Oq kiyimlilar” qo‘zg‘oloni. Movarounnahrda yana bir xalq qo‘zg‘olonlardan biri 769–783-yillarda bo‘lib o‘tgan. Qo‘zg‘olonchilar oq libos kiyganlari uchun tarixda u “Oq kiyimlilar” qo‘zg‘oloni nomi bilan tilga olinadi. Bu harakatning rahbari Hoshim ibn Hakim ismli hunarmand bo‘lgan. U boshi va yuziga ko‘k parda tutib yurganligi uchun uni “Muqanna”, ya’ni “Niqobdor” laqabi bilan atashgan. Muqanna Xurosonda kichik lashkar boshidan vazirlik darajasigacha ko‘tarilgan. Muqanna ajnabiylar hukmronligi va zulmiga qarshi qo‘z g‘alishga da’vat qilib, Mova rounnahrga yo‘l oladi va o‘z yaqinlari bilan Naxshab va Kesh shahriga yetib boradi. Kesh yaqinida tog‘ tepasiga bino qilingan Som qal’asini o‘z qarorgohiga aylantiradi. Tez orada butun Qashqadaryo vohasi “Oq kiyimlilar” qo‘liga o‘tadi. Natijada “Oq kiyimlilar” harakati kengayib, katta xalq qo‘zg‘oloniga aylanadi. U ayniqsa Sug‘dda avj olib, Eloq (Ohangaron) vodiysi va Shoshga ham o‘zining ta’sirini o‘tkazadi. Qo‘zg‘olonda turli tabaqalar qatnashadi.“Oq kiyimlilar” qo‘zg‘oloniga zarba berish uchun xalifa Mansur 775-yilda katta harbiy kuchni Movarounnahrga safarbar qiladi. Dastlabki to‘qnashuvlarda arab qo‘shinlari katta talafotlar berib, Samarqandga chekinadilar. Biroq to‘rt oy davom etgan kurashdan so‘ng qo‘zg‘olonchilar mag‘lubiyatga uchraydi.Narshax va Samarqandda “Oq kiyimlilar” yengilgach, mahalliy mulkdor tabaqa vakillari arablarga yordam bera boshlaydilar. Kurashning oxirgi bosqichi Kesh vodiysida bo‘lib o‘tadi. 783-yilda Muqannaning Som qal’asidagi qarorgohi qamalga olinadi. Uzoq davom etgan qamaldan so‘ng kurashdan tinkasi qurigan qo‘zg‘olonchilar taslim bo‘ladilar. Istilochilarga taslim bo‘lishni istamagan Muqanna o‘zini yonib turgan tandirga tashlab halok bo‘ladi.“Oq kiyimlilar” uyushqoqlik bilan harakat qila olmaganligi qo‘zg‘olon yengilishining asosiy sababi bo‘ldi. Ikkinchidan, xalq harakatining ommalashib ketishidan cho‘chigan mahalliy mulkdorlar birin-ketin arablar tomoniga o‘tib ketgan lar. Uchinchidan, qo‘zg‘olonning uzoq davom etganligi mehnatkashlarni holdan toydirgan.
* Muqanna (taxm. 719–783) – Movarounnahrda Arab xalifaligi hukmronligiga qarshi ko‘tarilgan ozodlik harakatining boshlig‘i. Marv shahri yaqinidagi Koza qishlog‘ida tug‘ilgan. Asl ismi Hoshim ibn Hakim bo‘lib, Narshaxiyning yozishicha,u ko‘p o‘qigan, g‘oyat ziyrak bo‘lib, kimyogarlik, sehr va tilsim ilmlarini o‘rgangan. Arab, fors tillarini yaxshi bilgan. “Muqanna” laqabi bilan mashhur bo‘lgan. Mazdak g‘oyalariga asoslangan ijtimoiy tenglik va erkin hayotga da’vat etuvchi ta’limotni targ‘ib etgan. Qo‘zg‘olon mag‘lubiyatga uchragach, o‘zini olov yonib turgan tandir ichiga tashlab, halok bo‘lgan. Hаmid Оlimjоn Muqanna jаsоrаtigа bаg‘ishlаngаn “Muqаnnа” drаmаsini, Sаdriddin Аyniy “Muqаnnа isyoni” tаriхiy-аdаbiy оchеrkini yozgаn.
769–783-YILLARDA “OQ KIYIMLILAR”QO‘ZG‘OLONI
Qo‘zg‘olon bostirilgan bo‘lsa-da, istilochilarga qarshi mahalliy xalq harakati uzil-kesil to‘xtab qolmadi. 806-yilda arab lashkarboshchisi Rofe ibn Lays boshchiligida xalifalikka qarshi yana qo‘zg‘olon ko‘tariladi. Qo‘zg‘olon Samarqanddan boshlanib Shosh, Farg‘ona, Buxoro, Naxshab va Xorazm viloyatlariga tarqalgan. Tez orada mazkur viloyatlar xalifalik qo‘lidan keta di. Xuroson noibi Ma’mun dehqonlardan bo‘lgan Somonxudotning nabiralari: Nuh, Ahmad va Yahyolardan iltimos qilib, ulardan yordam so‘raydi. Ular Rofe ibn Laysni qo‘lga olib, uni xalifaga taslim bo‘lishga majbur qiladilar. Shu tariqa navbatdagi xalq harakati ham bostiriladi.Mahalliy xalqlarning istilochilarga qarshi kurashlari behuda ketmadi. Asta-sekin xalifalikning hukmronligi zaiflasha bordi. Bu hol Movarounnahr aholisining ozodlikka erishuvini tezlashtirdi.
Mavzu bo’yicha savollar.
1.Ayting-chi, nega Movarounnahr aholisi qo‘zg‘olonlar ko‘targan?
2.Xuroson noiblari Movarounnahr aholisini tinchlantirishga
nega harakat qilganlar va ular qanday siyosat yuritdilar?
3. G‘urak va Divashtich qayerdagi qo‘zg‘olonga boshchilik
qilganlar? Ular haqida qo‘shimcha adabiyotlardan ma’lumotlar
to‘plang.
4.“Oq kiyimlilar” qo‘zg‘oloni nega yengilgan? Muqanna haqida qo‘shimcha ma’lumotlar to‘plang.
5.Rofe ibn Lays boshchiligida qo‘zg‘olon qay tariqa bostiriladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |