Xalq banki 1875 Aksiyadorlik tijorat Xalq banki O'zbekistonning qadimiy banklaridan biri hisoblanadi. Toshkentda birlamchi jamg'arma kassalar 1875-yilda tashkil etilgan
Xalq banki
6mm-20 - guruh talabasi Jo'rayev Sirojiddin
Xalq banki
1875 - Aksiyadorlik tijorat Xalq banki O'zbekistonning qadimiy banklaridan biri hisoblanadi. Toshkentda birlamchi jamg'arma kassalar 1875-yilda tashkil etilgan.
1995 - O'zbekiston Respublikasi Hukumatining 1995-yil 4-oktabrdagi Qaroriga asosan «O'zjamg'armabank» Davlat-tijorat Xalq banki etib qayta tashkil etildi.
2015 - O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 24-apreldagi “Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PF-4720-sonli Farmoniga asosan bank nomi “Aksiyadorlik tijorat Xalq banki” nomiga o'zgartirildi.
Xalq banki bugun
Hukumatning doimiy ravishda qo'llab-quvvatlashi tufayli Xalq bankining salohiyati yanada oshib bormoqda. Mustaqillik yillarida Xalq banki mamlakat iqtisodiyotining pul-kredit sohasidagi islohotlar jarayonida hukumatning moliya agenti sifatida faoliyat olib borib, zimmasiga yuklangan mas’uliyatli vazifalarni doimiy ravishda ado etib kelmoqda. Bank o'z salohiyatini barqarorlashtirish, aholining ishonchini qozonish, mamlakat bank xizmatlari bozoridagi o'z mavqei va rolini mustahkamlash uchun barcha sa'y-harakatlarini safarbar etmoqda.
Bugungi kunda Xalq banki O'zbekiston bank tizimining muhim bo'g'ini hisoblanadi. Uning 196 ta hududiy va tuman (shahar) filiallari, 106 ta Bank xizmatlari markazlari va 2260 ga yaqin kassalar iqtisodiyotning real sektoriga – kichik biznes subyektlari va aholiga keng qamrovli bank xizmatlarini ko'rsatib kelmoqda.
Xalq bankining asosiy vazifalaridan biri O'zbekistonning keksa fuqarolarini nafaqalar bilan o'z vaqtida ta'minlashdan iborat. O'zbekiston Respublikasi «Fuqarolarning jamg'arib boriladigan pensiya ta'minoti to'g'risida»gi Qonuniga asosan fuqarolarning davlat pensiya ta'minotiga qo'shimcha tariqasida jamg'arib boriladigan pensiya ta'minoti tizimi yo'lga qo'yilgan. Xalq banki yagona, o'z filiallarini bir-biri bilan bog'lovchi va yetarlicha himoyalovchi elektron baza yaratish uchun ko'p ishlarni amalga oshirdi.
Xalq banki jamoasi doimiy ravishda o'z oldiga yangi strategik maqsad va vazifalarni qo'yib keladi. Ayni paytda mazkur qadam mijozlarga xizmat ko'rsatishning sifat jihatidan yangi darajasiga chiqishga, raqobatbardosh pozitsiyaga erishishga, investitsion jozibadorlikni ta'minlashga, boshqaruv va texnologik jarayonlarni modernizatsiyalash hisobiga moliya xizmatlar bozorida qator ko'rsatkichlar bo'yicha peshqadam pozitsiyani egallashga xizmat qilmoqda.
2012 - yildan boshlab Xalq banki yuqori darajadagi xalqaro reytinglarga ega bo‘lib kelmoqda.
2019 - yil Xalq banki tarixida ilk marotaba “Moliyaviy hisobot xalqaro standartlari"ning 9-standarti amaliyotga tatbiq etildi hamda “ISO 9001:2015” xalqaro muvofiqlik sertifikati olindi.
2021 - yilning avgust oyida Xalq banki reytingi “Fitch Ratings” xalqaro reyting agentligining “BB-/B” -“Barqaror” reytingiga hamda “Standard and Poors” xalqaro reyting agentligining “B+/B” reytingiga ega boʻldi. 2021 - yilning avgust oyida “Standard and Sensitive Rating” agentligi tomonidan milliy shkala bo‘yicha “uzA+” - “Barqaror” reytingi tasdiqlandi. Ushbu reyting Xalq banki tomonidan milliy shkala bo‘yicha kreditga layoqatlilik ko‘lamini kengaytirish borasida amalga oshirilgan ijobiy ishlarni aks ettiradi.
Bank kapitali
Bizning moliyaviy ko‘rsatkichlarimiz barqaror o‘sish dinamikasiga ega. Bugungi kunda Xalq bankining jami kapitali 4 929 336,5 mln. so‘mni tashkil qiladi. 2020-yil 1-oktabriga nisbatan 3,5% ga o‘sgan.
Jalb qilingan aholi omonatlari
2021-yilning 1-oktabr holatiga aholi omonatlari 7 189 757,0 mln. so‘m bo‘lib, 2020-yil 1-oktabriga nisbatan 14,7 foizga o‘sgan.
Bank kredit qo‘yilmalari
2021 - yilning 1-oktabr holatiga bankning kredit qo‘yilmalari 21 019 047,4 mln. so‘m bo‘lib, 2020-yilning 1-oktabrga nisbatan 20,5 % ga oshgan 2021 yil.
Bank strukturasi
• Xalq banki filiallari – 196 ta; • Bankdan tashqari tashkil etilgan kassalar – 307 ta; • 24/7 shoxobchalari – 423 ta; • Bank xizmatlari markazlari – 106 ta; • Valyuta ayirboshlash shoxobchalari – 261 ta; • Xalqaro pul o‘tkazmalari shoxobchalari – 297 ta; • Bank kassalari (jamg‘arma kassa, maxsus kassa, universal kassa va boshqalar) – 817 ta; • Ko‘chma (sayyor) kassalar – 1443 ta. Bank Ustavining 15-bandiga asosan:
Bank o‘z aksiyalarini sotib olish uchun Markaziy bankdan oldindan ruxsat olishi shart. Bank sotib olgan o‘z aksiyalarining miqdori bank ustav kapitalining o‘n foizidan oshmasligi kerak.
Bank o‘z aksiyalarini sotib olish uchun oldindan ruxsat olish maqsadida bank o‘z aksiyalarini sotib olish sabablarini ko‘rsatib, bank aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishining qarori va arizasini Markaziy bankka taqdim etadi.
THANKS