VIII. Hunarmand va shogirdlar o‘rtasidagi munosabatlar
21. Hunarmand va shogirdlar o‘rtasidagi munosabatlar o‘zaro ahdlashuv, ixtiyoriylik, mehnatga majbur qilishga yo‘l qo‘ymaslik va ijtimoiy adolat, ish muomalasi odatlariga, shuningdek mahalliy odatlarga va an’analarga rioya qilish asosida quriladi.
22. Hunarmandning shogirdlariga ish haqi to‘lash miqdori hunarmand tomonidan o‘zaro kelishuv bo‘yicha, ularning buyumlar yoki tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarishdagi mehnat ulushidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
23. Hunarmandning shogirdi tomonidan ishlab chiqarilgan buyumlar yoki tovarlar (ishlar, xizmatlar) sifatini nazorat qilish hunarmand tomonidan amalga oshiriladi.
24. Hunarmand o‘z majburiyatlari bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mulkiy javobgar bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |