18-rasin. Ayoi qomati proporsiyasi bosqichlari.
19-rasm. Anatomik proporsional model ayol qomati.
30
Har bir modeler rassomlar qomat proposiyasini chizishda o‘z uslubiga tayanadi. Odam qomatini model qomatiga yaqinlashtirishda loyihalashga murojaat qiiishga to‘g‘ri keladi. Bo‘rttirish usulini qoMlashdagi asosiy natija qiyofani shakllantirish, mukammal ayol qomati yetti yarimdan sakkiz yarim modulga teng.
Odam gavdasining mutanosibligini tasvirlash uchun tasviriy san’at bilan shug‘ullanuvchi barcha insonlar tasviriy san’atning nazariyalardan chuqur bilim hamda malakaga ega boMmogM lozim. Inson gavdasi, shuningdek, bolalar gavdasi ham jinsiga ko‘ra tuzilishi bo‘yicha bir muncha farq qiladi. Rassom va haykaltaroshlar odam tanasining turli qismlari va tashqi qiyofasiga alohida e’tibor berganlar. Qadimgi Misrliklar inson tanasining ayrim qismlari (bosh, panja, barmoq, tovon, burun)ni o‘lcham birligi hisobidatananing boshqa qismlariga taqqoslaganlar. 0‘z vaqtida Misr rassomlari “Kanon” oMchami bo‘yicha inson gavdasini qo‘l panjasining uzunligi bilan oMchashni tavsiya etgan. Bu o‘lcham bo'yicha odam tanasining bo‘yi yigirma bo‘lakka boMinadi. 0‘tgan asrda yashab o'tgan rus rassomi A. Sapojnikov esa odam gavdasini oyoq panjasining bo‘yi bilan o‘lchashni tavsiya qilgan. Uning oMchami bo‘yicha gavda bo‘yi o‘ttiz o‘lcham birligiga teng boMgan. Bu oMcham o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lsa-da, undan amalda foydalanilmadi. Chunki bunday mayda bo‘lak oMcham birligi bilan rasm chizish juda ham ko‘p vaqtni talabetadi. Shuning uchun amalda foydali oMcham birligi o‘rta asrlarda yashagan buyuk rassom va haykaltarosh Mikelanjelo tomonidan ilgari surildi. U gavdani inson boshi uzunligining o‘lcham birligi etib tavsiya qildi. Agarda shu oMcham birligi bilan oMchaydigan bo‘lsak, u sakkiz bo‘lakka boMinadi. Masalan, bosh, yelkadan ko‘krakkacha, ko'krak markazidan kindikkacha va hokazo.
Odamning proporsional qomatini konstruksiyalashda boshning oMchamlari asosiy rol o‘ynaydi va bazaviy modul bo‘lib hizmat qiladi. Tana harakatlari muskullarga bog‘liqligi, bunda qomat shaklini harakatlarda o‘zgarishi holatlarini bilish - bu odam qomatini oldindan ko‘ra bilishini yordam beradi. Odam qomatini guruhlarga ajratib tasvirlash ijodkor uchun bir qancha afzallikga ega bo‘lib, uning bilim va malakasini oshirishga yordam beradi. Amaliy tajriba hamma vaqt o'rganishga imkon bergan. Bu eskizlar real tik qomatni ko‘rsatib, model qomati eskizi oMchamini to‘g‘ri olishda bosh
qismini modul hisobga olinadi. Ayol va erkak qomati shaklini ajratib turuvchi bir nechta xususiyat borligini e’tiborga olish lozim: ayol qomatining ixcham, elka qiyaroqligi, ingichka bel va bo‘ksa kengligi bilan erkak qomatidan farqlanadi. Ayol ko‘krak qafasi yumaloq shaklda va bel chizig‘igacha joylashgan, bo‘yin qismidan nozik va tarangligi, mushakdor bo‘lmaydi. Erkaklar modeli haqida to‘g‘ri chiziqlar ayollar modelida egri-bugri chiziqlar nazarda tutiladi. Tana konturi mushak vazni bilan aniqlanadi. Bo‘yindan pastga qarab u toraygan va kengaygan chiziqlar bilan chizilgan. Huddi shu vaziyat tirsakning sekin asta bo‘rtishi bilan sodir boMadi. Qo‘l va yelka ichkari tomonga toraygan egri chiziqlar bilan tasvirlanadi. Bo‘ksa tizzada tugaydigan keng parabola ko‘rinishida shakllanadi, bunda chiziq bir oz egiladi. Boldir chizig'i tashqariga qarab egiladi. To‘piqda chiziq ifodali to‘lqinni hosil qilib, avva! ichiga, so‘ng tashqariga egiladi. Ko‘pichna ijodkorlar ideal boMmagan, erkak qomatini chizishdan cheklanadilar, lekin tajriba ortirishda juda qo‘l keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |