Xalq dostonlari har bir millatning ma’naviy qiyofasi, uning tarixi, qadriyatlarini mukammal aks ettiruvchi bamisoli oynadir. - Xalq dostonlari har bir millatning ma’naviy qiyofasi, uning tarixi, qadriyatlarini mukammal aks ettiruvchi bamisoli oynadir.
- Ularda har bir xalqning urf-odatlari, milliy o‘ziga xosligi yaqqol ko‘rinib turadi.
Dostonchilik haqida - Dostonlar asosan do‘mbira jo‘rligida aytiladi va ijrochidan ham badihada, ham ijroda juda katta ijodiy mahorat talab qiladi.
- Folklorshunos olim T. Mirzayevning ma’lumotlariga ko‘ra, XV-XVI asrlarda yirik dostonchilik maktablari paydo bo‘lgan, XIX-XX asrlar esa dostonchilik taraqqiyotida juda rivojlangan davr bo‘lgan. XX asr boshlariga kelib baxshilarimiz ijodiy bisotida 150 dan ortiq xalq dostonlari bo‘lgan.
Ijrochilar - Dostonlarni Tilla kampir, Sulton kampir, Jolmon baxshi, Bo‘ron shoir, Jumanbulbul, Josoq, Yo‘ldoshbulbul, Yo‘ldosh shoir, Suyar shoir kabi mashhur baxshilar kuylaganlar. Keyinchalik ularning an’analari Ergash Jumanbulbul o‘g‘li, Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li, Po‘lkan, Islom shoir, Saidmurod Panoh o‘g‘li, Berdi baxshi, Umir baxshi shoir, Bola baxshi ijodida davom ettirildi.
Baxshichilik an`anasi davom etmoqda “Boysun bahori” yosh baxshilar tanlovidan Xalq baxshilari davlat e’tiborida Baxshilar maktabi - “Rustamxon” dostonining boshqa baxshilar tomonidan aytilgan qirqdan ortiq nusxasini olimlar yozib olishgan. Lekin ularning birortasi voqealarning qiziqarliligi, ifodaning ta’sirchanligi, tasvirning izchilligi, o`zbek xalqiga xos belgilarni aks ettira olish qudrati bilan Fozil Yo`ldosh o`g`li aytgan nusxaga teng kelolmaydi.
- Rustamxon yoshligidan jasur, qo`rqmas va mard bo`lib voyaga yetadi.Onasining kundoshlari tuhmat bilan dorga osdirishmoqchi bo`lganda sarosimaga tushmadim onasini jallodlar qo`lidan qutqarib “Adashganning oldi yo`l” deb yo`lga tushadi. Hukumu tog`ida qo`nim topib ovchilik bilan kun ko`radi.
- Kunlarning birida Rustam bog`lab qo`yilgan qizni ko`radi. Uning ajdarga yemish uchun turganidan [abar topadi.
- Xabarni eshitgan Rustam ajdar bilan jang qiladi.
- Ajdar vahmidan halos bo`lgan Bujul yurti Rustamni shohlikka ko`taradi va Oftoboyim bilan to`yini o`tkazadilar. Erkin hayot yo`lini tanlagan qahramonimiz yorini olib onasining oldiga qaytadi
Asar yana o`tkir syujet va qiziq voqealarga boy. Yaxshisi dostonni o`qigach, keyin bahsimizni davom ettirsak Dostondan kichik she`riy parcha - -Bolam!-deb qaytardi Rustamday uldi
- -Tavba qilib o`zi axtarib keldi
- Chopib tashla bolam, senga ne bo`ldi?
- “Rustam otasini chopibdi “ degan
- Lanqa gapni qo`zim, o`zingga olma.
Topshiriq. Quyidagi rasmlar dostonning qaysi o`rinlarini sizga eslatdi? Asarni to`liq o`qiymiz va bahs –munozara tashkil etamiz
Do'stlaringiz bilan baham: |