yozdirganlar. Unda zakot, ushr, sadaqalar kabi moliyaviy mavzularga taalluqli
masalalar bayon etilib, mavzuga oid hadislar keltirilgan. Bu mavzular siyosiy
ishlarga aloqador bo‘lgani bois, Payg‘ambarning (s.a.v.) o‘zlari ana shunday
to‘plamni atrofdagi voliylarga, ushr va zakot yig‘uvchilarning har biriga berish
maqsadida yozdirganlar. Muqaddislarning aytishlaricha, yozib qo‘yilgan mazkur
maktub shaklidagi hadis to‘plamining nusxalari jo‘natilishidan biroz avval
Payg‘ambar (sa.v.) vafot qiladilar. Shundan so‘ng bu to‘plam xalifa Abu Bakr
Siddiq (571 —634) oldida, undan so‘ng xalifa Umar al-Foruq (585 — 644)
huzurida, so‘ng uning o‘g‘li Abdulloh ibn Umar (612 — 693) qo‘lida saqlanib
qolgan. Undan esa hazrati Umarning (r.a.) nevarasi Solim ibn Abdullohning (vaf.
725 y.) qo‘liga kelib tushgan. Hadis rivoyatlarida eng sahih isnodlardan biri deb
zikr qilinadigan az-Zuhriy Solim Abdulloh ibn Umar — Rasululloh (s.a.v.) silsilasi
shu tariqa vujudga kelgan. Mazkur hadis to‘plami hazrati Umarga (r.a.) qiz
tarafdan avlod hisoblangan xalifa Umar ibn Abdulazizga avloddan-avlodga o‘tib,
Ilk hadis to‘plamlaridan ikkinchisi sahoba Amr ibn Hazm (vaf. 673 y.)
sahifasi hisoblanadi. Payg‘ambar (s.a.v.) Amr ibn Hazmni Najron tarafga elchi
qilib jo‘natganlarida, unga ushbu sahifani berganlar. Payg‘ambar (s.a.v.) aytgan
15
hadislarni Ubay ibn Ka’b (vaf. 642 y.) kotib sifatida yozib - olgan.
Muhaddislarning rivoyatlarida naql etilishicha, ushbu to‘plamning hajmi ancha
katta bo‘lib, unda, asosan, tahorat, namoz, zakot, haj kabi ibodatlar borasidagi
hadislar keltirilgan. Mashxur hadisshunos, hadislarni rasmiy ravishda yozishni
boshlab bergan Ibn Shihob az-Zuhriy mazkur to‘plamni o‘qib chiqqan va undagi
qasos, xunpuli haqidagi hadislarni rivoyat qilgan. Imom Buxoriy (810 — 870)ning
rivoyat qilishicha, Amr ibn Hazmning (r.a.) nevarasi Abu Bakr ibn Muhammad ibn
Amr ibn Hazm (vaf. 737 y.) Madinada qozilik qilgan bo‘lib, xalifa Umar ibn
Abdulaziz unga hadislarni to‘plab, bir majmua tuzishni buyurgan. U otasi tuzgan
hadislar to‘plami va o‘zi rivoyat qilgan hadislar asosida yangi to‘plam tuzgan
bo‘lishi kerak. Ushbu kitob Zuhriyning hadislar to‘plamidan keyin tuzilgan rasmiy
ravishdagi ikkinchi to‘plam hisoblanadi.
Sahobalar tomonidan tuzilgan, islomdagi ilk hadis to‘plami "as-Sahifat as-
sodiqa" ("Ishonchli sahifa" ) deb nomlangan bo‘lib, uni Abdullah ibn Amr ibn al-
Oss (r.a.) tuzgan. Aqmad ibn Hanbal (780 — 855) o‘zining "Musnad" asarida
uning shu nomda hadis to‘plami tuzganini rivoyat qilgan. Bu sahobalar davridagi
nisbatan hajmi eng kattasi bo‘lgan xadis to‘plami edi. Hozirgi vaqtda ushbu
to‘plamdagi hadislarning umumiy sonini aniqlash mushkul, biroq, "Sahihi
Buxoriy"da Abu Hurayra (r.a.)dan bir rivoyat keltirilgan. Jumladan, Kitob al-ilm"
bobidagi mazkur hadisda shunday deyilgan:
"Payg‘ambar (s.a.v.) ashoblaridan faqat Abdulloh ibn Amrdan o‘zga hech
kim mendan ko‘ra ul zotdan ko‘prok, hadis aytuvchi yo‘q
edi. U-esa (hadislarni)
yozib olar, men esa yozmas edim".
Abu Hurayraning (r.a.) gapidan ma’lum, bo‘lmoqdaki, Abdulloh ibn Amr
(r.a.) to‘plagan hadislar uning hadislaridan ko‘proq bo‘lgan. Abu Hurayra (r.a.)
rivoyat qilgan hadislar bizga ma’lum. Ularning umumiy soni 5364 ta yoki o‘nta
farqi bilan 5374 tadir
7
.
Bunga qo‘shimcha qilib aytish o‘rinliki, muqaddis Abu Dovud (817 — 889)
ham Abdulloh ibn Amr (r.a.)ning gapini zikr qilgan:
7
Islom ensiklopediyasi. A-H. –T.: O‘zbekiston milliy ensklopediyasi, Davlat ilmiy nashriyoti, 2004. –B.17.