Davlat qarzlarini va uning foizlarini qoplash manbalari sifatida byudjet mablag'lari qo'llaniladi. Davlat krediti milliy boylikning va yalpi ichki mahsulotning qiymatining ikkilamchi taqsimlanishini ta’minlaydi.
Davlatning qo‘shimcha moliya resurslarini shakllanishi- aholi, korxona va muassalarning vaqtinchalik bo‘sh turgan pul mablag'laridan jalib qilish davlat kredit munosabatlarining bir tomoni bo‘lib hisoblanadi. Ikkinchi tomooi bu qo'shimcha jalb qilingan resurslar qaytarilishi, to'lovchanligi bilan bog'liq moliyaviy munosabatlar hisoblanadi. Jalb qilingan kredit resurslari bo'yicha daromadlar byudjetning daromadlari hisobiga kreditorlarga beriladi.
Davlat qimmatli qog‘ozlari egalari doirasi soliq tulovchilaming doirasi bilan to‘g‘ri kelmaydi. Agarda shunday tasawur qilsak, soliq to'lovchilaming kontingenti qimmatli qog‘ozlar egalari kontingentlar bilan teng bo‘lsada, lekin ulaming tarkibiy to'g'ri kelmasligi mayjud bo'ladi; ya’ni har bir qimmatli kog‘ozlar egalaridan byudjetga soliq to'lovchilaming hajmi ulaming davlat kredit munosabatlaridan olayotgan daromadlari darajasiga to‘g‘ri kelmaydi. Demak, davlat krediti munosabatlarining ikkinchi bir tomoni u qayta taqsimlash harakteriga egaligidir.
Davlat krediti munosabatlarinig obyektiv asoslari, jamiyatning ehtiyojlarini qondirish miqdori va davlat byudjet daromadlarini bunday ehtiyojlami tulaqonli qondirish imkoniyatining doimiy ravishda mavjud bo'lmaslik bilan bog'liq ziddiyatlar bilan belgilanadi.
Iqtisodiyotni
tartibga solish, davlatning ijtimoiy siyosati, mamlakat mudofasi bo'yicha xarajatlar va boshqarish funksiyalami amalga oshirish juda katta miqdordagi markazlashgan pul mablag'larini talab qiladi.
Shuningdek, davlat byudjetining daromadlari yoki bo'lmasa soliqqa tortish darajasi O'zbekiston Respublikasida o'matilgan qonunchilik bo'yicha aniq miqdorlarda cheklangan. Shuning uchun ham davlat bunday xarajatlami moliyalashtirish uchun aholi, korxona va tashkilotlar pul mablag'laridan foydalanadi.
Davlat kredit munosabatlarini amalga oshirishning ikkinchi obyektiv asosi sifatida byudjet daromadlarini shakllantirish va xarajatlarining davri dinamikasi hisoblanadi. Chunonchi, byudjet daromadlarini favqulodda ko'paytirish imkoniyati davlat uchun juda qiyin. Umuman, byudjetning asosiy
daromad manbai hisoblanuvchi, soliqlaming sezilarli ko'paytirish mantiqan mumkin emas. Soliqqa tortishning klassik nazariyalari soliq og'irligini me’yonian oshirish byudjet uchun qo'shimcha daromadlami shakllantirishga emas balki aksincha daromadlami kamayib ketishiga olib keladi. Byudjetning xarajatlari esa doimiy ravishda tebranib turadi, ya’ni rejalashtirilgan byudjet xarajatlari turli xil ko'zda tutilmagan voqealar natijasida ko'payib ketishi mumkin. Masalan, harbiy harakatlarbo'lishi, tabiiyofatlar natijasida byudjet xarajatlari oitishi mumkin. Bunday holatlar natijasida byudjet o'zining bir sur’atlarda shakllanayotgan daromad bazasi hisobiga xarajatlami qoplash imkoniyatiga ega bo'lmaydi. Bunday xarajatlami koplashda davlat yarn aholi, korxona va tashkilotlar hamda boshqa xorijiy subyektlar mablag'larini jalb qilishga majbur bo'ladi.
Davlat kreditining samarali qo'ilanilishi davlatning qo'shimcha moliyaviy resurslarining shakllanishi va davlat byudjeti kamomadining qoplanishi darajasi davlat moliyasining va mamlakatdagi pul muomilasini monetar usullari bilan solishtirilgan holda davlatning daromad va xarajatlaming balansliligini vujudga keltiradi.
Davlat kreditining vujudga kelish imkoniyatlari yuridik va jismoniy shaxslaming daromadlarining qo'llanilish vaqti va shakllanishi xususiyatlari bilan bog'liqdir. Aholi qo'lida har doim vaqtincha bo'sh pul mablag'lari gonorar olish, mukofat,