Xalifalikka qarshi xalq noroziligi



Download 15,8 Kb.
bet1/2
Sana24.03.2022
Hajmi15,8 Kb.
#508072
  1   2
Bog'liq
qo\'zgolonlar


Xalifalikka qarshi xalq noroziligi
Tayanch tushunchalar: xalq noroziligi, G‘urak va Divashtich qo‘zg‘olonlari, moliyaviy islohot, umaviylar, “Oq kiyimlilar” qo‘zg‘oloni, Muqanna, Rofe ibn Lays.
Qo‘zg‘olonning sabablari.Xalifalikning talonchilik siyosati mahalliy xalqni barcha haq-huquqlardan mahrum etdi. Madaniyatning oyoqosti qilinishi, arab tili, yozuvi va xalifalik qonun-qoidalarining zo‘rlik bilan joriy etilishi natijasida mahalliy xalq orasida norozilik tobora kuchayib, qo‘zg‘olonlar ko‘tarilishiga sabab bo‘ldi.Xalifa Umar ibn Abdulaziz (717–719) murakkab vaziyatni hisobga olib, bo‘ysundirilgan yerli xalqlar bilan kelishish siyosatini amalga oshirishga majbur bo‘ldi. U yangi yerlarni bundan buyon zabt etishni to‘xtatish hamda moliyaviy islohot o‘tka zish to‘g‘risida farmon berdi. Bunga binoan musulmon arablar bilan bir qatorda islomni yangi qabul qilgan mahalliy xalqlardan xiroj va jizya soliqlarini olish bekor qilindi. Biroq Movarounnahr zodagonlarining ko‘pchiligi o‘zini haqiqiy musulmon deb hisoblab, soliq to‘lamay qo‘yadi. So‘ngra xalifalik ma’muriyati bir yo‘la hammadan jizya olish haqida buyruq beradi. Natijada Movarounnahrda yoppasiga islomdan chiqish va eski dinlarga qaytish boshlanadi. Buning oqibatida mahalliy mulkdorlar bilan arab ma’-mu riyati o‘rtasida ziddiyat keskinlashib, butun mamlakatda bosqinchilarga qarshi xalq qo‘zg‘olonlari ko‘tariladi.
Qo‘zg‘olonlarning boshlanishi. Bunday qo‘zg‘olonlardan biri 720-yilda Sug‘dda boshlandi. Qo‘zg‘olonga Sug‘d ixshidi G‘urak va Panjikent hokimi Divashtich boshchilik qiladilar.Sug‘dliklarga yordam berish uchun Yettisuvdan turk lashkarlari keladi. Sug‘ddagi barcha hokimliklar aholisi ko‘tariladi. Qo‘zg‘olonchilarning birlashgan kuchlari arablarga qattiq zarba beradilar. Faqat ayrim shahar va qal’alar ichida qurshovda qolgan arab istilochilari katta o‘lpon va e’tiborli vakillarini qo‘zg‘olonchilar ixtiyoriga garovga berish bilan jon saqlaydilar.
Qo‘zg‘olonchilarga yon berilishi. Movarounnahr aholisini tinchlantirish va arablar hokimiyatini mustahkamlash maqsadida Xuroson noibi Ashros Islom dinini qabul qilganlardan xiroj va jizya soliqlarini olmaslikka qaror qiladi. Bu aholini tinchlantirishga qaratilgan vaqtinchalik tadbir edi. Zodagon dehqonlarning ko‘pi o‘z chokarlari va kadivarlari bilan islomni qaytadan qabul qilib, arablar tomoniga o‘tadilar. Xurosonning yangi noibi Nasr ibn Sayyor (738–748) mamlakatda o‘z mavqeyini mustahkamlab olish maqsadida moliya islohoti o‘tkazadi. Islomni yangi qabul qilgan kishilar jizyadan ozod etildi. Barcha musulmonlar huquq jihatdan tenglashtiriladi, yer egasining e’tiqodidan qat’i nazar ularning xiroj to‘lashi shart qilib qo‘yiladi.Oliy martabali arab lashkarboshilari bilan mulkdor dehqon lar o‘rtasidagi qon-qarindoshlik aloqalari o‘rnatiladi. Ayni vaqtda o‘zi ham namuna ko‘rsatib, Buxorxudotning qiziga uylanadi. Bunday siyosat natijasida arablar bilan mahalliy zodagonlar o‘rtasida ma’lum darajada ittifoq yuzaga kela boshladi.
* Islohot – mavjud tartibni o‘zgartirish
* Farmon – qonun kuchiga ega bo‘lgan buyruqharakatlariga barham bera olmaydi. Movarounnahr xalifalikdagi eng notinch va isyonkor o‘lkalardan biri bo‘lib qolaveradi.

Download 15,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish