Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashiga



Download 16,94 Kb.
Sana23.07.2022
Hajmi16,94 Kb.
#842466
Bog'liq
Xalq deputatlari



Xalq deputatlari
Samarqand viloyati
Kengashiga

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 3-fevral kuni F-22-sonli “Xalq ta’limi tizimini isloh qilish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoyishi rahbarlik va ijro uchun qabul qilindi.


Farmoyish ijrosini ta’minlash maqsadida viloyat hokimining 2022 -yil 10-fevlar kuni 20-7-0-F/22-sonli Farmoyishi, viloyat Xalq ta’limi boshqarmasining 2022-yil 11 fevraldagi 211-sonli buyrug‘i, Xalq deputatlari Samarqand viloyati kengashining 2022-yil 4-mart kuni o‘tkazilgan VI-58-43-7-0-K/22-sonli sessiya qarori asosida vazifalar hamda chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.
Joriy yilda umumiy o‘rta ta’lim muassasalari direktorlari, pedagog kadrlar, o‘quvchilarning ota-onlari, malakali mutaxassislari va xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda, keng muhokama qilish uchun rasmiy veb-saytlarga. ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirib borilib, barcha tuman (shahar)lar kesimida xalq ta’lim tizimini isloh qilish bo‘yicha “HUDUDIY DASTUR” lar ishlab chiqildi.
Farmoyishning 1-bandiga ko‘ra xalq ta’lim tizimini isloh qilish bo‘yicha hududiy kengashlar tuzildi hamda mas’ullarga vazifalar yuklatildi.
Hududiy dasturning 16-bandida berilgan topshiriqga ko‘ra Viloyatdagi tuman (shahar)lar xalq ta’lim bo‘limlari va umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga malakali rahbar kadrlar jalb qilindi va ularning malakasini oshirish ishlari davom etmoqda. Bugungi kunga qadar ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan va olis hududda joylashgan umumta’lim maktablarda jami 214 nafar pedagoglar boshqa viloyatlar hamda tumanlardan jalb qilindi. Jumladan Navoiy v. 51 nafar, Andijon v. 40 nafar, Buxoro v. 15 nafar, Qashqadaryo v. 27 nafar, Farg‘ona v. 13 nafar, Jizzax v. 7 nafar, Toshkent shaxridan 3 nafar, Nukus shahri, Sirdaryo va Toshkent viloyatlaridan 2 nafardan va hamda viloyatdagi boshqa tumanlardan olis va chekka hududlardagi ta’lim muassasalariga 52 nafar oliy va birinchi toifali o‘qituvchilar ishga qabul qilindi. Ushbu ko‘rsatgich tumanlar kesimida quyidagicha taqsimlangan:
-Kattaqo‘rg‘on tumani 16 nafar;
-Qo‘shrabot tumani 51 nafar;
-Payariq va Paxtachi tumanilariga 2 nafardan;
-Nurobod tumani 143 nafar oliy va birinchi toifali pedagoglar jalb etilgan.
Bundan tashqari dasturning 35-bandi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 28 yanvar kuni maktab ta’limini rivojlantirishga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlarga asosan joriy yil 10 fevral kuni Samarqand viloyati hokimining 22-sonli farmoyishi qabul qilingan bo‘lib, ushbu vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida maktab o‘qituvchilariga metodik yordam beruvchi “Mobil metodik guruhlar”ni tashkil etish belgilangan.
Xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Sh. Sultonov ishtirokida boshqarmaning bo‘lim boshliqlari, Metodik xizmat bo‘limi metodistlari va Malaka oshirish hududiy markaz professor-o‘qituvchilari bilan mobil metodik guruhlarning ish faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha tanqidiy yig‘ilish o‘tkazildi.
“Mobil metodik guruh”lar faoliyati bugungi kunning eng dolzarb masalasi va eng e’tibordagi mavzu bo‘lib turibdi. Chunki, "Samarqand tajribasi" sifatida tashkil qilingan mazkur tuzilmaning maqsadi o‘qituvchilar salohiyatini oshirish va buning natijasida o‘quvchilarning ta’limga bo‘lgan munosabatini o‘zgartirishdan iborat. Ammo joylarda ba’zi mas’ullarning mazkur masalaga jiddiy e’tibor qaratmay kelayotganligi boshqarma boshlig‘ini tashvishga solmoqda. Shuning uchun kuni kecha barcha tumanlarga boshqarma xodimlari biriktirilib, mavjud muammolarni aniqlash va bartaraf etish vazifasi berilgan edi. Bugun aniqlangan kamchiliklar tanqidiy ruhda muhokama qilinib, amalga oshirigan ishlar to‘g‘risida fikr almashildi.
Hududiy dasturning 34-bandi ijrosini ta’milash maqsadida Samarqand viloyatida fan olimpiadasining geografiya, o‘zbek tili, tojik tili, tarix, ona tili va adabiyoti fanlaridan respublika bosqichi bo‘lib o‘tmoqda. Olimpiadaning ochilish marosimida Xalq ta’limi vazirligi mas’ullari, viloyat hokimi o‘rinbosari Xurshid Ochilov, boshqarma boshlig‘i Shokir Sultonov ishtirok etib, olimpiada qatnashchilariga omad tilashdi. Xabar berilganidek, joriy yilning 9-10-iyun kunlari Toshkent shahrining 102-sonli maxsus maktab-internatida Imkoniyati cheklangan maxsus maktab-o‘quvchilari uchun asosiy olimpiadaning IV (respublika) bosqichi o‘tkazildi.
Ushbu olimpiadada Samarqand shahridagi 59-sonli maxsus maktab- internatining 11-12-sinf o‘quvchilari 1- va 2-o‘rinlarni qo‘lga kiritishdi. Jumladan, 11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida ona tili va adabiyoti fanidan Sherbek Islomov 1-o‘rinni, 12-sinf o‘quvchilari o‘rtasida matematika fanidan 12-sinf o‘quvchisi Murodjon Polvonov 2-o‘rinni, ona tili va adabiyoti fanidan Rayhona Sharafova 2-o‘rinni egallashdi.
Viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Shokir Sultonov olimpiada g‘oliblari bilan uchrashib ularni ushbu ulkan muvaffaqiyat bilan tabrikladi hamda kelgusidagi o‘qish va ishlarida zafarlar tiladi.
Hududiy dasturning 60-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 4-5-aprel kunlari Samarqand viloyatidagi “Barkamol avlod” bolalar maktablari hamda IT va STEAMga ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktablarining AKT yo‘nalishidagi mutaxassislari malakasini oshirish, ularda zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish maqsadida Janubiy Koreyalik mutaxassislar bilan hamkorlikda 2 kunlik o‘quv-trening tashqil qilindi. Ushbu o‘quv-treningning 1-kunda "Bir million dasturchi" loyihasi doirasidagi kurslarni o‘zlashtirish bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalar berilgan bo‘lsa, o‘quv-trening 2-kunida "Ta’limda frilanserlik xizmati va robototexnika" mavzusida amaliy-seminar bo‘lib o‘tdi.
Shu bilan birga Xalq ta’limi tizimini yanada rivojlantirish, sohaga doir yangi tashabbuslarni ilgari surish va ularni qo‘llab-qo‘vvatlash, ta’lim va tarbiya sifatiga bevosita va bilvosita ta’sir qilish choralari ko‘rilmoqda. Hududdagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini jixozlanishini va infratuzilmasini tahlil qilish bo‘yicha har oyda 2 ta tuman (shahar) larning taqdimotlari tayyorlanib Respublika va viloyat Kengashiga takliflar berilmoqda.
Buguni kunda “HUDUDIY DASTUR” ning bajarilishi bo‘yicha viloyat, tuman va (shahar)larda ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirib borilmoqda.

Boshqarma boshlig‘i, Kyengash o‘rinbosari: Sh. Sultonov
Download 16,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish