a - Eskizning foni qora markerli ruchkada bo'yaladi. b - Polka nuqtalari oq yelimli qog‘ozda doira shaklida yelimlanadi. с - Boshqa usuli bu dizaynerlaming guashi yordamida chiziladi. Dolli Guldor tasvirlari
Guldor mato eskizi qora fonga per ova siyoh yordamida chiziladi. Kollaj
Kollaj uchun turli xildagi qog‘ozlar va matolami skaner qilib ishlatish mumkin.
b - Orqa fon boyashda markerli ruchkadan foydalaniladi, qalam izlari o'chiriladi.
с - Eskiz asosi markerli ruchkada chizilgan. d - Qora pero eskizni bo‘yash uchun ishlatiladi. e - Strix berishda kulrang peroda chiziladi. f - Markerli ruchka bilan ranglar boyitiladi.
Printli matolar, odatda kiyimning bir bo Magi yoki modelda katta oMchamda tasvirlanadi. Shtampovkali kiyimni kattalashtirilgan oMchamlarda namoyish etish mumkin. Shuningdek, shtampovkani yanada aniqroq va kiyimda matoning ko‘rinishini ko‘rsatish uchun yonida rasm qo‘yiladi. Kontrast va uyg‘unlik - printlar dizaynining tamoyillari, bunda dizaynerlik echimlarida rangning bosh rol o‘ynashi nazarda tutiladi.
Jonli va to‘yingan ranglaming konrast effekti kiyimga e’tibomi jalb etadi va ansamblni bir xillikdan uzoqlashtiradi. Boshqa tomondan, uyg'unlashgan kontrastlar ranglarning mosligi va kombinatsiyalashgan matolar tufayli o‘zida ko‘proq o'xshashlikni aks ettiradi. Katta kontrastga ega bo‘lmagan printni yaratish uchun undagi ba’zi tuslami yo‘qolib ketishini oldini olish maqsadida, eskizda ranglar o‘rtasidagi kontrastni ko‘paytirish kerak. Kiyimning turli predmetlarida qoMlaniladigan ba’zi printlar qomatni ko‘rish orqali o‘zgargan holda idrok etish optik illyuziyasini beradi. Printlar qattiq yoki yumshoq boMishi mumkin. Masalan, kiyimda o‘simlik va geometrik shakldagi shtaplangan printlar odamdagi anatomik releflami berkitadi va ansambl effektini beradi. Ko‘ylak yoki yubkalardagi gorizontal, vertikal va diagonal chiziqlar siluetni o‘zgartiradi. Bunda odam semiz, ozg‘in, past yoki baland ko'rinadi. Chiziqli printlar qomatni idrok etishni o'zgartiradi, uni pastroq balandroq yoki ko‘rkam qiladi. Chiziqlar nigohni ko‘ylak uzunligi bo‘yicha tepadan pastga, diagonal yoki yuqoriga ko‘tarilganda zigzag bo‘yicha yuqoriga yo‘naltiriladi.
Vertikal chiziqlar qomatni balandroq, nigohni yuqori va pastga yo'naltirgan holda uni yanada bashang, koTkam va ozg‘in ko‘rsatadi. Gorizonlal chiziqlar kaltaroq bo‘lib diqqatni tana kenli- giga jalb etadi. Uni pastroq va kengroq qilib ko‘rsatadi. Ko‘ndalang printlar ko‘ylakning uzunligi bo‘yicha diagonal joylashgan bo‘lib, matoga dinamika effektini beradi. Chiziqli print bir-biridan uzoq- lashgan boMishi, bunda chiziqlar qarama-qarshi tomonga yo‘nal- tirilgan boMadi. Egri chiziqlar buyumga latofatlikni bagMshlaydi va bel chizigMni ajratishga yoki nigohni tananing bo‘rtib turgan ko‘krak, bo‘ksa qismlariga yo‘naltiradi. Chiziqlar yorugMik nurlari kabi bir nuqtadan chiqib turishi mumkin. Bunday usul ko‘proq yubka dizay- nida qoMlaniladi.