Kaxeksiya faqatgina xavfli o'smalarda bo'lmay, balki joyla-
shuviga qarab ayrim xavfsiz o'smalarda ham kuzatilishi mumkin.
Masalan, hazm sistemasida o'sma bo'lsa,
uning sekretor, motor
va so‘rish faoliyatlari buziladi; bosh miyada, trofik markazlarda
o ‘sma boMsa, modda almashinuvi va energiya almashinuvining
boshqarilishi buziladi.
O 'L IM H A Q ID A T U S H U N C H A
04im —
organizm hayot-faoiiyatining asli holiga qayta
olmaydigan to ‘xtashidir. Tabiiy yoki biologik o'lim
har qanday
tirik mavjudot hayotining m uqarrar yakuni hisoblanadi. U
organizmning tabiiy keksayib borishT natijasida sodir bo'ladi.
Patologik o'lim har qanday yoshda muddatidan erta, g'ayri
tabiiy sabablarga ko'ra (qotillik, o'z joniga qasd qilish, baxtsiz
hodisalar — falokatlar tufayli) va kasalliklar natijasida ham sodir
bo'ladi. O'lim aslida birdaniga yuz beradigan oqibat emas, balki
ma’lum jarayon bo'lib, bir necha davrlarni o'z ichiga oladi.
Organizmning tirikligi bilan o'lim orasidagi davrga terminal holat
deyiladi. Bu hayotning oxirgi bosqichi (lotincha — terminalis —
intiho, poyon, xotima, yakun ma’nolarida qo‘llaniladi), hayot bi
lan o'lim o'rtasidagi chegara holat davrini anglatadi.
Terminal holatga organizmning o'la borish jarayonidagi holat
lari kirib, u bir necha davrlarni va
postreanimatsion davrning
boshlang'ich bosqichlarini o'z ichiga oladi. O'lim jarayoni gomeo-
staz va hayotni ta’minlovchi asosiy organ hamda sistema funksiya-
larining buzilishi rivojlanishi bilan (qon aylanishi va nafas
olishning) ifodalanadi. Bunday chuqur o'zgarishlar organizm
ning o'z kuch va imkoniyatlari hisobiga kompensatsiyalana
olmaydi va agar tegishli chora-tadbirlar o'z vaqtida qo'llanilmasa
va rivojlanish mexanizmlari buzilsa muqarrar ravishda o'limga olib
keladi. Terminal holatlarining paydo bo'lishida gipoksiya hal
qiluvchi ahamiyatga ega, ya’ni organizm hujayralarining normal
faoliyati uchun oksigen(kislorod)ning yetarli bo'lmasligidir. Orga
nizm o'limining quyidagi sabablari farq qilinadi:
1. Yurak urishining to'xtashi.
2. Nafas olishning to'xtashi.
192
3.
Bosh
miya jarohatlanishi, bunda ham nafas markazi, ham
qon tomirlami harakatlantiruvchi markazlarining falajlanishidan
o'lim sodir boMishi mumkin.
OMish jarayonida patologik o'zgarishlaming kuchaya borishi
bilan birga organizm himoya-kompensator xususiyatlarining ham
zaiflasha borishi qayd qilinadi. Terminal holatlaming muhlati
(davomiyligi) patogen etiologik qo'zg'ovchilar kuchi bilan
organizmning himoya — kompensator xususiyatlarining o‘rtasidagi
o‘zaro munosabat hamda nisbatlarga bogMiq. Masalan, oMimga olib
kelishi mumkin boMgan elektrdan shikastlanish oqibatida keskin
yurak yetishmovchiligida himoya-kompensator
reaksiyalar deyarli
yetarlicha amalga oshmaydi va shu tufayli atamaal holatlar juda qisqa
vaqt davom etadi. Pnevmoniyada, og'ir shikastlanishda, peritonitda
va boshqa kasalliklarda gipoksiya asta-sekin ortib borishi tufayli
himoya-kompensator — moslashuv mexanizmlari kuchliroq
namoyon boMadi, bu esa terminal holatning u yoki bu muddat
davom etishini ta’minlaydi.
OMish jarayonida paydo boMadigan patologik o'zgarishlaming
asosida generalizatsiyalangan gipoksiya bilan bevosita aloqador
boMgan moddalar almashuvining buzilishlari yotadi.
Oksigen
yetishmovchiligini awalo bosh miya his qiladi. Bosh miyada qon
aylanishining to'satdan to‘xtashi natijasida miya to'qimasida 1—5
minut oraligMda glikogen jamg‘armasi, fosfokreatinni, ATFning
yo‘qolishiga olib keladi.
Bosh miyada qon aylanishi to'xtagandan so‘ng 7—5 minut
o‘tgach miya to'qimasining energik imkoniyatlari ayniqsa nochor
holatga tushadi. Shu bilan birga bosh miya to‘qimasida boshqa modda
almashuvi jarayonlari: oqsil sintezi, aminokislotalar almashuvi
buziladi, va buning natijasida miya to'qimasida zaharli
moddalar,
jumladan, T4H4 to'yinmagan yog' kislotalari va shuningdek, li-
zosomal fermentlaming to'planishi kuzatiladi.
Moddalar almashuvining shunga o'xshash o'zgarishlari bosh
miyadan boshqa oiganlarda ham asta-sekinlik bilan rivojlana boradi.
Terminal holatda organlar funksiyalarining zaiflashishi ularning
darajasi va yuzaga keladigan patologik o'zgarishlar ham jiddiyligiga
ko'ra har xil boMadi. Shu sababli o'lim jarayoni rivojlanishida
shartli ravishda 4 bosqich farq qilinadi.
193
1.
Preagonal holat; 2. Terminal pauza; 3. Agoniya; 4. Klinik
o‘lim.
Preagonal holat es-xushning saqlanishi, ko'pincha esa ongning
xiralanishi, esning kirib-chiqib turishi bilan ifodalanadi. Ko‘z
reflekslari saqlangan. Arterial bosimi kritik (eng past)
darajagacha
pasaygan, puls tez va ipsimon holatda boMadi. Nafas keskin
tezlashadi. Jarayon boshlanishida reflektor ravishda harakat
qo‘zg‘olishi kuzatiladi. Qo‘zg‘olish davridan so'ng es-xushning
buzilishi va gipoksik koma rivojlanadi. Miya to'qimasidagi oksigen
parsial bosimining (PO,) kritik darajasi (eng past miqdori) 30
mm simob ustuniga yaqinlashganda xushdan ketish sodir boMadi.
Xushdan ketgan vaqtda energetik taqchillik alomatlari namoyon
boMmaydi va es-xush o'zgarishi sinaptik, neyromediator jara
yonlarning buzilishi bilan bogMiq deb qaraladi va ular himoya
ahamiyatiga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: