2-ckizma. Matolarning drapirovkalanish xususiyatt
34
lashtirishi va yangilarini yaratilishi, loyihalashda yangi ilmiy usul
larni qo'llanishi - bular barchasi oldin yaratilgan tektonik tizimlar
to ‘g‘risida tasavvurni o ‘zgartiradi va yangilatadi. XX asrda kimyo
sanoati to‘qimachilik sanoat xomashyo bazasini sintetik tolalari
bilan boyitdi. Sintetik va sun’iy tolalar tabiiy tolalar bilan turli
aralashmalari plastik xususiyatlarini keng palitrasini berdi. Ko‘p
miqdorda noto‘qima matolar ishlanadi, lekin ular kostyumda o ‘z
badiiy yechimini deyarli topmadi.
Yangi materialga yangi shakl va yangi konstruksiya mos bo‘-
lishi kerak. Ammo, sun’iy va sintetik matolardan ishlangan kiyim-
larda mutlaqo boshqa plastik va texnologik xossali tabiiy matolarda
qo‘llanadigan texnologiyasi ko‘pincha foydalaniladi. Undan tashqari
zamonaviy kimyo va to‘qimachilik tabiiy materiallarga o'xshash
sun’iy va sintetik matolarni yaratgan. Shunday o‘xshash material-
lardan foydalanilganda juda ehtiyot bo‘lish lozim, chunki har
qanday soxtalashtirish materialning tektonik mohiyatini noto‘g‘ri
talqin etadi. Agar materialga unga xos emas xususiyatini berilsa,
unda estetik zo‘ravonIik va notektoniklik yuz beradi. “Rassomning
roli - matoga o‘z g‘oyasini zo'rlab o ‘tkazmasdan, tirilgan materialni
gapirishga yordam berish va o ‘z hissalarini aks etishdir” yapon
hikmatlari”).
Kostyum shakl tizim ining yaxlitligi uning qismlarining o‘zaro
bog‘ liqligida. Bu tizimda kiyim shakli yetakchi bo‘ladi (ko‘ylak,
palto, kostyum va b.). Bu shaklning turi, barcha qismlaming
(poyafzal, bosh kiyim va b.) konstruksiya va materiallar mantiqasi
o ‘zaro bo‘ysunganlikda hosil qilinadi. Bu kostyum shaklini ifodali
va mantiqli tuzilishi ham tektonikadir, ya’ni tektonika - bu faqat
badiiy sifatgina emas, balki doimo yuz beradigan omil kiyimni,
poyabzalni, bosh kiyimni, qo‘shimchalar va bezaklami yaxlit badiiy
tizimga kostyumni tarkibiy bog‘lash. Kostyum tektonikasi - bu
kompozitsion vositalari (konstruktiv tuzilishni garmonik propor-
siyalari, ritm, bezak, kontrast va nyuans, materiallar plastikasi va
rangi) bilan foydalanish asosida shaklning badiiy mantiqiga eri
shiladi.
Tektonika bilan bogiiq masalalami yechganda dizayner
buyumni maqsadga muvofiqligini, mustahkamligini, oddiy usulda
tayyorlashni va tejamiikni hisobga olishi kerak. Yangi texnologik
35
yechimlami topish va ularni qo‘llash - bu doimo o‘rganish, qayta
fikrlash va e ’tibomi talab qiladi.
Konstruksiyalash, bir tomondan tarkib yordamida g‘oyani
amalga oshirish, ikkinchi tomondan esa - obyektni shaklga aylan-
tirish vositasidir.
Shaklni oqilona konstruksiyasini hosil qilish - bu ikki tomon-
lama jarayon buyumni birdaniga estetik va tektonik tomonlarini
yaratishga kiradi. Shuning uchun shakl
konstruksiyasini o ‘zaro
uzluksiz bog‘liq ikki aspektini nazarda tutib turish kerak: shaklni
konkret materialdan vizual va morfologik tuzilishi va figurada
buyumni yaxshi o ‘mashishi shaklning kerakli bichim chiziqlari va
bo‘linishi yordamida amalga oshiriladi. Badiiy konstruksiya shakl
qismlarini funksional o‘zaro bog‘lanishini ko‘rsatadi, uning vazifasi
birlik va muvozanat taassurotini baxsh etish. Shaklni kuchli emot-
sional ta ’siriga erishish, muayyan badiiy siymoni aks etish va
funksional talablami ifodalash uchun konstruksiya qismlami qan
day biriktirilishini ko‘rsatadi. “K o‘zning o ‘tkirligi, chiziqlarni,
shaklni, proporsiyalami benihoya xis qilish, hamda qaychi bilan
bexato zarba qilish, dazmol, son-sanoqsiz ignalar va iplar bilan
tajribali foydalanish qobiliyat bilan birgalikda g‘oyani uch o‘lchamli
kompozitsiya - kostyumga aylantiradi” (kinorejissyor S.M.Eyzen-
shteyn). [11]
Demak, tektonika kostyum kompozitsiyasini asosiy katego-
riyalaridan biri boMib hisoblanishi - bu konstruksiya va shakl konk
ret materialda ifoda topgan o‘zaro bog‘liqligi eng muhim jihatidir. U
buyum kompozitsiyasini va kompozitsiya ustida olib boradigan
ishni, ya’ni kompozitsion vositalardan boshlab, shakl xarakterini
hamda uning nyuanslarini topishga qadar bo‘lgan butun jarayonni
belgilab beradi.
Shakl - kostyumni badiiy loyihalsh jarayonining asosi.
Buyumnning tashqi ko‘rinishi va chegarasini ifodalaydigan
geometrik mohiyati shakl deb hisoblanadi. Shakl (lot. forma) - tash
qi ko‘rinish, chegara. [3]
Shaklni tanlash va uni tuzilishidan san’at boshlanadi deb san’-
atshunoslar hisoblashadi. Shakl buyum mavjudligining usuli, texnik
va estetik zarurligi bilan ta ’riflanadi. Shakl m a’lum psixologik
36
m a’noni ifodalaydi va muayyan siymoli mazmunni ifodalovchi
belgi, ramz tizimi deyiladi.
Kostyum shakli yaratilganda quyidagi talablarga ahamiyat
beriladi:
- funksional - buyumning texnik maqsadini va insonning
utilitar talablarini oldindan aniqlash;
- konstruktiv-texnologik - materialning fizik-mexanik xususi
yatlari va shakl konstruksiyani oqilona ifodalash;
- estetik - jamiyatning estetik ideallariga buyumning mosligi.
Kostyum shakli inson bilan chambarchas bog‘liq va faqat
uning siymosi, razmeri, harakatini inobatga olgan holda tahlil
etilishi lozim.
Kostyumning har bir qatlami o ‘z xossalariga ega:
- ustki qatlami: rang, faktura, chiziq, naqsh, bezak, yani
kompozitsion bezak qatlamlaridan iborat;
- geometrik tarkib, u shakl elementlarining o'zaro proporsional
nisbatlarini aniqlaydi;
- tana va qobiq orasidagi fazo va odam figurasi.
Shakl tarkibi. Kostyumni muayyan tarkib ifodalaydi, ya’ni
uning bo‘limlarining tarkibi. Siymoli, funksional va texnik yechim
lari bilan bog‘langan shakl geometrik elementlarining m a’lum
fazoviy tizimi shakl deb tushuniladi.
Kostyum tarkibi - bu kostyumning ayrim elementlarining
(kiyim, bosh va oyoq kiyim, qo‘shimchalar, taqinchoqlar) turg‘un
tashkil etish usuli. Kostyumda shakl - bu uning tarkibini tashqi
ko'rinishi.
Kostyumda asosan uchburchak, to‘g‘riburchak, trapetsiya va
oval kabi tarkibiy elementlari uchraydi (6- rasm).
Kostyum shaklini quyidagi xususiyatlari ifodalaydi: shaklning
geometrik turi, uning hajmdorlik darajasi, silueti, katta-kichikligi,
chiziqlari, vazni.
Siluet (fr. Sillouette, XVII asrda Fransiya moliya vaziri markiz
Eten de Siluettening yon tomonidan qiyofasi soyali proeksiya kulgili
qilib tasvirlangan) - bu: buyum soyasiga o ‘xshagan tasvir;
buyumlarni grafika texnikasi usulida bir tonli yassi tasviri; modada
kostyumning tashqi shakli, hajmiy shaklning shartli yassi tasviri.
37
Do'stlaringiz bilan baham: |