X to‘xtaboyev kimyo 9



Download 3,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/143
Sana11.03.2023
Hajmi3,01 Mb.
#918140
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   143
Bog'liq
kimyo 9 uzb

NOOrgaNIK KIMYODaN OlgaN 
bIlIMlarNI UMUMlaShtIrISh 
h
Li Be
Na Mg
Al Si
P S Cl Ar
As
Se Br Kr
Te
I Xe
At
Rn
B C N O F Ne
K Ca Sc Tu V Ce Mn Fe Co Ni Cu Zn Ga Ge
Rb Sr Y Zr Nb Mo Tc Ru Rh Pd Ag Cd In Sn Sb
Cs Ba La hf Ta W Re Os Ir Pt Au hg TI Pb Bi Po
Fr Ra Ac Rf Db Sg 
http:eduportal.uz


178
zanglamaydigan po‘latlar bilan raqobatlashmoqda. Bunday poli-
mer larning 1 tonnasi 6 tonna metall o‘rnini bosa oladi. Poli-
merlar mashinasozlikda, atom sanoatida, radiotexnikada, mikro-
elekt ro nikada, qishloq xo‘jaligida, tibbiyotda, maishiy hayotda va 
shu kabi boshqa sohalarda tobora keng qo‘llanib kelmoqda.
Keramika metallar va plastmassalardan keyingi uchinchi
o‘rin dagi sanoat materiali deb e’tirof etilmoqda. Keramikadan 
ma 
sh i
nasozl i kda, konstr uk siyal i mater ial lar tay yorlashda, 
elektro nika va elektrotexnika sanoatida foydalanish darajasi ortib 
bora yot gani hammaga ma’lum.
Kompozitlar asos (matritsa) va to‘ldirgichdan iborat bo‘lib, 
zamo naviy materiallar orasida o‘ziga xos o‘rin tutadi. Ularda 
asos sifa tida metallar, qotishmalar, polimerlar, keramika ishla-
tiladi. Òo‘ldir gichlar sifatida esa metall va uglerod tolalari, qiy-
qim lari, ku kunlari ishlatiladi. Yuqori iqtisodiy samaradorlikka 
ega bo‘lgan kom pozit materiallar odatdagi materiallardan besh 
baro 
bar pishiq bo‘lib, aviatsiya va kosmik texnologiyalarda 
qo‘llanilmoqda.
Ona sayyora aholisini oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-ke-
chak bilan ta’minlash muammosi yil sayin jiddiylashib bor-
moqda. Chunki sayyoramiz aholisi ko‘payib borishi bilan turli 
mah sulotlarga bo‘lgan inson ehtiyojlari soni ham ortib boradi. 
Yuqori sifatli iste’ mol mahsulotlari ishlab chiqarishni esa qishloq 
xo‘jaligini inten sifikatsiyalashtirishsiz amalga oshirib bo‘lmaydi. 
Qishloq xo‘ja ligini intensifikatsiyalashtirish yo‘llaridan biri unga 
kimyo yutuq larini tatbiq etishdir.
Qishloq xo‘jaligini k imyolashtirish mineral o‘g‘it 
lar 
dan 
foydalanish, o‘simlik va tuproqni kimyoviy himoya lash vosi-
talarini qo‘llash, tuproq strukturasini yaxshilash uchun melio-
ratsiya, issiqxonalar uchun sinteti k mater ial lardan foyda-
lanish, kimyoviy preparatlardan chorva yemiga qo‘shimcha va 
konser vant sifatida foydalanish, qishloq va o‘rmon xo‘jaligi 
chiqin dilarini kimyo viy qayta ishlash, suv havzalarini kimyoviy 
usullarda toza lash, yog‘och qurilmalarni va tuzilmalarni (struk-
turalarni, konst ruksiyalarni) antiseptik himoyalash, tuproq, yem, 
mahsulotlarni kimyoviy tahlil qilish kabilarni o‘z ichiga oladi.
http:eduportal.uz


179
K i myo sanoati n i ng oldida turgan muh i m vazi falardan 
biri texnik maqsadlar uchun qo‘llanayotgan tabiiy materiallar 
va oziq mahsulotlari o‘rnini bosuvchi kimyoviy mahsulotlar 
ishlab chiqarishdir. Kiyim-kechak, mebel, uy-ro‘zg‘or jihozlari 
tayyorlashda kimyoviy mahsulotlardan keng foydalanish yo‘lga 
qo‘yilgan. Òabiiy va sun’iy charm o‘rnini bosuvchi kimyoviy 
tola, kompozitsiyali materiallar, bo‘yoqlar, to‘qimachilik sano a-
ti yordamchi ishlov vositalari, plastmassalar, lok-bo‘yoq mahsu-
lotlaridan har kuni foydalaniladi.
Kimyoning tibbiyotdagi o‘rni faqat yangi dorilar sintez qilish
bilangina chegaralanmaydi. Òibbiy anjomlar kimyo sanoati 
yordamida tayyorlanadi. Kimyoviy usullar inson organizmida 
kechadigan jarayonlarni hujayra va molekula darajasida tadqiq 
qilishga sharoit yaratadi. Bu jarayonlarni va ularni boshqarish
uslub larini o‘rganish esa inson kasalliklari sababini bilish va 
ular ning oldini olish, davolash usullarini ishlab chiqish imko-
nini beradi.
Katalitik kimyoning yangi sohasi — fermentativ katalizning
rivojlanishi natijasida kimyoviy va muhandislik enzimologiyasi 
vujudga keldi. Bu soha yangi, yuqori faollik va selektivlikka 
ega bo‘lgan fermentlar — oqsil tabiatli katalizatorlarni ko‘p 
miqdorda ishlab chiqarish imkonini yaratdi. Ushbu fermentlar 
dori sifatida ham, boshqa dorilar olishda ham ishlatib kelin-
moqda.
Kundalik turmushda maishiy kimyo preparatlari — sintetik 
yuvish vositalari, tozalovchi, yelimlovchi preparatlar keng qo‘l-
lan moqda.
Òabiiy resurslarning kamayib borayotganligi insoniyat oldiga 
ishlab chiqarishning industrial usulini texnologik usullar bilan 
almashtirish muammosini ko‘ndalang qo‘yilishiga sabab bo‘ldi. 
Kimyo texnologiyaning roli ortishida alohida o‘rin tutadi. Ishlab 
chiqarishni texnologik qayta qurish, xomashyoni kompleks qayta 
ishlash, yuqori unumli, tejamkor, kam bosqichli, yangi avlod 
selektiv katalizatorlaridan foydalanuvchi, atrof-muhitni chiqin-
dilar dan saqlovchi texnologiyalardan foydalanish kabilarni o‘z
ichiga oladi.
http:eduportal.uz


180
Kimyo fani va sanoati oldida yangilashning iloji bo‘lmagan
tabiiy resurslar: rangli va qora metall rudalari, neft, gaz, ko‘mir, 
tog‘-k imyoviy xomashyolaridan maksimal to‘la foydalanish 
vazifasi turibdi. Masalan, 40 % gacha vodorod sulfid tutgan 
tabiiy gazdan faqat propan va butangina emas, balki yuqori 
sifatli elementlar: oltin gugurt, geliy va etan olish ham yo‘lga 
qo‘yilgan. Òabiiy gazni bunday qayta ishlash iqtisodiy va eko-
lo gik jihatdan foydali bo‘lib, atmosferani vodorod sulfid yoni-
shidan hosil bo‘lgan zaharli oltingugurt oksidlari bilan if los-
lanishining oldini oladi.
Kimyo texnologiyasi va atom energetikasi integratsiyasi iqti-
so diy va ekologik jihatdan kelajagi porloq jarayondir. Ertangi 
kelajak kimyo kombinatlarini materiallarni modifikatsiyalash va 
ra dia tsion-kimyoviy jarayonlarni nur, elektr energiyasi va issiqlik 
bi lan ta’minlovchi yadro reaktorlari bo‘lgan holda tasav vur 
qilin moqda.
Õulosa qilib aytganda, zamonaviy ilmiy-texnika rivojlanib 
bo rishida kimyo fani va sanoatining ahamiyati beqiyosdir.
Kimyo fani zamonaviy texnologiya, fizika va biologiyaning ri-
vojlanishida, kimyo sanoati esa agrosanoat va yoqilg‘i-ener giya 
komplekslari ta’minoti, mashinasozlik va metallurgiya, tran sport va 
qurilish, kundalik iste’mol tovarlari ishlab chiqarish bilan bog‘liq 
xalq xo‘jaligi muammolarini hal qilishda muhim rol o‘ynaydi. 
K imyo butun xalq xo‘jaligining ilmiy-texnik taraq 
qiyotiga 
inqilobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Download 3,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish