is и43 „ „k alz- shiori ostida o‘rta yoshdagi “Urban girl-shaharb 4
66-rasm. “Shaharlik qiz” shiori ostidagi obraz eskizi. Model eskizining turish holatini tasvirlashdagi izoh.
Siluet va kiyim detallarini qomatda tasvirlash. Eskizni yaratish jarayonida yumshoq qalamdan foydalaning. So‘ng soch turmagi chiziladi. Kerakli detal va aksessuarlar xomaki tasviri beriladi. Qomatga kiyim tasvirlanish jarayonida ular biroz erkin siluetda tasvirlanishi lozim.
Xomaki tasvirlanishdan so‘ng kiyim detallarining kontur chiziqlari uchli bo‘lmagan flomaster yoki pero ruchkalaridan foydalanib chiziqlar aniqlashtiriladi.
Kontur chiziqlar chizilgandan so'ng marker ruchka yordamida eskizga rang beriladi. Akvarel bo‘yog‘i tabiiy ko‘rinishni aks ettiradi, bundan foydalanish g‘oyalami yanada rivojlanishiga yordam beradi yoki bo‘lmasa pastel mellarini qo‘llanganda libos ko‘rinishida jilosizlikka ega bo'ladi. Marker ruchkalari tana rangini ko‘rsatishda maqbul yechimga ega. Marker ruchkalari yordamida chizilgan to‘lqinsimon chiziqlar yubka etagining harakatlanuvchi holatini ko‘rsatib beradi.
Mato fakturasi va printlarni tasvirlashda pastel mellari yoki yog‘liq qalamlardan foydalaniladi. Yoqa va cho‘ntak hajmni va 3 def- fektlarini ko‘rsatishda soyalar to‘qlashtiriladi. Tugmalami chizishda
ularda yorug1 va soyalami ko‘rsatish uchun oq rangli pastel mellari zarur bo‘ladi.
5.3. “Vacation girl” shiori ostida o‘rta yoshdagi avollar
komplekti
67-rasm. “Ta'tildagi qiz” shiori ostidagi obraz eskizi.
68-rasm. “Kechki bazmdagi qiz ” shiori ostidagi obraz eskizi. Uslubga mos eskiz va qomatning turish holatini tanlang.
Qomatning barcha qismini qalamda chizing, proporsiyani tekshirib, har bir detalga e’tibor qarating.
Xomaki tasvirlanishdan so‘ng libos silueti kontur chiziqlari uchli bo‘lgan flomaster yoki pero ruchkalaridan foydalanib chiziqlar aniqlashtiriladi.
Marker ruchkalar eskizda libosni, tana rangini va sochga rang berishda ishlatiladi. Libos hajmini ko‘rsatishda yorug'va soyaga e’tibor berilishi lozim.
Yumshoq mellar va qattiq uchli qalamlar yordamida to‘q soyalar bo‘riladi. Yuz pardozi uchun pastel mellaridan foydalaniladi.
69-rasm. “Shaharlik yigit” shiori ostidagi obraz eskizi.
Uslubga mos eskiz va qomatning turish holatini tanlang.
Qomatning barcha qismini qalamda chizing, proporsiyani tekshirib, har bir detalga e’tibor qarating.
Xomaki tasvirlanishdan so‘ng libos silueti kontur chiziqlari uchli boMgan flamaster yoki pero ruchkalaridan foydalanib chiziqlar aniqlashtiriladi.
Jakardli sviter eskizini tasvirlashda chiziqlami aniq ko‘r- satishda yorqin rangli qalamlardan foydalaniladi. Djinsi va sviter yoqasini tasvirlashda marker ruchkalari qulay.
Svirt qo‘shimcha elementlari va mayinligini tasvirlashda ingichka chiziqlar chizilganda, libosning sifati aniq tasvirlanmasligi lozim. Djinsi va svitemi yorug‘ va soyalarini ko‘rsatib berishda pastel mellari zarur. Djinsi matosini aniq tasvirlashda qo‘shimcha diagonal chiziqlarni berish kerak.
Uslubga mos eskiz va qomatning turish holatini tanlang.
Qomatning barcha qismini qalamda chizing, proporsiyani tekshirib, har bir detalga e’tibor qarating.
Xomaki tasvirlanishdan so‘ng libos silueti kontur chiziqlari uchli bo‘lgan flomaster yoki pero ruchkalaridan foydalanib, chiziqlar aniqlashtiriladi.
Marker ruchkalar eskizda libosni, tana rangini va sochga rang berishda ishlatiladi. Libos hajmini ko‘rsatishda yorug* va soyaga e’tibor berilishi lozim.
Yumshoq mellar va qattiq uchli qalamlar yordamida to‘q soyalar bo'riladi. Yuz pardozi uchun pastel mellaridan foydalaniladi.