Sl-rasm. Mato fakturasining chizmatasviri.
Chizmatasvirda qalam va qo‘l harakati bilan, chiziq vositasida inson his-tuyg‘usi va kechinmalarini ifodalash mumkin. Chiziq- chizmatasvirning asosiy tasvirlash vositalaridan biri. U shakl, rang, hajm va fazoni chiqarib bera oladi. Chiziq yordamida hajm, yuzalarni chegarasini belgilash mumkin. Chiziqning xarakteri qog‘oz yuzasidan qanday usulda va qanday kuch bilan yurgazilganligiga bogMiq. Odatda och tusdagi chiziqlar ish boshida yordamchi, qidiruvchi chiziq sifatida, tasvirlanayotgan drapirovka nabroskasini konturlarini ishlashda qoMlaniladi. Tasvirdagi chiziq yoritilishning turli sharoitidagi shakllami o'rganish me’yorlari natijasida fazoviy xarakterga ega boMadi. Chiziqlar qog‘ozda bilinear-bilinmas va hatto umuman yo‘q boMib ketishi, ba’zan esa tus jihatdan qalin va kattalashishi mumkin. Qalamni har xil qiyalikda bosib ishlash natijasida ingichka, qalin yoki keng chiziqlar hosil boMadi.
Chizmatasvirda drapirovkani hajmli taassurotini yaratish uchun, uning yuzasida yorug‘-soyaning tarqalishini aniqlash lozim. Tabiiyki, drapirovkaninbg yorug lik manbaiga qaratilgan yuzasi yorug', yorugMik tushmaydigan yuzasi esa soyada qoladi. Shuning uchun berilgan shtrixlar tasvirdagi hajmli va fazoviy taassurotni
kuchaytiradi. Turli xarakterli chiziqli-shtrixlar drapirovka va matolar taxlamlarining tasvirida asosiy ifoda vositalaridan biri bo‘lib qoladi. Shtrix yordamida taxlamlar shaklini tusi, fakturasi, hajmi va “harakat” holatini berish mumkin. Tasvir konturidagi shtrixlardan foydalanish hajm belgilarini hal etishga, ya’ni, qo‘yilmaning shartli fazosidan shaklni chiqarib olishga imkon beradi.
Shtrixli yoki chiziqli-shtrixli chizmatasviridagi shtrixlarning qalinligi va xarakteri, tasvirlanayotgan drapirovkaning yuzasiga bog‘liq holda har-hil bo‘lishi mumkin. Shtrixlar xarakteri qalamga beriladigan bosimga bog‘liq. Shtrixlar - bu nisbatan qisqa chiziq- lardir. Bir joyda ko‘roq, boshqasida kamroq to‘planib, ular chizmatasvirda har-hil tuslami hosil qiladi. Tasvir bo‘laklarini shtrixlar bilan to'yintirish (singdirish) tasvirlanayotgan drapirovka hajmini va shaklini chiqarishga imkon beradi. Shtrixli dogMar turli tus kuchiga ega bo‘lishi mumkin. Shuning uchun chizmatasvirda shtrixlar soya-yorug‘ va tus munosabatlarini ifodalash vositasi hisob- lanadi. Drapirovka hosil qilgan shakllar bilan beriladigan shtrixlar xarakterini moslash, nafaqat tasvirdagi shaklni muvoffaqiyatli o‘xshatishga, balki drapirovka fakturasini ham aniq belgilashga yordam beradi. Shunday qilib, drapirovka tasvirlashda undagi taxlamlaming joylashuvini hisobga olib, shtrixlarni taxlamlar yo‘nalishi bo‘ylab berish maqsadga muvoftq bo‘ladi.
52-rasm. Libos yengidagi mato taxlamalaming chizmatasviri.
Noto‘g‘ri yo‘nalishda berilgan shtrix tasvirdagi shaklga halaqit berayotgandek, begonadek ko‘rinadi. Tasvirdagi tus va rang asosan
96
shtrixlar yordamida hosil boMadi. Shtrixlar orasidagi masofani qisqartirish yoki shtrixlami turli yo‘nalishda birlashtirish natijasida shtrixli dog1 hosil qilish mumkin. Natijada drapirovka tasvirida tus paydo boMadi. To‘q tusni hosil qilish uchun, bir joyga bir necha bor shtrix berish, yoki qalamni yumshogMga almashtirish lozim (47- rasm). Tusli dog‘lami boshqa vositalar bilan, masalan, mo‘yqalam yordamida suvli sous, akvarel yoki guash ham hosil qilish mumkin.
Libosda taxlamalarni tasvirlash
Mato tasvirlash uchun birinchi navbatda mos qog‘oz turini tanlashdir. 0‘ta silliq qog‘oz atlas yoki yaltiroq matolami tasvirlash uchun mos keladi. Akvarel qog‘ozi esa, tvid yoki yumshoq melanj kabi matolar fakturasini ko‘rsatish uchun qulaydir.
Shakl yuzasida yotgan sifatli matoning xususiyatini e’tiborga olingan harakatlar tufayli, har-xil turdagi taxlamlar, o‘zaro bir-biri bilan bog‘lanib, turli mutanosibliklami kasb etadi.
Agar momiq fakturali matolami yoki mo'ynani tasvirlash kerak boMsa, tasvirni akvarelda bajarish maqsadga muvofiq boMadi. Bunda hoM qog‘ozga quyuq rang qo‘yilganda u biroz tarqaladi, natijada paxmoq, momiq mato fakturasi hosil boMadi. Eskizlar kollaj ko‘ri- nishida bajarilishi mumkin. Bundan tashqari bor matolami skaner qilish, foto nusxalaridan foydalanish mumkin. Buning uchun ular masshtabini kichraytirib, talab etilayotgan eskizga yopishtirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |