– Sizning yurtingiz keyingi 3 yil ichida qanchalik o‘zgarganini payqamaslikning iloji yo‘q, – deydi Tokiodagi Xayasibara muzeyi direktori Taniiti Takasi. – Bugun ushbu zamonaviy davlat jahon miqyosida o‘ziga xos qiyofasini yaqqol namoyon etayotir. Bugungi anjuman ham bu yo‘nalishdagi ishlarning amaliy ifodasidir. Ajdodlar merosiga bo‘lgan e’tibor va uni keng targ‘ib qilish tashabbusi Yangi O‘zbekiston siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biriga aylangan. Bunday sa’y-harakatlardan har qancha ibrat olsa arziydi.

– Men madaniy meros ob’ektlarini saqlab qolishga qaratayotgan missiz e’tibori uchun O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoevga alohida minnatdorlik bildirmoqchiman, – deydi Yaponiya imperatorlik qasri xazinasi boshqaruvining sobiq direktori Yoneda Yuske. – Mamlakatingiz katta ilmiy salohiyat va boy madaniy merosga ega. Bizning madaniy aloqalarimiz esa, juda qadimiy. Buni imperatorlik xazinasida saqlanayotgan, kelib chiqishi qadimiy O‘zbekiston hududlariga borib taqaladigan arxeologik topilmalar, turli bebaho artefaktlar ham tasdiqlaydi.
Madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlik alohida eʼtiborga molik, zero Yaponiyaning madaniy va maʼrifiy oʻziga xosligi Oʻzbekistonning tarixiy va zamonaviy hayoti bilan hamohangdir.
Madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlik alohida eʼtiborga molik, zero Yaponiyaning madaniy va maʼrifiy oʻziga xosligi Oʻzbekistonning tarixiy va zamonaviy hayoti bilan hamohangdir.
Madaniyatlararo muloqotni muvaffaqiyatli rivojlantirishda 1999 yil taʼsis etilgan “Oʻzbekiston-Yaponiya” doʻstlik jamiyatining salmoqli oʻrni bor. Jamiyat Kunchiqar mamlakatning “Yaponiya-Oʻzbekiston” doʻstlik assotsiatsiyasi va “Fukushima-Oʻzbekiston” madaniy-iqtisodiy hamkorlik assotsiatsiyasi bilan yaqin aloqalar oʻrnatgan.
Shuningdek, ikki mamlakat shaharlarini bezab turgan qator madaniy inshootlar xalqlarimizning doʻstligi va oʻzaro anglashuvining ramzlariga aylangan.
2001- yil Toshkent markazida ochilgan “Yapon bogʻi” oʻzbekistonliklarning hordiq chiqaradigan va turli tantanali tadbirlar oʻtkazadigan sevimli maskaniga aylangan.
Taniqli yapon rassomi Ikuo Xirayama bilan hamkorlikda poytaxtimizda 2002- yil asos solingan Oʻzbekiston-Yaponiya ilmiy-ijodiy “Madaniyat karvon saroyi” zamonaviy madaniyat markazi sifatida faoliyat yuritmoqda. Bu maskanda foto va sanʼat koʻrgazmalari va boshqa qiziqarli tadbirlar oʻtkazilmoqda.
Toshkentda oʻrnatilgan “Xirosima tinchlik toshi” va “Tinchlik bongi” Oʻzbekistonning Markaziy Osiyoda yadro qurolini tarqatmaslik, tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashga sodiqligining timsollariga aylangan.
Foydalanilgan adabiyotlar va internet saytlar ro’yxati: 1. https://uz.wikipedia.org/wiki/O%CA%BBzbekiston_%E2%80%94_Yaponiya_munosabatlari 2. http://uza.uz/uz/society/yaponiyada-o-zbekiston-madaniy-merosiga-bag-ishlangan-ko-rga-19-12-2019 3. https://sovminrk.gov.uz/uz/news/show/7005 4. http://tashgiv.uz/ozbekiston-va-yaponiya-madaniy-aloqalari-boyicha-xalqaro-ilmiy-konferensiya-2/ 5. http://xs.uz/uz/post/ozbekiston-yaponiya-strategik-sheriklikning-yangi-bosqichi Etiboringiz uchun raxmat!