X. Sanoqulov, D. Xodiyeva


l . ”Lola“ ko‘rsatmali quroli



Download 5,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/158
Sana28.09.2021
Hajmi5,33 Mb.
#188464
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   158
Bog'liq
Mexnat va uni o'qitish metodikasi. Sanoqulov X.

l . ”Lola“ ko‘rsatmali quroli.
1-bosqich. Rangli qog‘ozlardan kvadrat qirqib olinadi.
2-bosqich.  Uning diagonallari  bo‘yicha buklab,  buklangan do‘ppi 
shakliga keltiriladi.
3-bosqich. Buklashdan hosil bo‘lgan uchburchakning pastki, asos 
tomonidagi  ikki  uchi yuqoridagi  uchinchi  uchiga qarab,  unga yetka- 
zdirib buklanadi.
4-bosqich. Xuddi shuningdek orqa tomondagi ikki uchi ham uchin­
chi uchiga qarab buklanadi.
5-bosqich.  Hosil  bo'lgan  shakl  cheti  qog'ozning  o‘rtasiga,  yani 
hosil  bo‘lgan chiziqqa tomon  buklanadi.  Shaklning orqa tomoni  ham 
shunday buklanadi.
6-bosqich.  Oxirgi  buklangan  shakllaming  har  bir  orqa  tomoniga 
qaytarib  buklanadi.  Buklangandan  so‘ng  ularning  uchlari  bir  birign 
qaytarilib qayriladi.
Keyin  shaklni  pastgi  ochiq  tomonidan  asta  puflanadi.  Shitklnlntf


yuqori  qismidagi  uchlari  esa  orqaga  qaytarib  buklanadi.  Natijada 
“Lola” shakli hosil bo‘ladi. Lolaning bandini boshqa qog‘ozni silindir 
shaklida o ‘rab,  uni  lolaning  pastki  puflangan qismiga kiritib  qo‘yish 
bilan tugallash mumkin. Bu bandga lolaning bargini, g‘unchasini ham 
yopishtirib qo'yish mumkin.
M aktabda  muqovalash  ishlari.  Kitobni  qoMda  muqovalashga 
aloqador  barcha  amaliy  ishlar  boshlang‘ich  sinf  o‘quvchilarining 
qo‘lidan  bemalol  keladi.  Muqova  ishlarini  bajarishda  o‘quvchilar 
qog‘oz  va  kartonga  ishlov  berish  (egish,  qirqish),  kartonga  qog‘oz 
yopishtirish,  ayrim-ayrim  varaqlarni  yopishtirish  kabi  malakalarini 
mustahkamlaydilar.  Ular  kitobga  muqova  qilish  usullarini  o ‘rganib, 
egallab  borar  ekanlar,  poligrafiya  sanoatining  tarmoqlaridan  biri  ha- 
qida  bilim  olib,  muqovasozlik  ishining  asoslari  bilan  tanishadilar. 
Muqova  ishlash  ishiga  aloqador  kasblar  bilan  tanishadilar.  Bundan 
tashqari  bolalarga  kitobga  muhabbat,  unga  nisbatan  tartiblilik  bilan 
munosabatda  boiish  singdiriladi.  Muqova  yasash  ishlarini  bajarish 
jarayonidagi muqovani bezashda bolalardagi badiiy did, o ‘lcham olish, 
qirqish  va egish ishlarida aniqlik va tartiblilik rivojlanadi. Kitoblami 
tuzatishda ularni ijtimoiy foydali mehnatga o‘rgatiladi.
K itoblarni  tuzatish.  Zararlangan  sahifalami  tiklash,  yirtilgan 
joylarni yelimlash, hoshiyalarni mustahkamlash, to‘g‘rilash va sahifa 
burchaklarini tiklash, chiqib ketgan sahifalami mustahkamlash, yamoq 
solishdan iboratdir. Kitobni ta’mirlash ishlarida odatda un kleysteridan 
foydalaniladi.  Sahifa yirtilgan  bo‘Isa,  yirtilgan joylarning  cheti  nam 
tampon bilan to‘g‘rilanadi, so‘ngrayelim surtib, yirtiq bo‘ylab o‘ng va 
chap tomonidan shaffof qog‘oz tasmasi qo‘yiladi. Kitob sahifalarining 
buralib  ketgan,  ammo  hali  pishiq  bo‘lgan  uchlari  nam  tampon  bi­
lan  to‘g ‘rilanadi  va  so‘ngra  og‘ir  buyum  bilan  bostirib  qo‘yiladi. 
Siyqalanib  ketgan  burchaklar  ikkala  tomondan  mustahkamlanadi. 
Sahifaning  yopishmagan  qismi  yamoq  solib  toMdiriladi.  Kitobni 
boshqa  muqovaga  qo‘shib,  metall  bilan  mustahkamlanadi.  Shundan 
keyin  blokni  muqova  ichiga  qo‘yib,  muqova  yopiladi  va  blokning 
joylashishi tekshiriladi. Blokning ustki yoki pastki qismi chetlari teng 
oraliqda, taxminan 3 mm muqova ichiga kirib turishi kerak. Muqovani 
old  tomonini  pastga  qilib  qo‘yib  ochiladi  va  orqa tomondagi  forzats


qismiga  yelim  surtiladi  va  muqova  yopiladi,  bu  operatsiya  old 
tomondagi forzatsda ham takrorlanadi. Kitob press ostida quritiladi.
0 ‘qituvchi  buyumni  namoyish  qilar  ekan,  uni  tayyorlash  uchun 
qanday  material  va  asboblar  kerakligini  aniqlaydi.  Kerakli  material 
o ‘lchami, ishni bajarish tartibi o‘quvchilar bilan birgalikda belgilanadi. 
0 ‘zlariga tanish ishlami o‘quvchilar mustaqil, tanish bo‘lmaganlarini 
o‘qituvchining tushuntirish va ko‘rsatmasi asosida bajaradilar. 0 ‘quv- 
chilar faoliyatini faollashtirish  maqsadida ular materialni oMchash va 
hisoblash ishlarini mavjud muqova yasash qoidalari asosida mustaqil 
bajarganlari ma’qul.
0 ‘qituvchi  barcha  vazifalar  bilan  bir  qatorda  sanitariya-gigiena, 
xavfsizlik texnikasi qoidalarini nazaridan chetda qoldirmasligi kerak.

Download 5,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish