XALQ BAXSHILARI VA ULARNING DOSTONCHILIKDAGI O’RNI BAJARDI: Abdullayeva Ozoda TEKSHIRDI: Sharopova Nafisa Reja: - Xalq dostonlari va ularning tasnifi;
- Dostonchilik maktablari;
- Baxshichilik san’ati;
- Xalq baxshilari namoyondalari.
XALQ DOSTONLARI VA ULARNING TASNIFI O’zbek xalq dostonlari mavzu doirasiga ko’ra quyidagi turlarga bo’linadi: - Qahramonlik dostonlari (“Alpomish”);
- Ishqiy-romanik dostanlar(“Ravshan”), (“Kuntug’mish”);
- Jangnoma dostonlari(“Yakka Ahmad”);
- Kitobiy dostonlar(“Sayyod va Hamro”), (“Oshiq G’arib va Shohsanam”);
- Tarixiy dostonlar (“Oysuluv”).
“ALPOMISH” dostoni Dostonchilik maktablari
Umumlashgan puxta epik an’ana doirasida ma’lum baxshi yoki baxshilar guruhiga xos alohida ijodiy xususiyatlar,yo’llar,uslublar o’zgachaligi mavjud. Folklorshunoslikda buni shartli ravishda dostonchilik maktablari deb yuritiladi.
Hozirgi kunda o’zbek folklorshunosligida Bulung’ur,Qo’rg’on,Shahrisabz,Sherobod, Janubiy Tojikiston,Xorazm kabi poetik dostonchilik maktablari- baxshichilik san’atining ajoyib markazlari aniqlangan.
DOSTONCHILIK MAKTABLARI BAXSHICHILIK SAN’ATI - Xalq dostonchilarini O’zbekistonning ayrim yerlarida baxshi so’zidan boshqa nomlar bilan ham yuritiladi. Masalan, Surxondaryo va Qashqadaryoning ayrim joylarida yuzboshi, Janubiy Tojikiston o’zbeklari orasida soqi, Surxondaryo va Janubiy Tojikistonning ayrim joylarida sozanda, Farg’ona vodiysida sanovchi, ayrim tumanlarda jirov, jirchi, oqin,oxun, Xorazmda xalfa va hokazo.
- Epik asarlarni keng mehnatkashlar ommasi orasida kuylashda, ularni avloddan avlodga yetkazishda har doim baxshilar yetakchilik qilganlar. O’tgan asrda ikki yuzdan ortiqroq dostonchi aniqlandi va ro’yxatga olindi. Ulardan Jumanbulbul, Josoq, Bo’ron shoir, Jolmon baxshi, Sulton kampir, Tilla kampir, Xonimjon xalfa, Bibi shoira, Qurbonbek, Xidir shoir, Yo’ldosh shoir, Suyar shoir, sherna yuzboshi, Haybat soqilar xalq orasida shuhrat qozongan.
Ergash jumanbulbul o’g’li Ergash shoir 1868-yilda Jumanbulbul oilasida dunyoga keladi. Avval qishloq maktabida. So’ngra 17 yoshidan boshlab Buxorodagi madrasalardan birida o’qiy boshlaydi. Ergash shoir Buxoro madrasalarida Alisher Navoiy, Fuzuliy, Mashrab ijodi bilan yaqindan tanishadi. Bu fazilat , shubhasiz, baxshiga ijro etilajak dostonlar kompozitsiyasi, syujetining badiiy mukammal ishlanishida foyda berdi. “Ravshan”, “Kuntug’mish” dostonlari “uch marta haydalgan”ligi bilan ajralsa, “Alpomish”,”Qunduz bilan Yulduz”, “Dalli “, “Xush keldi”,”Avazxon”,”Xasanxon” lar zaminini o’z mahorati bilan haydashga urindi. Ergash Jumanbulbul o’g’li 1937-yil 12-may kuni 69 yoshida og’ir kasallikdan vafot etdi. Zukko baxshidan qolgan badiiy meros bugungi kunda yurtimiz kelajagi uchun xizmat qilmoqda. Fozil yo’ldosh o’g’li Fozil Yo’ldosh o’g’li 1872-yilda Samarqand viloyati Bulung’ur tumaniga qarashli Bo’dana hududidagi Loyqa qishlog’ida Yo’ldosh aka oialsida tug’iladi. Fozil shoir “Alpomish”, “Yodgor”, “Shirin bilan Shakar”, “Murodxon”, “Rustamxon”, “Malika ayyor”, “Mashriqo”, “Intizor”, “Balogardon”, “Nurali”, “Jahongir”, “Farhod va Shirin” kabi qirqqa yaqin dostonlarni yod bilgan va istalgan paytda aytib bera olgan.Fozil Yo’ldosh o’g’lining o’nlab dostonlari xalq og’zaki ijodi turkumida yuzlab bosma toboqlarda nashr etildi. Bugungi kunda baxshidan yozib olingan terma va dostonlar, uning ijodi tahlil qilingan kitob va maqolalar soni 500ga yetdi. Fozil Yo’ldosh o’g’li 1955-yilda 83 yoshida o’z qishlog’ida vafot etdi. Xullas, Fozil Yo’ldosh o’g’li o’zbek dostonchiligida mashhur va ulkan baxshi sifatida shuhrat topgan xalqimizning asl farzandidir. Cholg’u asboblari E’tiboringiz uchun rahmat!
Do'stlaringiz bilan baham: |