Xalikulova zuxraning oila pedagogikasi fanidan mavzu: oila tarbiyasi boshqariladigan tizm


Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan



Download 2,52 Mb.
bet2/2
Sana17.07.2022
Hajmi2,52 Mb.
#813452
1   2
Bog'liq
XALIKULOVA ZUXRA 19-6 OILA PED 1

Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan voyaga etmagan bolalar, shu jumladan tarbiya va davolash muassasalarida, aholini ijtimoiy himoyalash muassasalaridagi bolalar oilaga tarbiyaga beriladi.
Bolalarni oilaga tarbiyaga olish ixtiyoriy bo‘lib, u vasiylik va homiylik organlari bilan bolani olish istagini bildirgan shaxslar o‘rtasida tuzilgan maxsus shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Ota-onalar qarovisiz qolgan bolani tarbiya qilish uchun olishni istaydiganfuqarolar tutingan ota-onalar deb ataladi, ushbu oila esa farzandlikka olgan oila hisoblanadi.
Oilaga tarbiyaga berilgan bolalar o‘z huquq va manfaatlarini himoya qilish, ota-onasi va qarindoshlari bilan ko‘rishish huquqiga ham egadirlar.
Oilada o‘z manfaatiga daxldor har qanday masala hal qilinayotganida bola o‘z fikrini bildirishga haqlidir.
Bolalarni tarbiyaga olgan shaxslar o‘z huquqlaridan g‘arazgo‘ylik yoki boshqa past niyatlarda, tarbiyasidagi bolalarga zarar keltirgan holda foydalansalar, shuningdek ularni nazoratsiz hamda zarur moddiy yordamsiz qoldirsalar, vasiylik va homiylik organi bolalarni tarbiyaga olgan shaxslarni javobgarlikka tortish masalasini qo‘zg‘atishga haqli.
V asiylikka olinganning zarariga g‘arazli maqsadlarni ko‘zlab vasiylikdan yoki homiylikdan foydalanish yoki uni nazoratsiz va zarur moddiy yordamsiz qoldirish jarimaga sabab bo‘ladi.
Bolalarni oilaga tarbiyaga berishda vasiylik va homiylik organlari ularga bir yo‘la kiyim-bosh va poyabzal beradi, bolani oilaga tarbiyaga olgan shaxsga esa, oilaga tarbiyaga olingan bolaning ta’minoti uchun har oyda nafaqa to‘lab turadi.
Oilaga tarbiyaga olingan bola uchun kiyim-bosh va poyabzal sotib olishga ajratilgan mablag‘lar tutingan ota-onalarga naqd pul shaklida yoki ularning bank plastik kartasiga pul o‘tkazish yo‘li bilan beriladi.
Tutingan ota-onalarga o‘z tarbiyasiga olgan har bir bola uchun har oylik nafaqa xalq ta’limi boshqarmalari orqali har oyning 10 sanasiga qadar to‘lanadi.

Oila jamiyatning bir bo‘lagi. Shunday ekan, inson shaxsini shakllantirish oiladan boshlanadi. Oila murakkab ijtimoiy gurux bo‘lib, biologik, ijtimoiy, axlokiy, mafkuraviy va ruxiy munosabatlarning birlashuvi natijasida vujudga keladi. Oila tor maishiy tushuncha emas, balki u ijtimoiy jamoadir. Shu sababli oilalar birlashib jamiyatni tashkil etadi.


Jamiyatdagi o‘zgarishlar oilaga ta’sirini ko‘rsatganidek, oiladagi o‘zgarishlar ham jamiyatga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Buni biz 1998 yil mamlakatimizda “Oila yili” deb e’lon kilinishi misolida ko‘rishimiz mumkin. Shu munosabat bilan xukumatimiz ishlab chikkan tadbirlar oilani ijtimoiy muxofaza kilish, oilada yoshlar tarbiyasiga e’tiborni kuchaytirish, oilaning huquqiy tamoyillarini kengaytirish va boshka oilani mustaxkamlash bilan boglik masalalarga karatildi. Prezidentimiz I.A.Karimov aytganlaridek: ”Xalkimiz kadim-kadimdan oilani mukaddas deb bilgan. Oila axil va totuv bo‘lsa, jamiyatda tinchlik va hamjixatlikka erishiladi, davlatda osoyishtalik va barkarorlik xukm suradi. Oila farovonligi - milliy farovonlik asosidir”.
Shuni unutmaslik lozimki, farzandlarimizning har tomonlama kamol topishi uchun kulay sharoitlar yaratilsagina oila tarbiyasi muvaffakiyatli bo‘lishi mumkin. Yosh avlod xayotining ko‘p kismi oilada o‘tadi. Shu boisdan turmushning murakkab muammolari bilan oilada tanishadilar. Oiladagi mavjud an’analar, urf-odatlar, rasm-rusumlar va marosimlarning ijobiy ta’sirida yigit-kizlar asta-sekin kamol topib boradilar. An’ana va marosimlar tarbiyaning kudratli kuroliga aylanadi.
Kelajagimizning kanday bo‘lishi xozirgi kunda biz tarbiyalayotgan yoshlarga boglik.Bu konuniyat oilaning tarbiya borasidagi faoliyatiga ham boglik. Oilaviy tarbiyaning murakkabligi shundaki, har bir oila o‘ziga xos bir olam. U tarbiya ishida ham o‘ziga xos xususiyatlarni namoyon kiladi.
Oilaviy tarbiya ijtimoiy tarbiya bilan uzviy alokada bo‘lsagina, o‘sib kelayotgan yosh avlod farovonligini ta’minlash mumkin. Oila tarbiyasidagi yutuklar ota-onalarga pedagogik bilimlar berish, oilaviy tarbiya bo‘yicha tajribalar almashishi, ota-onalarni tarbiyaviy ishlarga kizgin jalb kilishga ham boglikdir.
Har bir ota-ona o‘z farzandlarini tarbiyalash borasidagi burch va mas’uliyatlarini chukur anglashlariga boglikdir. Bundan tashkari normal oilaviy muxit, ota-onaning obro‘si, to‘gri kundalik rejim, bolani kitobga va o‘kishga, mexnat kilishga o‘z vaktida jalb kilishlari ham muvaffakiyat garovidir.
Ko‘rinib turibdiki, kadimdan ham, bugun va ertaga ham, bundan keyin ham aklli, farosatli, tafakkuri chukur - bir so‘z bilan aytganda kamolotli farzand tarbiyalash muammosi dolzarbdir. Xalk bunday fazilatli insonlarni sevadilar, e’zozlaydilar va xurmat kiladilar. Bunday tafakkurga boy kamolotli farzand tarbiyasining sarchashmasi oiladan boshlanadi. Oila ana shunday tabarruk kal’adir. U kanday kurilishi lozim? Oila o‘zi nima va uning maksad, vazifalari nimalardan iborat?
Oila – voyaga yetgan ikki jinsning sevish, ardoklash, xurmat kilish asosida, ixtiyoriy ravishda, kalb xohishi bilan tuzilgan konuniy ittifokidir.
Mo‘’jazgina bir kal’a kurildi. Endi bu kal’ada bekinmachok o‘ynalmaydi. Y oshlikdagi o‘yinkaroklik, beboshlik, erkalik, beparvolik o‘rnini sezgirlik, mas’uliyat, andisha, javobgarlik kabi fazilatlar egallay boshlaydi. Bunga har bir yosh tayyorlanib, mas’uliyat ko‘nikmasini his kilib, oila maksad va vazifalarini tushunib, ukib bormogi lozim.Oila maksadi – ikki jinsning o‘zaro kelishuvi asosida farzandni dunyoga keltirish hamda tabiat va jamiyatning davomiyligini ta’minlash.
Oila vazifasi – er-xotinning birgalikda xo‘jalik yuritish asosida oilani ham ma’naviy, ham iktisodiy jixatdan ta’minlash hamda jamiyatga soglom, aklli, har tomonlama barkamol farzand tarbiyalash.
2. Ota-onaning farzand oldidagi va aksincha farzandning ota-ona oldidagi burchlari
Komil farzandli bo‘laman, baxtli oila kuraman degan maksad bilan oila kurdingiz. Ammo bu maksadga erishish farzand tarbiyalashdagi muxim omillarni, farzand oldidagi burchlarni bilib ish ko‘rishni takozo etadi.


Download 2,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish