Xalq hunarmandchiligi va amaliy san’AT



Download 233,5 Kb.
bet12/20
Sana09.02.2022
Hajmi233,5 Kb.
#439250
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20
Bog'liq
1 mavzu maruza xalq xunarmandchilik s (1)

IX. YAkuniy qoida
25. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Oilaviy tadbirkorlikni hamda hunarmandchilik faoliyatini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA
Hunarmandchilik faoliyatining asosiy yo‘nalishlari, hunarmandlar tomonidan ishlab chiqariladigan buyumlar va tovarlar (ishlar, xizmatlar) turlari
RO‘YXATI

Hunarmandchilik faoliyatining yo‘nalishi

Buyumlar va tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning asosiy turlari

  1. Gulli kompozitsiyalar aranjirovkasi

sun’iy va natural materialdan ikebanlar, guldastalar, bo‘yi 70 santimetrgacha bo‘lgan etilgan manzarali daraxtlarni o‘stirish (bonsay san’ati)

  1. Vitraj ishlari

shisha, smalta va boshqa materiallardan tayyorlangan vitrajlar

  1. Ganch o‘ymakorligi (ganchga o‘yma naqsh solish)

lyustralar, devor shamdonlari, ko‘zgular, naqshlar, stalaktitlar, frizlar, karnizlar, ustunlar elementlari, panjaralar, haykalchalar, panno, ship va devor naqshlari hamda asoslari, ganchdan tayyorlangan arxitektura-qurilish elementlari, ganch texnikasi vositasida bajarilgan boshqa manzarali — amaliy buyumlar

  1. Kulolchilik ishlari

loydan yasalgan oshxona va uy-ro‘zg‘or predmetlari, o‘yinchoqlar va suvenirlar

  1. Naqqoshlik ishlari

metall, plastmassa, keramika, chinni, tosh, kartondan tayyorlangan buyumlarga qo‘lda naqsh solish (relefli yozuvlar va tasvirlar)

  1. YOg‘och me’morchiligi

bolalar maydonchalari va park zonalari uchun yog‘ochdan yasalgan qurilmalar, haykallar

  1. Mebellarni bezash

mebellarni gazlama materiallar bilan qo‘lda bezash

  1. Tunuka ishlari

tunukadan tayyorlangan naqshli quvurlar va suv o‘tkazgichlar, oshxona va uy-ro‘zg‘or buyumlari, suvenirlar

  1. Zardo‘zlik ishlari

zar hoshiyali texnika vositasida (metalli iplarni qo‘llagan holda) tayyorlangan buyumlar

  1. Avtorlik mebellari tayyorlash

dekorativ-amaliy san’at buyumlariga taalluqli bo‘lgan mebellar (komplektlar va alohida buyumlar)

  1. Avtorlik kiyim-boshlar va poyafzallar tayyorlash

ishlarning butun kompleksini bajargan holda kiyim-boshlar va poyabzallar, maxsilar va kovushlar, brezent, kirza va kigiz etiklar, sandaletlar, shlepanslar hamda tuflilarni qo‘lda yakka tartibda tikish

  1. Bosh kiyimlar tayyorlash

do‘ppilar, shapkalar, sallalar, shuningdek mo‘yna, qorako‘l, charm va qo‘lda to‘qilgan materiallardan tayyorlangan boshqa bosh kiyimlar

  1. Sopol, chinni, farfor buyumlar tayyorlash

sopol, chinni va farfordan tayyorlangan dekorativ-amaliy san’atning barcha turlari, sopol, chinni va farfordan tayyorlangan arxitektura-manzara elementlari, sopol, chinni va farfor buyumlarni ornament va trafaret bilan bezaklash

  1. YOg‘ochdan xalq hunarmandchiligi buyumlarini tayyorlash

yog‘och va fanerdan tayyorlangan oshxona buyumlari, o‘yma naqshli buyumlar, beshiklar, bolalar yuritgichlari (ularga buyumlar), xontaxta, sandiq, eshiklar, romlar, dekorativ reykalar, kartinalar uchun romlar, yog‘ochdan ishlangan figurali tokarlik buyumlari (shaxmat figuralari va boshqalar), qo‘lda ishlangan boshqa yog‘och buyumlar

  1. Bo‘yoqli miniatyuralar, rasmlar, ornamentli va emalli bezaklar tayyorlash

lok miniatyurasi texnikasi vositasida tayyorlangan buyumlar (qutichalar, kartinalar), devor, qog‘oz, xolst, teri, gazlama, pape-mashe, yog‘och, qovoq, karton, suyak va emaldagi rasmlar va ornamentlar

  1. Musiqa asboblari tayyorlash

fabrikadan tashqari sharoitlarda tayyorlanadigan milliy musiqa asboblarining barcha turlari

  1. Xalq o‘yinchoqlari tayyorlash

fabrikadan tashqari sharoitlarda yog‘och, metall, gips, karton, gazlama, sopol va boshqa materiallardan tayyorlangan o‘yinchoqlar

  1. Milliy shirinliklar, non-bulka mahsulotlari va donali ovqatlarning ayrim turlarini tayyorlash

Milliy qand-shakar (novvot), donali qandolatchilik buyumlari, milliy nonlar va boshqa non-bulka mahsulotlari pishirish, milliy pishloq mahsulotlari va qurt ishlab chiqarish

  1. CHarmdan utilitar va badiiy buyumlar tayyorlash

egar-jabduqlar va ularga aksessuarlar, kamar, belbog‘, sumkalar va ularga aksessuarlar, natural va sun’iy charmdan tayyorlangan milliy nimchalar, charm suvenirlar

  1. Pechka va kaminlar yasash

tandirlar, pechkalar, kaminlar (shu jumladan ular uchun havo so‘rish qurilmalari)

  1. To‘r to‘qish, tikuvchilik va kashta tikish

kashtalar va to‘qima buyumlar hamda qo‘lda tayyorlangan kiyim-boshlarga detallar (kashtalar mashinada bajarilishi mumkin)

  1. Temirchilik ishlari

ketmonlar, chopqilar, xaskashlar, panshaxalar, pluglar, milliy qilichlar, xanjarlar va pichoqlarning barcha turlari (hunarmandchilik faoliyati sharoitlarida tayyorlashga ruxsat berilmaganlardan tashqari), kam miqdorda tayyorlanadigan temirchilik buyumlari

  1. Novdalardan buyumlar to‘qish

o‘simlik materiallaridan (qamish, tol, poxol, turli daraxtlarning shox-shabbalaridan) tayyorlangan to‘qima buyumlar

  1. Metallni ta’mirlash ishlari

uy sharoitida metalldan tayyorlangan maishiy buyumlarni ta’mirlash (kalitlarning dublikatlarini tayyorlash, soyabonlarni ta’mirlash, boshqa maishiy metall buyumlarni oddiy ta’mirlash)

  1. Mozaika ishlari

devor va ship mozaikalari, tabiiy va sun’iy materialdan mozaika pannolari tayyorlash

  1. Gulli va chokli tikishlar

turli gazlamalardan naboyka texnikasida tayyorlangan buyumlar, «batik», milliy kiyim-boshlar (xalatlar, yaktaklar, nimchalar), do‘ppilar, milliy odeyallar va ko‘rpachalar, yostiqlar, belbog‘lar, tasmalar va boshqalar

  1. Muqovalash ishlari

kitoblarning muqovalarini tayyorlash va ta’mirlash, qog‘oz varaqlarini muqovalash va tikish

  1. Duradgorlik ishlari

aholi buyurtmalari bo‘yicha duradgorlik ishlarini amalga oshirish

  1. YOyish ishlari

ko‘zgular va ko‘zgu sirtlari tayyorlash

  1. YOg‘ochga o‘yma naqsh solish ishlari

texnika vositasida yog‘ochga o‘yma naqshlar solib bajariladigan dekorativ-amaliy san’atning barcha turlari

  1. Suyakka o‘yma naqsh solish

suvenir buyumlari, kichik plastikalar, netske, qutichalar, qilich, xanjar va pichoqlar uchun soplar, inkrustatsiyani qo‘llagan holda suyakdan tayyorlangan va boshqa dekorativ-amaliy buyumlar

  1. Toshga o‘yma naqsh solish

toshdan tayyorlangan suvenir buyumlar, kichik plastikalar, qutichalar, yozuv priborlari, shamdonlar, pannolar, releflar va kontrreleflar, bareleflar, geraldika va ramzlar, toshni pardozlash yo‘li bilan tayyorlangan bezaklar va boshqa dekorativ-amaliy buyumlar

  1. Intererning antikvar predmetlarini restavratsiya qilish

antikvar predmetlarni ta’mirlash va boshqa restavratsiya ishlari, katta madaniy-tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan antikvar predmetlardan tashqari

  1. Gazlamalarga bezak tikish

gazlamalar va kiyim-bosh predmetlarini qo‘lda bo‘yash, gazlamalarga, shu jumladan trafaret bosish va qo‘lda rasm chizish yo‘li bilan rasmlar chizish

  1. Qo‘lda gilam to‘qish

gilamlar va gilamchalar, poloslar, xurjunlar, kigiz buyumlari, sholchalar, joynamozlar, o‘tovlar, juldan tayyorlangan buyumlar

  1. Qo‘lda to‘qish ishlari

natural ipakdan, ip-gazlama, jun va sintetik iplardan qo‘lda to‘qilgan atlas, beqasam, adras, salla, gazlamalar

  1. SHisha puflash ishlari

badiiy puflash usulida vositasida tayyorlangan kichik plastika, devor chiroqchalari, suvenir buyumlar, bezaklar

  1. Badiiy usulda quyish

natural va sintetik materiallardan tayyorlangan hajmli va figurali shakldagi quyma buyumlar, shuningdek kosiblik usulida (murakkab mashina va mexanizmlarni qo‘llamasdan) mis, bronza, cho‘yan, alyuminiy va po‘latdan quyish yo‘li bilan tayyorlangan buyumlar

  1. Soat ishlari (soatlarni ta’mirlash)

soat mexanizmlarini ta’mirlash va tozalash, eksklyuziv devor, polga qo‘yiladigan, kamin va qo‘l soatlarini tayyorlash

  1. O‘yish ishlari

o‘yish usulida tayyorlangan mis, latun, alyuminiy buyumlar (choynaklar, qumg‘onlar, laganlar, vazalar va utilitar hamda dekorativ-amaliy maqsaddagi boshqa buyumlar)

  1. Emallash ishlari

emal qoplamali buyumlarni tayyorlash, emal qoplamalarini ta’mirlash va tiklash

  1. Zargarlik ishlari

probaga ega bo‘lgan hamda qonunchilikda belgilangan tartibda tamg‘alanishi kerak bo‘lgan, milliy usulda tayyorlangan oltin, kumush, platina va platina guruhiga mansub metallardan tayyorlangan buyumlar




Download 233,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish