109
o‘rmonsiz savannalarning dasht, chala cho‘l va cho‘llar bilan hamohangligi ochiq
yerlarda yashaydigan hayvonlarning va qushlarning keng tarqalishiga sabab bo‘lgan.
Materik hayvonot olamining o‘ziga xosligi va endemik turlarga boyligi
shundan iboratki, u yerda yashaydigan 133 ta hayvonlardan 105 tasi yoki 80 %
endemik hisoblanadi. Neotropik oblastining sut emizuvchilari orasida 14 ta endemik
oila mavjud. Yer yuzidagi ornitofauna turlarining 25 % i Janubiy Amerikaga to‘g‘ri
keladi. Bu Polearktika zoogeografik oblastidagi ornitofaunaga nisbatan 2,5 marta
ko‘p. Qushlarning 920 ta turidan 730 tasi, rang-barang hashoratlarning 5600 ta
turidan 61 % i endemiklardan tarkib topgan. Daryolarida baliqlarning 2000 ga yaqin
turi yashaydi. Neotropiklarning Gviana-Braziliya kichik
zoogeografik oblastida
yashaydigan hayvonlarning xarakterli xususiyati shundaki, ularning aksariyati
daraxtlarda yashashga moslashgan. Ekvatorial va tropik o‘rmonlarda yapoloq
burunli,
chinqiroq maymunlar, yalqovlar, daraxt jayrasi – koendu, kinkaju ayig‘i,
daraxt
baqalari,
xaltali
kalamushlar-opossum,
ko‘rshapalaklar yashaydi.
Hayvonlarning daraxtlarda hayot kechirishga moslashganligi shu darajadaki,
Boliviyaning Trinidad atrofidagi o‘rmonlarda yashaydigan sut emizuvchilarning 65
ta turidan faqatgina 5 tasi yerda yashaydi xolos.
Qalin o‘rmonlarda qadimiy hayvonlarning yirik vakillaridan ulkan
qalqondorlar va katta chumolixo‘rlar yashaydi. Yirtqich hayvonlar boshqa hayvon
turlariga qaraganda juda kam. Yirtqichlardan daraxtlarda
bemalol yura oladigan
yaguarlar, shimolda yoldor bo‘rilar va o‘rmon itlari uchraydi. Ularning geografik
tarqalishi
o‘rmonlar
bilan
chegaralanib
pampaga
yetib
kelmaydi.
Chumolixo‘rlarning ayrim turlari daraxtlarda, ayrim turlari yerda hayot kechirishga
moslashgan. Jumladan, tamandua mayda chumolixo‘rlar bemalol daraxtlarda
yashaydi. Katta chumolixo‘rlar esa o‘rmonlarda ham,
savannalarda ham keng
tarqalgan bo‘lib, ular yerda yashaydi. Bulardan tashqari yerda yashaydigan
hayvonlardan tapirlar, qora cho‘chqalar, eng yirik kemiruvchi suv cho‘chqasi–
kapibaralar ham mavjud. Amazonka havzasidagi endemik daryo delfini – iniyalar
ko‘plab uchraydi. Sudralib yuruvchilardan uzunligi 11 m gacha yetadigan eng katta
suv bo‘g‘ma iloni – anakondalar xarakterli.
Gviana-Braziliya kichik zoogeografik oblastining o‘rmonlarida yashaydigan
hayvonlarning aksariyat turlari savannalarda uchramaydi. Ammo, savannalarda
o‘ziga xos ochiq yerlarda yashaydigan va pampa tabiat majmualariga moslashgan
hayvon turlari keng tarqalgan.
Bular mazam kiyiklari, in qazib yashaydigan
kemiruvchilar, pampa mushugi, pampa tulkisi, nandu tuyaqushi va boshqa hayvon
turlaridir.
Janubiy Amerikaning
Patagoniya-And
kichik zoogeografik oblastiga
subtropik va mo‘tadil iqlim mintaqalarining dasht, chala cho‘l va cho‘llari hamda
quruq iqlimli Markaziy va Janubiy And tog‘lari qaraydi.
Materikning janubidagi
ochiq dasht, chala cho‘l va cho‘l faunasi shimoldagi qalin o‘rmonlar faunasidan
o‘zining ayrim turlari bilan farq qiladi. Bu yerda yirtqichlardan yaguar, puma, oselot,
pampa mushugi keng tarqalgan. Materikning janubiy qismi uchun yoldor bo‘ri va
magellan tulkisi xarakterli. Kemiruvchilardan vidra, botqoq nutriyasi – tuko-tuko,
mara va boshqalar yashaydi. Patagoniya yassi tog‘ligi va janubiy tekisliklar
110
shinshilla, kondora, mayda qalqondorlar va boshqa hayvonlarning kelib chiqish
markazi bo‘lgan.
And tog‘larining faunasi tekislik va yassi tog‘liklar faunasidan o‘ziga xos
xususiyatlari va turlari bilan ajralib turadi. Bu o‘lkada Janubiy Amerikaning sharqiy
qismida uchramaydigan endemik hayvon turlari mavjud. And tog‘lari
uchun
xarakterli bo‘lgan lamalar butun tog‘ tizimi bo‘ylab keng tarqalgan. Yovvoyi
lamalarning ikki turi – vigon va guanako turlari mavjud bo‘lib, ulardan guanako turi
faqat tog‘larda emas, balki Patagoniya yassi tog‘ligida va Pampada bemalol
yashaydi. Hozirgi paytda yovvoyi lamalar juda kam uchraydi. Ularning asosiy qismi
ovchilar tomonidan qirib yuborilgan. And tog‘larida yashaydigan hindular lamalarni
qo‘lga o‘rgatib, ulardan uy hayvoni sifatida foydalanadilar. Baland And tog‘larida
ko‘pchilik hayvonlar qulay muhitga moslashib o‘z areallarini vujudga keltirgan. Bu
hududda relikt hisoblangan ko‘zoynakli ayiq, pudu kiyigi,
aguarachai iti kabi
hayvonlar ham yashaydi (Ilova, 11-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: