Xajmiy rejalashga oid yechimlarga qo`yilgan talablar



Download 28,19 Kb.
Sana14.06.2022
Hajmi28,19 Kb.
#670717
Bog'liq
Xajmiy rejalashga oid yechimlarga qo`yilgan talablar


Xajmiy rejalashga oid yechimlarga qo`yilgan talablar
O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgan davrdan boshlab Xukumatimiz tomonidan arxitektura va shaharsozlik sohasiga asosiy e'tibor berilib, shaharsozlik sohasi faoliyatida bir qator O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari va Vazirlar Mahkamasining ushbu soha yuzasidan qarorlari qabul qilindi.
Yurtboshimiz tashabbuslari bilan avtomobil sanoatiga, ko’prik tonnellar va katta magistrallar qurilishi, savdo-sotiq, xususiy mulkchilik va xususiy tadbirkorlikka katta e’tibor berilmoqda. Shu sabab yurtimizning barcha shahar va qishloq yerlarida inson manfaatlarini ko’zlab jadal suratlarda qurilish ishlari olib borilmoqda. Respublikamizda oxirgi 20 yillikda avtomobillar kundan - kunga ko'payayotganligi sababli, transport qatnovini yaxshilash, tartibga solish. qulaylik yaratish maqsadida yangi yo'llar barpo etildi.
Metropolitenlarni yaratish o'tmishda ham hozirgi vaqtda ham ko'plab maqsadlar singari sezilarli vazifalarni ham amalga oshirishga erishishda o’z aksini topgan va bundan keyin ham shunday bo’ladi. Ko'p vaziyatlarda yo'l inshootlari qurilishini ochiq holda moiiyalashtirish hukumat darajasidagi yechimlar asosida qabul qilingan va qilinmoqda.
Arxitekturaning asosiy vazifasi - inson omili uchun, qolaversa uning butun hayot-faoliyati uchun muhit yaratish va uni qurilish konstruktsiyalari yordamida bevosita tashkil etishdan iboratdir.
Arxitekturaning ijtimoiy va g’oyaviy funktsiyalari tarixiy rivojlanish jarayonida turli xil konstruktsiyalar ko’rinishida o’z ifodasini topdi va mazkur jarayonda qollanilgan texnik vositalar insoniyat kayfiyatidan kelib chiqib turlicha shaklga ega bo'ldi.
Konstruktsiyalar shakli bilan badiiy arxitektura shakllanishining uzviyligi memorchilik sana’ti davomining eng asosiy va muhim muammolaridan biri hisoblanadi.Chunki, qachonki har bir konstruktsiya arxitekturaviy asar (na’muna) ning muhim elementi bo’lishi uchun (texnik vosita ko'rinishida). ularning qollanishi aniq va funktsional yo’nalgan vazifalarni ifodalashi shart. Bu omilsiz hech qanday arxitekturaviy asar (yoki shakl) dunyoga kelishi mumkin emas.
Proportsionallik, xajman-kenglik, tekislik orqali ifodalanayotgan xar qanday konstruktiv shakl bino va inshootlarni tektonikasining muhim qismini tashkil etib, arxitektonika deb ataladi va arxitekturaviy kompozitsiyaning eng muhim vositalaridan biri xisoblanadi. Demak “tektonika” termini arxitekturada o’z mazmuniga ega bolib, arxitekturaviy asarni yaratishda aniq badiiy ifoda hosil qiluvchi konstruktiv tizimni bildiradi. Shu bilan birgalikda tektonika terminining arxitekturaviy ijod bilan yana bir bevosita bog’liqligi mavjudki, bu narsa ham funktsional, ham iqtisodiv. ham texnologik va hokazo tomonlar bilan bog’liq bo’lib, uning mustaqil ijodiy yo'nalish jarayoni ekanligi metodologik ahamiyatga ega bolibgina qolmay, arxitekturaviy shakl bunyod etishda maxsus (xos) vositalar va qonuniyatlarni tushinishda, hamda bunyod etilayotgan bino va inshootlarning ko’rkam shaklda takomillanishishini kafolatlaydigan texnik yechimlarni topishda o’ta muxim axamiyat kasb etadi.
Ko‘kalamzorlashtirish sohasida bajarilayotgan ishlarni jahon andozalari darajasida o‘tkazish lozim, buning uchun O‘zbekistonda manzarali bog‘dorchilikni rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqilgan va u izchil xayotga tatbiq etilmoqda.
Bugungi kunda aholi yashash joylarini ko‘kalamzorlashtirishni landshaft dizaynisiz tasavvur qilish qiyin. Ko‘kalamzorlashtirish ochiq maydonlarni landshaftli muhitni tashkil etish kabi faoliyat turi bilan ham chambarchas bog‘liqdir. “Landshaft” termini nemischa so‘z bo‘lib, yerning ko‘rinishi, joyning ko‘rinishi ma’nosini bildiradi.
Landshaftli qurilish va landshaft dizaynining eng muhim vazifalaridan biri-inson hayoti uchun sog‘lom va to‘laqonli estetik tabiiy muhit yaratishdir. Bu ma’noda landshaft dizayni landshaft arxitekturasi bilan hamkorlikda faoliyat yuritadi. Demak landshaft dizayni hududlarni ko‘kalamzorlashtirishga xajmiy-masofaviy jihatdan yondoshib, tabiiy landshaft komponentlaridan hamda arxitektura va muxandislik inshootlaridan foydalangan holda tashkiliy ishlarni amalga oshiruvchi yangi soha hisoblanadi.
Landshaft dizayniining o‘ziga xosligi bu tabiat, ya’ni relef va uning geoplastik imkoniyatlari, suv ob’ektlari, tabiiy materiallar, mavsumiy o‘zgaruvchan manzarali o‘simlik dunyosi kabi omillarni asosiy ish materiali sifatida foydalanishidir.Ushbu tabiiy materiallarni yagona kompozitsiyaga biriktirish muayyan ijodiy asar yaratish landshaft dizaynining mohiyatini belgilab beradi. Landshaft dizayni arxitektura va shaharsozlik bilan birgalikda tabiiy materiallardan foydalangan holda ochiq muhitni estetik shakllantiradi.
Bizning issiq va quruq iqlimli sharoitlarimizda shahar va qishloqlarni obodonlashtirishdagi eng muhim tadbirlari bu ko‘kalamzorlashtirish ob’ektlarini barpo etish va ularda
Me'morchilik keng ma'noda inson mehnatining muayyan sohasi sifatida juda qadim zamonlarda paydo bo'lib, kishilarning eng zarur turmush ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan edi. U insonning turli-tuman amaliy - foydali, ijtimoiy- siyosiy, moddiy, diniy va boshqa ehtiyojIlarni qondira oladi. Me'morchilik jamiyatning amaliy-foydali ehtiyojlarini qondirishni o'zining zarur vazifasi va maqsadi qilib olgan. Bundan 2000 yil avval qadimgi Rim me'mori Vitruviy ifodalab bergan «triada» yoki uchlik qoidasi shu kungacha o’z ahamiyatini saqlab qoldi. U me'morchilikda uchta asosiy element bo'lishi, ya'ni foydali, mustahkam va go'zal bo'lishi shart, degan edi. Bu uch yo'nalish musulmon Sharqi me'morchiligida ham ma’lum edi. Bu haqda Abu Ali ibn Sino shunday deydi: «O'ziga yashash joyi tanlaydigan kishi, tuproqning qanday ekanligini va yerning qanchalik baland past ekanligini. suvning tashqariga chiqishini va uning yuqori yoki past joylashganligini, shuningdek, qanday dengizlar, botqoqliklar, toglar va ruda konlari qabriston va hokazo borligini bilish lozim». Ibn Sinoning me'morchilikdagi bu «inson va muhit» nazariyasiga Mikelanjelo hamda Leonardo da Vinchilar ham keng to'xtalib o'tadi.
Abu Ali ibn Sino o'zining “Tibbiy risolalar" asarida: “Qaysi shahar tog’ ustida joylashgan bolsa, u yer sovuq boladi, agar tog'lar tagida joylashgan bolsa, uning issiqligi bor" deb hukm qilgan. Agar shahar tog'ning janubiga joylashgan bolsa, unda issiq shamol esib turishi hukm qilinadi. Agar toglar shu shaharning janubida bolsa, shimoliy shamolning sovug’i unga ta'sir qiladi. Agar toglar g’arb tomonda bolsa, u shaharning havosi og’ir boladi. Sharq tomonda bo’lsa, toza boladi” deb yozadi.
Me'morchilik kishilik jamiyati taraqqiyotining ilk bosqichlaridayoq paydo bolgan. Ibtidoiy odam tabiat kuchlaridan o’zini muhofaza qilish uchun zarurat tufayli oddiy boshpana va chaylalar qurgan. Asta-sekin u qurilayotgan binoning kor'kam bo'lishiga ham e'tibor berib, go'zallik qonunlari asosida ijod eta boshlagan.
Me'morchilik (lot. architectura so'zidan olingan) - me'morchilik san'ati inson ijodiy faoliyatining qurilish bilan bog'1iq alohida turidir. Me'morchilik- me'morlik san’ati tarixi, qonuniyatlari, nazariyasi binolarining turi va uslubi,kompozitsiyasi kaln qator masalalarni o'rganuvchi san’at sohasidir. Me'morchilik jamiyatning ijtimoiy-maishiy va g'oyaviy - badiy ehtiyojlarga xizmat qiladi. Inson dahosi va mehnati bilan yaratilgan muhit turli-tuman binolar, inshootlar, shahar va qishloqlar me'morchilik nomi bilan yuritiladi. Me’morchilik davr o'tishi bilan o'zgara borib, jamiyat taraqiyotidagi tuzumlarning tub mohiyatini o'zida ifoda etadi. Me'morchilik asari amaliy xizmati bilan bir qatorda ma’lum g'oyaviy- badiiy mazmunni ham ifoda etadi.
Me'morchilik mahsuloti jamiyat moddiy madaniyatining tarkibiv qismini tashkil etadi va ayni vaqtda san'at asari sifatida ham namovon boladi. Me'morchilik quldorlik jamiyati davrida tez taraqqiy topdi. Jamiyatning sinfiy talabiga munosib uy joy va jamoat binolari qaratildi. Me'morchilikning moddiy- texnik va badiiy imkoniyatlari ham kengaydi.
Download 28,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish