qarasang, ko‘zni yayratuvchi, tinglasang, dilni yayratuvchi, vujudingga va aqlingga
orom berguvchi mo‘‘jiza. Go‘zallikka ehtiyojmandlik ilohiy tuyg‘udir. U inson
Abu Abdulloh Muhammad Ibn Ismoil al-Buxoriy Al-Jomi' as-sahih (Ishonarli to‘plam). 4 jildli. –T.: Qomuslar
50
bilan dunyoga birga keladigan tug‘ma ishtiyoq. Yo‘qsa, chaqaloq hali chillasi
chiqmay turib, hatto onasini tanimay turib, tutmagan bo‘ynini qaltiratib,
qiyshaytirib, gullarga yoki gulning rangin suratlariga tikila boshlarmidi? Bir
eslang-a, qizaloq yangi qo‘g‘irchog‘i, yangi ko‘ylagini «chiroyli» deb maqtanadi.
U shugina yoshida go‘zallik bilan yayramokda! Bolaning ko‘zi eng toza ranglarni
tiniq ajratadi. CHunki uning fikratlariga hali mikrob tushmagan, «men-men»lovchi
nafsi hali paydo bo‘lmagan, moddiyunning olovli tillari hali uni o‘z domiga
tortmagan.
Odam bolasi ulg‘ayar ekan, go‘zallik tushunchasini ham o‘zining xohish-
istaklari qolipiga solishga urinadi. Vaholanki, sen go‘zallik deb bilgan narsangdan
avvalo Alloh rozi bo‘lsin. Uning roziligi esa bandalarining roziligidir. Sening
ishlaringga qarab kishilarning chehrasi ochilsa, go‘zalliging shu! E’tibor bersangiz,
hadis borki, hammasining zamirida «barcha harakatingda insonlar uchun yaxshilik,
qulaylik yaratishga, unga tirgak va dalda bo‘lishga intil» degan da’vat yotadi.
«Go‘zallik» tushunchasiga shu nuqtai nazardan yondashmoq kerak.
Haqiqiy go‘zallik kishining qalbida bo‘ladi. U — nur, egasini o‘stiradi, go‘zal
insonlardan hayotbaxshlik ufurib turadi. Bunday odam kir joyda o‘tirolmaydi, kir
ko‘ylakda yurolmaydi, qozon-tovog‘i yuvilmay qolsa, uxlolmaydi. Chunki «nur»
atalmish go‘zallik unga yaqinlashgan g‘aflat va xunuklikni kuydirib turadi.
Moskvaning mashhur bir jurnalisti chiroyli gap aytgandi: «Men bayroqni yig‘lab
ko‘ziga surtgan odamni fidoyi hisoblamayman, yo‘lda tushib yotgan qog‘ozni
chiqindixonaga tashlab o‘tgan kishi undan go‘zalroq va vatanparvarroqdir».
Kishining amali chiroyli bo‘lsin.
Hadislar insonlarni bir-birlari bilan ahl bo‘lishga undaydi. Quyidagi
“Jamoatdan ajralmanglar, chunki shayton yolg‘iz kishi bilan birgadir va ikki
kishidan uzoqroqdir. Kimki jannat ne’matlarini xohlasa, jamoat bilan birga
bo‘lsin” deyilgan hadicda ham muminlarni bir birlari bilan ahllikda hayot
kechirishliklariga alohida e’tibor qaratiladi. Yaxshilikni siz odamlarga talpingan,
odamlarsiz turolmaydigan kishidan kutavering. Alloh suygan bandasini
odamparast qilib qo‘yadi...
51
Nima uchun to‘y ko‘pchilik bilan o‘tkaziladi? Jamoatning duosini olish,
dasturxon solib, senga duogo‘y va tarbiyachi bo‘lganlarning ko‘nglini olish
uchundir! Sezyapsizmi, g‘oyat xursand paytida ham kishi odamlar orasida
bo‘lishni xoxlaydi. CHunki bu ilohiy istakdir, «Birga bo‘lingiz!» degan hukm
Allohdandir!
Yorug‘ dunyoni tark etar payting ham jamoat qurshovida bo‘lasan. Bu
gavjumlikning qator hikmatlari bordir. Birinchidan, janoza payti marhumning
yaxshi fazilatlariga qancha ko‘p odam guvoxdik bersa, uning uchun shuncha
sharofatli bo‘lur, inshoolloh! Ikkinchidan, yaqin kishisidan ayrilib, ustuni qulab
turgan odamga g‘amguzor bo‘lish, o‘ziga kelib olguncha suyanch bo‘lib turish ham
musulmonchilikdandir. Qolaversa, har bora o‘lim marosimiga borganda intihoning
borligi, bu dunyoda hamma mehmon ekanligi, to tirik ekansan, har bir daqiqang
g‘animatligiga ishonch hosil qilib, tavbaga kelib qaytasan. Bu ham ilm! Unga ega
bo‘lishda esa jamoatga qo‘shilishing sabab bo‘lmoqda.
Goho ertalab juda lanj turasan, hatto o‘zingni bemor sezasan. Ishga borgach
esa, bir soat o‘tar-o‘tmas tirilib ketasan, binoyiday ishlab, tetiklashib qaytasan.
Bilginki, atrofingdagi kulib yurgan odamlar, ularning salomat va xayrixoh
turishlari, sendan samimiy ahvol so‘rashlari vujudingga quvvat uzatdi, sen
nurlanding va dadillashding. Jamoat tinmay turli toklar tarqatuvchi va jismingda
hisobsiz uyg‘onishlar hosil qiluvchi jonli laboratoriyadir. Shuning uchun ham
yaxshilarga yondashmoq, ularning sharofatli nurlaridan bahramand bo‘lmoq,
xalqona aytganda, yomonlarning kattasi bo‘lgandan ko‘ra, yaxshilarning kichigi
bo‘lib yurish chandon yaxshidir!
Shayton yolg‘izni engadi. Gunohlar yolg‘izlikda sodir etiladi, tushkunlikka va
sarosimaga yolg‘iz qolganda tushiladi, bemor yolg‘iz qolsa, dardi og‘irlashadi.
Insondan uzoqlashganning holi shu!
Biz birovni sog‘inganda uning qoshu ko‘zi va yo kiyimlarini emas, balki
ovozini hamda shu ovoz bilan quloqlarga, yuraklarga yoqadigan qilib aytgan
so‘zlarini sog‘inamiz. Payg‘ambarimizning “Yaxshi suhbatdosh atirfurushga
Do'stlaringiz bilan baham: