105
bularning hammasi mazmunan ma`naviy (madaniy) ehtiyojlarni
qondirishga qaratilgandir. Ma`naviy ehtiyojlarni quyidagilar
tashkil etadi:
-
bilim olish (intellektual) bilimlarni egallash
va ulardan ilmiy faoliyat
jarayonida foydalanish ;
-
estetik-badiiy va boshqa estetik qadriyatlarni yaratish va anglash;
-
ahdoqiy-odobiy madaniyatga ega bo’lish va ularni hulq-atvorda namoyon
etish.
Insonlar bilan muloqotda bo’lishga qaratilgan sotsiogen ehtiyojlar ham
ma`naviy ehtiyojlarning tarkibiga kiradi. Sotsiogen ehtiyojlarga:
-
kommunikativ axborot, fikr va his-tuyg’u
almashuv ehtiyoji;
-
ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan muloqot jamoa va jamoat tashkilotlar
faoliyatida qatnashish;
-
his- hayajonli ahamiyatga ega munosabat - do’stlik muhabbat, oila qurish;
-
o’z mavqei va o’rniga ega bo’lish atrofdagilarning hurmati va e`tiboriga
sazovor bo’lish va u yoki bu sohada mavqe va yutuqlarga ega bo’lish.
Yuqoridagi barcha ehtiyojlar inson va jamiyat uchun muhim bo’lgan
universal ahamiyatga ega bo’lgan ehtiyojlar bilan aloqadordir.
“Ijtimoiy-madaniy tadbirlarda qatnashish yoki biron-bir ma`ruzani
tinglash
orqali ehtiyojlar qondirilmoqda, deyish to’g’ri bo’lmasligi mumkin. Shuning
uchun, odamlarning u yoki bu faoliyat turi bilan shug’ullanishlari maqsadli
bo’lishi kerak.
Ayrimlar uchun yuqoridagi tadbirlarda qatnashish orqali estetik ehtiyojlarni,
bodnetlar uchun bilim olish va uchinchilar uchun ma`naviy ehtiyojlarni
qondirish
bo’lishi mumkin”
18
.
Faoliyat motivlari ehtiyojlarni aniqlash, faoliyat turini tanlash uchun yordam
beradi. Madaniyat muassasasiga madaniy tadbirlar qilishdan maqsadni bilish uchun
sotsiologik tadqiqotlarni so’rov usulidan foydalanib, biron-bir tadbirdan so’ng
18
Qodirova Sh. Ijtimoiy – madaniy faoliyatning dolzarb muammolari. –Toshkent. 2011, 84-b.
106
qatnashuvchilarga quyidagi anketa savollari bilan
murojaat etish maqsadga
muvofiq bo’ladi.
Tadbirdan qoniqdingizmi?
Yangi ma`lumot oldingizmi ?
Bilimlaringizni chuqurlashtirish xohishi paydo bo’ldimi?
Tadbir his-tuyg’ularingizga ta`sir etdimi?
Odamlarimiz bilan g’ururlandingizmi?
Faol mehnat qilish istagi uyg’ondimi?
Jamoat ishida faol qatnashish istagi paydo bo’ldimi?
Boshlovchi hamda mehmonlarning chiqishi yoqdimi?
Tadbirda tanlangan musiqa asarlari ma`qul bo’ldimi?
San`atkorlarning ijrochilik mahorati yoqdimi?
Sahna bezatilishi tadbirning mavzusiga mosmi?
Taassurotlar bilan uyda , ishxonada fikrlashasizmi?
O’zingizni tadbir ishtirokchisi sifatida sezdingizmi?
Tadbir qiziqarli bo’ldimi?
Yaxshi dam oldingizmi?
Ushbu savollar orqali qatnashuvchilarning fikr-mulohazalarini o’rganish va
tahlil qilish imkoniyati yaratiladi.
Tadbirlarni shunday tashkil qilish kerakki, qatnashuvchida o’zi uchu biron-
bir yangilikka ega bo’lish imkoniyati yaratilsin.
Ijtimoiy-madaniy ishlarning muhim vazifalaridan biri bu madaniy-ma`naviy
sohada odamlarniіgg faolligini rivojlantirish uchun shart-sharoit yaratiishdan
iborat.
Ehtiyojlar turlicha bo’lib, faoliyat jarayonida rivojlanib boradi (mehnat,
o’quv, dam olish). Madaniy ehtiyojlar ijtimoiy-madaniy
faoliyat usul va shakllari
orqali qondirilishi mumkin.
Masalan, bilim olish va intellektual ehtiyojlarni mavzuli kechalar,
uchrashuvlar (olimlar. aktyorlar. meditsina hodimlari va h k), intellektual o’yinlar,
ilmiy, xujjatli videofilmlar muhokamasi, bilimdonlar klub uyushmalari, turistiк
107
sayohatlar,
ekologiya, iqtisod va boshqa sohalarga oid suhbatlar tashkil etish
orqali, estetik ehtiyojlarni kontsert va spektakllarga borish va ularni muhokama
qilish, badiiy asarlar ko’rgazmasi, havaskorlik jamoalarida qatnashish, atrof-
muhitni
estetik jihozlash, musiqali dam olish dasturlarini tashkil etish, muzey va
san`at ko’rgazmalariga tashrif buyurish orqali, muloqotga bo’lgan ehtiyojlarni
ijtimoiy-malaniy faoliyatning barcha shakl usullaridan foydalanish turli xil ko’rik-
konkurs, ommaviy bayramlar o’tkazish orqali qondirish mumkin.
Funksional ehtiyojlarni harakat o’yinlari, intellektual o’yin,
sport bilan
shug’ullanish orqali qondirishning ayricha ahamiyatini belgilagan holda biz ayni
vaqtda faoliyat olib borayotgan madaniyat uylari sobiq ittifoq davridagi holati,
ya’niy ma’lum darajadagi tarixi mustaqillikdan so’ng olib brilgan ishlari va
bugungi kundagi vazifalari haqida gapirib o’tishimiz zarur bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: