Savollar
1. Mehnat darslarida tejamkorlik nima?
2. Iqtisodiy tushunchalar nima?
3. Mehnat darslarida tejamkorlikdan qanday foydalaniladi?
Mavzu: Mehnat darslarida ish unumini oshirish texnologiyasi
Kichik yoshdagi o’quvchilarni bilim, malaka, ko’nikmalami rivoj-
lantirish, ijodiy mehnatga, mustaqil fikrlashga o’rgatish, kasb-hunarga
yo’naltirish, ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, mantiqiy fikrlashga
o’rgatish muhim muommolardan biridir.
Shunday ekan boshlang’ich sinflarda o’quvchilarni ijodiy meh
natga o ’rgatish, ijodiy qobiliyatlarini shakllantirishda mehnat dars-
larining o’rni juda kattadir, O’quvchilami mehnatga ijodiy tayyor
lash mehnat ta’limining muhim vazifalaridan biridir. Mehnat o’quv-
chilaming chuqur va mustahkam bilimlar bilan qurollantiradi. O’quv-
chilarni tanlagan kasbiga qiziqtirish, mehnatkash kishilarga hurmatda
bo’lishga tarbiyalaydi.
O ’quvchilarni ish unumini oshirish, chuqur bilim egallash, ijodiy
qobiliyatlarini o’stirish masalalari mehnat ta’limi darslarida hal etiladi.
Har bir dars o ’quvchilarni diqqatini, xotirasini, qiyoslay bilishini, fikr
yuritishni, asosiy narsani ajratishni, xulosa va umumlashtirishni, o’z
ishini rejalashtirishni, uni kerakli su’ratda amalga oshirishni, o’z-
o’zini nazorat qilish vazifalarini o’z ichiga oladi.
O’quvchilarini mehnat darslarida ish unumini oshirish ikki bos-
qichda olib borilsa maqsadga muvofiq bo’ladi.
Birinchi bosqich- mehnat mashg’ulotlarining aniqligi, asosligi,
uning bola qiziqishiga, isti’dodiga va qobiliyatiga mos kelishi.
Bunda o’quvchilaming yosh xususiyatlari, qiziqishlari, imko-
niyatlarini hisobga olish muhim ahamiyat kasb etadi. O’quvchilarni
mehnatning ma’lum turiga bo’lgan mayl va qiziqishni o’z vaqtida
aniqlash va ularga mehnat malakalarini sevgan mashg’ulotlarida ta-
komillashtirishga yordam berish juda muhimdir.
Mehnat ta’limida o’quvchilaming diqqat e’tiborini:
- asbob-materiallami saqlash qoidasi hamda joylashtirish tartibiga:
- ish joyini to’g’ri jihozlashga:
- materiallardan tejamkorlik bilan foydalanish usullariga:
- ish harakati me’yori va su’ratiga:
- ish sifatini ta’minlovchi omillarga:
- ishlov berishda olingan aniqlik va tozalikka rioya qilishga:
- buyumni chiroyli qilibbezishga jalb kilib borish kerak.
Ikkinchi bosqich- O’quvchilarga jamoatchilikga, ijodiy tashabbus-
korlikga, mehnat kishilarini va mehnat natijalarini hurmat qilishga,
mehnat javobgarlikni his etish xususiyatlarini singdirib borish zarur.
O’quvchilarni mehnat darslarida ish unumini oshirish uchun ularni
ongiga, dunyosiga mehnat orqali ta’sir etishimiz muhim o ’rin egnl-
laydi. Bunda mehnatning tarbiyaviy kuchi o’quvchining mehnatgn
munosabatiga ko’p jihatdan bog’liqdir. Ishtiyoq va qiziqish bilan
qilinayotgan mehnat majburan qildirilayotgan mehnatga imbatin
o’quvchilaming ongiga, hissiyoti va irodasiga kuchliroq t i ’slr etadi.
Shuning uchun o’quvchilar biror ijodiy mehnatga kirishishlaridan
oldin pedagog o’qituvchilar zimmasiga quyidagi shartlami amalga
oshirish talablari qo’yiladi:
- yasayotgan buyum yoki predmetning zarurligini tushuntirish:
- uni qo’llash urni va maqsadini tushuntirish:
- yasash usullari va jarayonini tushuntirish:
Bolalar tayyorlagan narsalar o’z o’rnida qo’llanilishi ham katta
ahamiyatga egadir. Ular o’z mehnatlarining foydaliligini ko’rganlarida,
ularda o’z mehnatlarining natijasidan qoniqish, yana qandaydir
foydali, yaxshiroq narsani hosil qilishga intilish paydo bo’ladi. Ularda
o ’z qobiliyatlarini ishonch, narsalarga ehtiyotkorlik bilan munosabatda
bo’lish hissiyoti uyg’onadi, chunki bolalar atrofdagi narsalami qanday
mehnat evaziga yaratilganligini anglaydilar.
Dars mazmuniga qo’yiladigan muhim talablardan biri darslami
hayot bilan chambarchas aloqador bo’lmog’i lozim.
O’quvchilarni faollashtirish ayniqsa o’qitishning zamonaviy bos-
qichi sharoitlarida anchagina murakkabdir. Shunung uchun o’quvchi-
laming o’quv faoliyatlarini faollashtirishga yordam beruvchi vosita va
usullarini tanlash o’qituvchining doimo diqqat markazida bo’lishi shart.
O’quvchilaming ish unumini oshirish va ijodiy faoliyatlarini bir
qator usullar vositasida faollashtirish mumkin. Bu usullarni ba’zilari
bilan tanishtiramiz:
1. Butun sinfga taklif etilgan muayyan ijodiy ishda o’quvchining
iloji boricha mustaqil ishlash hissasini ta’minlash.
2. Bir maqsadda o ’qitishning alohida va umumiy shakllarini birik-
tirish usullari bilan birga maxsus tarqatma materiallaridan foydalanish.
3. Faoliyat turlari o’rganilayotgan material bilan to’g ’ri muno
sabatni ta’minlash.
4. Dastur materiali asosida darsda zehnlilik, diqqat, tasavvur va shu
kabilarni tekshirish hamda shakllantirish maqsadida o ’ziga xos kon-
kurslar o’tkazish.
Mehnat darslarining muhim xususiyati shundaki, o’quvchilar
mehnat va politexnik bilim, ko’nikma va malakalami xilma-xil ama
liy ishlarni bajarish, o’zlariga kerak bo’lgan va ijtimoiy foydali aha
miyatga ega bo’lgan predmetlar yasash jarayonida egallaydilar.
0 ‘quvchilar mehnat faoliyatini tashkil etishga qo'yilayotgan tt*
lablar bir-biri bilan o‘zaro bogiiq holda qo‘llansagina ijobiy nutljilar
beradi.
Dars vazifasini faqat bilim berish va ko’nikma hosil qilishdan iboril
qilib qo’ymasligi balki tarbiya berish va kamol toptirish vazifalari
bilan bog’lab olib borish ham zarur.
Shunung uchun ham o’qituvchi o’zi o’qitayotgan bilimini bilishi
lozim. Bu esa biror mavzuga tayyorlana turib, o’qituvchi mazkur dars
materiali asosida o’quvchilarning ahloqiylikning qanday g ’oyalarini
anglashga olib kelajagini diqqat, fikrlash, xotira, tasavvur, irodani
rivojlantirish va boshqa shu kabilar sohasida shaxs sifatini qanday
kamol toptirishga erishishini aniq tasavvur qilmog’i lozim.
Yuqorida bildirilgan fikr-mulohazalarga tayangan holda shunday
xulosalarga kelish mumkin:
1. Mehnat tarbiyasi o ‘quvchilami ruhiy va amaliy jihatdan mehnat
ga, mehnat faoliyatini yo‘Iga qo‘yishda yo‘naltiriI ganligi bilan ijti-
moiy tarbiyani tashkil etish jarayonida o‘ziga xos o‘rin tutadi.
2. Mehnat ta’limi va tarbiyasining maqsadi o‘quvchilarda mehnat
ga nisbatan ongli munosabatni shakllantirishdir. Mazkur maqsadni
amalga oshirish bir qator muhim vazifalami hal etishni talab qiladi.
3. 0 ‘quvchilar mehnat faoliyatining turlari xilma-xil bo‘lib, ular
quyidagilar maishiy mehnat, o‘quv mehnati, o‘quv ishlab chiqarish
mehnati, ijtimoiy foydali mehnatdan iborat.
4. 0 ‘quvchilar mehnat faoliyatini tashkil etishning barcha bosq-
ichlarida mehnat faoliyatini tashkil etishga nisbatan bir qator peda-
gogik talablar qo‘yiladi. Mazkur pedagogik talablarga amal qilish
maqsadga muvofiqdir.
Savollar
1. 0 ‘quvchilarning ijodiy faoliyatida mehnat ta’limimning o'm i
qanday?
2. Ish faoliyatini oshirish usullari qanday?
3. Individual mashg‘uIot nima?
4. Mehnat darsining muhim xususiyatlari nima?
Do'stlaringiz bilan baham: |