Xa. Qurbonoy, M. J. Bauetdinov


-chizjna Quyida 0‘zbekiston Respublikasi rnoliya tizimining tashkiliy chizmasi



Download 0,78 Mb.
bet13/69
Sana21.04.2022
Hajmi0,78 Mb.
#569735
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   69
Bog'liq
moliya0

-chizjna

Quyida 0‘zbekiston Respublikasi rnoliya tizimining tashkiliy chizmasi:



Moliya tizimining asosini mprkazlashtirilmagan moliya tashkil qiladi. Chunki, aynan bu sohada yalpi ichki inahsulot yaratiladi. Birlamchi daromadlar va jamg‘armalaming manbai yalpi ichki mahsulot hisoblanadi.


Birlamchi daromadlar(milliy daromad) soliq tizimi, turli to'lovlar tizimi va foydani taqsimlanish tizimi orqali qayta taqsimlash jarayonining manbai hisoblanadi.
Davlat byudjeti va mahalliy byudjetlaming daromad manbai ham milliy daromad hisoblanadi.
Markazlashmagan moliyaning tarkibida tijorat tashkilotlari moliyasi asosiy salmoqqa egadir. Bu yerda moddiy boyliklar, mahsulot yaratiladi, tovarlar ishlab chiqariladi, xizmatlar ko'rsatiladi, jamiyatdagi ishlab chiqarish va ijtimoiy rivojlanishning bosh manbai hisoblanuvchi foyda shakllantiriladi.
Notijorat tashkiJotlari - faoliyatidan asosiy maqsad foyda olish hisoblanmaydi. Uiarga siyosiy-ijtimoiy birlashmalar va byudjet tashkilotlari kiritiladi. Notijorat asosida faoliyat yurituvchi byudjet tashkilotlari ma’Ium davlatning ijtimoiy- iqtisodiy, siyosiy va boshqaruv sohasidagi siyosatini amalga oshirishga yo‘naltirilgan va byudjetdan mofiyalashtiriladigan tashkilotlardir. Bular, o‘z xizmatlarini erkin tijorat asosida sotish imkoniyatiga ega bo‘lmaydilar. Bu albatta davlatning ijtimoiy iktisodiy siyosati bilan ham bevosita bog‘liqdir.
Byudjet tashkilotlari - bu tasdiqlangan smeta bo'yicha xarajatlari davlat byudjeti mablag'laridan amalga oshiriladigan tashkilotlar hisoblanadi. Byudjet tashkilotlariga davlat muassasalari, maktablar, OO'Yu, ilmiy-tadqiqot institutlari, kasalxonalar, poliklinikalar, bolalar bog'chasi, bolalar yaslisi va hokazolar.
Rossiyalik olirn Tokarev I.N. byudjet tashkilotlarining boshqa tashkiliy huquqiy shakllaridagi tashkilotlardan farq qiladigan xusuiyatlarini ko‘rsatib o‘tadi: a) ular davlat(munitsipal) hokimiyati organlari tomonidan tashkil etiladi; b) ulai notijorat xarakterdagi funksiyalami bajarish uchun tashkil etiladi; v) ular tegishli byudjetlardan moliyalashtiriladi deb ko‘rsatadiw.
0‘zbekiston Respublikasining «Byudjet tizimi to‘g‘risida»gi qonunda ko'rsatilishicha: Byudjet tashkiloti - zimmasiga yuklatilgan vazifalami bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan o‘z faoliyatini amalga oshirish uchun Davlat byudjetidan mablag‘ ajratish nazarda tutilgan va bu mablag* moliyalashtirishni asosiy manbai hisoblanadigan vazirlik, davlat qo‘mitasi, idora davlat tashkilotidir10 11.
2000 yildan boshlab yuridik shaxs maqomi quyidagi byudjet tashkilotlari va muassasalariga berildi:12

  • kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar, kasb-hunar, texnik o'quv yurtlari va bolalar uylari;

  • o'quvchilar kontingenti 400 kishidan kam bo'lmagan — barcha turdagi umumta’lim maktablar, litseylar va Fmaktablararo o‘quv-ishlab chiqarish kombinatlari;

  • o‘quvchilar kontingenti 200 kishidan kam bo'lmagan - intematlar;

  • 350 kishidan kam boimagan maktabgacha bolalar muassasalari;

  • viloyat va tuman (shahar) miqyosidagi maktabdan tashqari muassasalar;

  • kasalxonalar (muxsuslashtirilgan markazlami qo'shganda), tug‘ruqxonalar, tibbiy- sanitar bo‘limlar, dispanserlar, poliklinikalar;

  • O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 10 martdagi 100 - sonli qarori asosida tajriba sifatida ochilgan qishloq davolash punktlari.

Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan byudjet tashkilotlariga quyidagilar mavjud bo'lgandagina yuridik shaxs maqomi beriladi:

  • moddiy-texnik bazasi va xo'jalik faoliyatini yuritish uchun sharoitlar;

  • buxgalter kadrlar.

Markazlashtirilmagan moliyaning tarkibiy qismi hisoblanuvchi uy xo’jaliklari moliyasi soliq toiovlari vositasida markazlashtirilgan moliyani shakllanishida ham muhirn ahamiyat kasb etadi. Aholining qancha daromadi ko‘p bo‘lsa moddiy va nomoddiy ne’matlarga talab, iqtisodiyotni rivojlanishi va ijtimoiy sohalar uchun imkoniyatlar ko‘p bo'ladi. Aholining jamg‘armalarini oshishi investitsiyalami moliyalashtirish manbalarida va tijorat banklari kapitallarini shakllantirishda muhim ijobiy omil rolini o’ynaydi.

  1. Moliyaviy vositachi muassasalar moliyasi

Markazlashtirilmagan moliyaning tarkibidagi moliyaviy vositachi muassasalar moliyasi muhim ahamiyat kasb etadi. Xususan, rivojlangan mamlakatlar butun moliya tizimida markaziy o‘rinni moliyaviy vositachi muassasalar moliyasi markaziy o‘rinni egallaydi. Yuqori darajadagi takomillashgan moliyaiy infrastruktura tizimini mavjudligi va moliyaviy vositachilikni rivojlanganligi natijasida ularda investitsion maqsadlardagi yirik moliyaviy resurslar konsentratsiyasi sodir bo’lgan. Masalan, Nyu-York fond biijasidagi bir kunlik moliyaviy operatsiyalar bo'yicha pul aylanmalaming hajmi kichkina mamlakatlaming bir yil mobaynidagi yalpi ichki mahsulotlariga qiymatiga deyarli tengdir.
XX asming oxirgi 10 yilidagi moliyaviy innovatsiyalaming shiddat bilan rivojlanishiga qararnasdan rang-barang moliyaviy vositachilik turlari moliyaviy resurslami oxirgi iste’molehilar uchun samarali joylashuvini ta’minlovchi «moliyaviy mahsulot»ni jalb qilish va sotish kabi umumiy funksiyalami bajaradi.
Moliyaviy vositachilar tarkibida tijorat banklarL kredit ittifoqlari, sug’urta kompaniyalari, xususiy pensiya fondlari, moliyaviy 'kompaniyalar va boshqalar hisoblanadi. Ular iqtisodiyotning moliyaviy sektorini asosini tashkil qiiadi. Quyidagi chizma asosida buni ko’rib o'tishimiz mumkin.
M
3.3. - chizma

oliya tizimining institutsional tarkibi.

Iqtisodiyotning moliyaviy sektorini keng va tor ma’noda tushunish mumkin. Birinchi holatda moliyaviy sektor bilan birgalikda nazorat qiluvchi oiganlar va moliyaviy ittifoqlami tushunishimiz mumkin.
Nazorat qiluvchi organlaming asosiy vazifalari moliya tizimini barqaror faoliyatini qo'llab-quwatlash, hukumat tomonidan chiqarilgan qonun va qarorlar harnda me’yoriy hujjatlami amalda qo'llash va bevosita moliyaviy institutlar faoliyati ustidan nazratni amalga oshirish hisoblanadi.
Moliyaviy ittifoqlaming asosiy vazifalari davlat va jamiyat oldida moliyaviy institutlar guruhlarining manfaatlarini taqdimretish va himoya qilish hisoblanadi.
Moliyaviy sektoming moliyaviy institutlariga bank tizimi va nobank moliyaviy vositachi muassasalami kiritishimiz mumkin. O'z navbatida bank tizimi tarkibida markaziy banklar alohida o‘ringa egadir. Markazy banklar davlatning pul kredit siyosatini amalga oshirishda mas’ul muassasa hisoblanadi. Shuningdek, tijorat banklari ustidan nazorat va ulami kreditlashni amalga oshiradi, emissiya(pullar, banknotalar va boshqa kredit pullarini muomalaga chiqarish), davlatni kreditlash va hukumat uchun hisob-kitob operatsiyalami amalga oshirish, oltin-valyuta zahiralarini saqlash va boshqa funksiyalami bajaradi.
Tijorat banklari universal moliyaviy muassasala^ hisoblanib, kredit, investitsion, moliyaviy vositachilik, hisob kitob operatsiyalami amalga oshiradi. Zamonaviy tijorat banklari asosan aksionerlik shaklida tashkil qilinadi. Tijorat banklari: aktiv operatsiyalar, passiv operatsiyalar, vositachilik va ishonch operatsiyalari va boshqa qator operatsiyalami bajaradi.
Nobank kredit tashkilotlari qonun bo'yicha belgilangan alohida bank operatsiyalari ajrialga oshirish huquqiga egadirlar. Ammo ular to‘laqonli bank operatsiyalami amalga oshira olmaydilar. Shuning uchun ham aksariyat adabiyotlarda nobank moliyaviy muassasalarga nisbatan «kvazibanklar» degan tushuncha keltiriladi.
Moliyaviy vositachi muassasalar tarkibida sug‘urta muassasalarining ahamiyati yuksakdir. Umuman, sug'urta munosabatlari moliyaviy munosabatlaming tarkibiy qismi sifatida aksariyat iqtisodchi olimlar sug'urtani moliya tiziining alohida bo'gini sifatida qaraydilar.
Sug'urta munosabatlari - unda qatnashuvchi subyektlar o'rtasidagi xo'jalik subyektlari iqtisodiy faoliyati natijasida vujudga keluvchi ehtimolli zararlami qoplash yoki sug‘urta holatlarini sodir bo‘lishi oqibatlari bilan bog'liq uy xo‘jaliklari yuqotishlarini tenglashtirish uchun mo‘ljallangan sug'urta fondiga maqsadli badallar hisobiga alohida pul fondlarini shakllantirish bo'yicha qayta taqsimlash munosabatlari majmuasidir.
Sug'urtaning quyidagi turlari mavjud:

  1. Ijtimoiy sug'urta

  2. Mulk sug'urtasi.

  3. Shaxsiy sug'urta.

  4. Javobgarlik sug'urtasi.

  5. Tavakkalchilik sug'urtasi.

Ijtimoiy sug'urta munosabatlarining obyekti - fuqarolaming daromadlari hisoblanadi. Shaxsiy sug'urtada - fuqarolaming hayoti, sog'ligi va mehnat qobiliyati hisoblanadi. Ijtimoiy va shaxsiy sug'urta yirikroq tarmoqda birlashtirilishi mumkin, ya’ni uy xo'jaligi daromadlarini sug'urtalash. Javobgarlik sug'urtasida obyekt sifatida sug'urtalanuvchining mahsulot yetkazib berish bo'yicha shartnoma shartlarini bajarish, kreditorlar qarzlarini qaytarish va boshqalar hisoblanadi. Tavakkalchilik sug'urtasi yoki tadbirkorlik xatariari sug‘urtasida foyda olinmaslik va qurilishi mumkin bo'ladigan zarar hisoblanadi.
Mulkiy sug'urta munosabatlarining obyekti sifatida sug‘urtalovchining moddiy qiymatliklari hisoblanadi.
«Moliyaviy mahsulotlar» 2 asosiy turkumga ajratiladi. 1) jalb qilinadigan «moliyaviy mahsulotlar»(turli xil shakldagi kreditlar, obligatsiyalar, aksiyalar, davlat qimmatbaho qog'ozlar va boshqalar) moliyaviy vositachilarga nisbatan aktivlar hisoblanadi. 2) Sotiladigan «moliyaviy mahsulotlar» (depozitlar, turli xil muddatli va muddatsiz jamg'armalar, sug'urta polislari, obligatsiyalar, aktsiyalar va boshqalar) moliyaviy vositachilarga nisbatan majburiyatlar hisoblanadi.

Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish