X A B A R N O M A
Hurmatli soliq to‘lovchi!
Soliqchi-ko‘makchi tamoyili asosida soliq xizmati organlari sizga
quyidagilarni ma’lum qiladi:
O‘zbekiston Respublikasining Mehnat Kodeksida xodimning mehnatiga haq
to‘lashning oylik miqdori qonunchilikda belgilangan
mehnatga haq to‘lashning eng kam
miqdoridan
kam bo‘lishi mumkin emasligi ko‘rsatilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-martdagi “Ish haqi, pensiyalar
va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida” gi PF-45-sonli Farmoniga asosan
2023-yil
1-maydan boshlab
O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnatga haq to‘lashning eng kam
miqdori — oyiga
980 000 so‘m
qilib belgilandi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi “Soliq
xavfini boshqarish, soliq xavfi mavjud soliq to‘lovchilarni (soliq agentlarini) aniqlash va
soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi 1-sonli qarori bilan
tasdiqlangan “Soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi
Nizomning 90-bandiga asosan Sayyor soliq tekshiruvi doirasida soliq to‘lovchi - yuridik
shaxslar ishchi-xodimlarining
haqiqiy soni va soliq hisobotdagi aks ettirilgan ishchi-
xodimlar soniga muvofiqligi hamda ishlash davri hamda olayotgan daromadlari
tekshiruvi amalga oshirilishi mumkin.
Bunda O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 223-moddasiga asosan ish
beruvchi bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan
xodimlarni hamda ularning haqiqiy
ish haqi summasini
soliq hisobotida aks ettirilmaganlik soliq bazasini yashirish
(kamaytirib ko‘rsatish) deb e’tirof etiladi hamda oxirgi
o‘n ikki oy uchun
soliq bazasi
aniqlanib soliqlar hisoblanishi va soliq bazasi summasining
yigirma foizi
miqdorida
jarima solishga sabab bo‘ladi.
Yuqoridagilarni inobatga olib
, korxonangizda mehnat munosabatlarida bo‘lgan
barcha xodimlarni hamda ularga to‘lanadigan ish haqi summalarini
mehnatga haq
to‘lashning eng kam miqdorini
inobatga olgan holda jismoniy shaxslardan olinadigan
daromad solig‘i hisobotida to‘liq va to‘g‘ri aks ettirishingiz lozimligini ma’lum qilamiz.
2023 - yil 1 - iyun
19/3-54646 - son
ESLATMA:
Soliq qonunchiligi normalarini qo‘llash bo‘yicha qo‘shimcha savollar
yuzaga kelsa Buxoro viloyat soliq boshqarmasi
Yuridik shaxslarga xizmat
ko‘rsatish bo‘limining
65-220-20-35
yoki
65-220-20-37
telefon raqamlariga
murojaat qilish orqali tegishli ma’lumotlarni olishingiz mumkin.
Soliq xizmati — insofli soliq to‘lovchining ishonchli hamkori!
Boshqarma boshlig‘i
o‘rinbosari
Sh.Hasanov
Ijrochi: D.Baxtiyorov
Tel.: 03-212, 65 220-20-35
ID: 38333770
Sana: 01.06.2023
Do'stlaringiz bilan baham: |