Xalq og’zaki ijodi deganda nimani tushunasiz?
Xalq og’zaki ijodi yozma adabiyotdan ancha avval vujudga kelgan. Odam paydo bo’lganida xalq og’zaki ijodi ham paydo bo’lgan degan taxminlar bor. Chunki insoniyat tarixidagi birinchi qo’shiq Odam Ato tomonidan o’g’illari Qobil Hobilni o’ldirib qo’ygan paytda aytilgan. Ana o’sha zamondan buyon xalq og’zaki ijodi yashab, mavjud bo’lib kelmoqda. Xalqning o’zi tomonidan yaratilib, og’izdan og’izga, avloddan avlodga o’tib sayqallanib, rivoj topib kelayotgan ijod mahsuli xalq og’zaki ijodi mahsulidir.
Folklorning o’ziga xos xususiyati haqida tushuncha bering.
Folklor inglizcha so’zdan olingan bo’lib, folk-xalq, lor-billim, donolik, xalq donoligi, xalq donishmandligi ma’nolarini anglatadi. Fanga 1846-yilda ingliz arxeologi Uilyam Toms olib kirgan. Dastlab O’zbekistonda og’zaki adabiyot nomi bilan yuritilgan. Folklorga xos xususiyatlardan birinchisi uning jamoaviy-kollektiv ijod mahsuli ekanligidir. Folklorda xalq ijod qiladi, shuning uchun ham uning muallifi xalq hisoblanadi. Aniq ijodkori noma’lum, demak anonimlik xususiyati mavjud. Xalq og’zaki ijodi asarlari og’izdan og’izga, avlodan avlodga o’tib an’anaga aylanadi. Bir necha asrlar davomida sayqallanib o’zining turli versiyalariga, variantlariga ega bo’ladi. Demak, xulosa qilishimiz mumkinki, folklorning asosiy xususiyatlari-jamoaviylik, anonimlik, og’zakillik, variantlilik va versiyaviylikdir.
Xalq og’zaki ijodining ma’naviy-ma’rifiy ahamiyati nimada?
Xalq og’zaki ijodida xalqning orzu-umidlari, ishonchi, g’ayrati aks etadi. O’zbek xalq og’zaki ijodi namunalaridan hisoblanmish maqol, masal, hikmatli so’zlar insonga to’g’ri qaror qabul qilishda ruh beradi, zero, bu asarlar katta avlod vakillari tomonidan ming yillar davomida o’rganilib, meros qilib qoldirilgann. Topishmoqlar esa aqlni charxlashga, tez aytishlar nutqni o’stirishga xizmat qiladi. Syujeti, hajmi jihatidan eng katta hisoblanmish dostonlar juda katta ma’naviy-ma’rifiy ahamiyatga ega. Zero, unda xalqning ma’naviyati kuylanadi. Xalqning jasorat, mardlik, donishmandlik, oqillik borasidagi hayoti tasvirlanadi. “Alpomish” dostonida biz o’zbek mentalitetiga xos bo’lgan ko’plab an’analarni uchratishimiz mumkin. Masalan, kattaning kichikka, kichikning kattaga munosabati, din borasida bilimlar, aytgan so’zda turish kabi insoniy sifatlar bu asarda o’z aksini topgan.
Mahmud Qoshg’ariyning folklorshunos sifatida faoliyati haqida tushuncha bering.
Mahmud Qoshg’ariy 15 yil davomida turli o’lkalarni kezib chiqqan, elatlar, millatlarning hayoti, an’analari bilan yaqindan tanishgan. Uning “Devon lug’ot at-turk” asari nafaqat turk so’zlarining devoni, balki butun turk xalqining kechmishi, turish-turmushi haqida hikoya qiladi. Bu asardan to’rtliklar, maqol, matal, topishmoq, xalq o’yinlari, marosimlari o’rin olgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |