Tadqiqotning ilmiy yangiligi. Ijtimoiy - madaniy faoliyat nazariyasi va
tarixi, san’at va madaniyatga oid bir necha o’quv qo’llanmalari, ilmiy maqolalar
yozilgan. Biroq, ma’naviyatni anglash orqali barkamol avlodni tarbiyalashda
san’atning roli batafsil yoritib bayon qilinmagan. Shuning uchun bu mavzu hali
ko’p tadqiqotlar o’tkazishni talab qiladi. Tadqiqotning predmeti va ob’ekti. Bitiruv malakaviy ishining predmeti
sifatida Prezidentimizning madaniyatimiz va ma’naviyatimiz yuksalishi yo’lida
yozgan asarlari, hamda madaniyatshunoslik, madaniyat masalalari kabi o’quv
5
uslubiy qo’llanmalar bir necha gazeta va jurnallarda chop etilgan maqolalar olindi.