatida mo’g’ul istilochilariga qarshi xalq nafrati ifodalanadi. To’g’ri, bunda xalqning bosqinchilarga nisbatan munosabati ramziy ifodalarda, afsonaviy-mifologik salbiy obrazlar limsolida beriladi, to’g’ridan-to’g’ri ifodalanmaydi.

Feodalizm davri o’zbek folklorida ayrim tarixiy voqealar va shaxslar nomiga aloqador dostonlar, afsona va latifalar ko’p uchraydi. «Tulumbiy» (XV asr). «Shayboniyxon», «Oychinor» (XVI asr) kabilar bunga misol bo’ladi.

Feodalizm davrida yashagan mashhur shaxslar Imom Ismoil Buxoriy. Abu Ali ibn Sino, Bahouddin Naqshband, Amir Temur, Ulug’bek, Alisher Navoiy, Xoja Ahrori Valiy, Bobur, Mashrab haqida xalq juda ko’plab tarixiy afsona va rivoyatlar yaratgan. Shuningdek, Mashrab va Mahmud G’aznaviy nomi bilan bog’liq latifalar ham shu davrda to’qilgan. Ularda bu tarixiy shaxslarning real biografiyasi emas, to’qima biografiyasi beriladi. Feodalizmning so’nggi bosqichlarida folklordagi antifeodal, antiklerikal motivlar yanada kuchaygan. Xalq orasida yozma adabiyot namunalari keng tarqala boshlagan. Ayrim shaxslar o’zbek folklori asarlarini yozma adabiyotga yaqin ruhda qayta ishlab yoki aksincha, yozma adabiyot namunalarini «folklorlashtirib» yangi variantdagi asarlar yaratganlar. Buning natijasida qissalar (xalq kitoblari) yuzaga kelgan.

Feodalizmning oxiriga kelib, xalq ijodchilarining muayyan janrlarda professionallashuvi kuchayib, dostonchi. ertakchi, qo’shiqchi, askiyachi, masxabarbozlar ixtisoslashgan holda alohida ajralib chiqa boshlagan. Bu davrda marosim qo’shiqlari ba’zi o’zgarishlarga yuz tutdi. Ertaklar bilan topishmoqlarda majoziylik kuchaydi. Bir qator yangi janrlar (lirik va tarixiy qo’shiqlar. latifa va loflar, askiya va og’zaki drama) paydo bo’ldi.

Xullas. feodalizm davrida o’zbek folklorining janriy tarkibi to’la shakllandi va boyib, mukammallik kasb etdi.


Download 101,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish